Xalqaro menejment



Yüklə 1,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/67
tarix28.11.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#133343
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   67
xqvc6y4FNemWk4VrcthXS69P2hMaMWsSTmr087wi

Eksport hajmini ko’paytirish.
Xalqaro kompaniyalar eksportining tobora ko’p 
qismi ularning xorijiy filiallariga to’g’ri kelmoqda. Korporatsiyalar xorijiy ishlab 
chiqarishni rivojlantirish maqsadida arzon ishchi kuchi va ko’p tabiiy resurslarga ega 
qabul qiluvchi mamlakatlarga kapital kiritadi. Xorijiy filial samarali faoliyat 
ko’rsatishining zaruriy sharti sifatida mahalliy va mintaqaviy sig’imli sotish 
bozorlarining mavjudligi hisoblanadi.
3. 
Xomashyo va materiallar bilan ta’minlash.
Xalqaro kompaniyalar xorijiy 
filiallarining aksari qismi TMK tizimi firmalarini, shu jumladan, bosh kompaniyani 
tabiiy resurslar bilan ta’minlash maqsadida amal qiladi.


52 
4. 
Antiqa texnologiyalarni xarid qilish.
Shu maqsadda xalqaro kompaniyalar 
yuqori ilmiy potensialga ega, ya’ni tadqiqot markazlari, universitetlar, texnologik 
parklar, intellektual “inson kapitali” mavjud bo’lgan mamlakatlarda (AQSh, 
Yaponiya, YEI davlatlari) o’z xorijiy korxonalarini tashkil qiladi. 
5. 
Faoliyat samaradorligini oshirish.
Xalqaro kompaniyalarning xorijiy 
korxonalari faoliyatida masshtab samarasi ustunliklari, vertikal va gorizontal xalqaro 
ishlab chiqarish integratsiyasi qo’llaniladi.
Qabul qiluvchi mamlakat davlati TMKning quyidagilarga yordam berishiga 
intiladi: 
- ular amal qilayotgan mamlakat ichki va tashqi havfsizligini saqlash; 
- aholining optimal real daromad olishiga shart-sharoit yaratish va bandlik 
darajasini oshirishni ta’minlash; 
- aholi salomatligini saqlash va atrof-muhit muhofazasi; 
- madaniyat, texnika, fan, maorif darajasini ko’tarish. 
Turli davlatlarning o’z iqtisodiyotiga chet el investorlarini jalb qilish 
dasturlarida umumiy belgilarni ko’rish mumkin. Birinchidan, barcha davlatlar 
reklama materiallarini tarqatish, maxsus seminarlar, uchrashuvlar, majlislarni asosan 
davlat darajasida o’tkazish yo’li bilan xorijiy kapital jalb qilayotgan mamlakat 
“obro’” sini oshirishga intiladi. Ikkinchidan, bu dasturlar xorijiy sarmoyadorlarni 
qayd qilishda byurokratik tadbirlarni yengillashtirish va soddalashtirishni nazarda 
tutadi. Nihoyat dasturlarda xorijiy investorlarga moliyaviy imtiyozlar berish (bu 
rivojlanayotgan va o’tish iqtisodiyoti davridagi mamlakatlar uchun xarakterli) ko’zda 
tutiladi.
Qabul qiluvchi mamlakatning o’z iqtisodiyotiga xalqaro kompaniyalarni jalb 
qilish bo’yicha tadbirlarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: 
1) Tartibli tadbirlar – qabul qiluvchi mamlakat hududida xalqaro kompaniyalar 
filiallari faoliyatiga ruxsat berish tartibini soddalashtirish bo’yicha ma’muriy va 
qonuniy me’yorlarni kiritish. 
2) Soliq imtiyozlari – chet el firmalarini soliqdan ozod qilish yoki kamaytirish. 
Bu imtiyozlar foydaga soliq solishga tegishli, shuningdek “soliq ta’tillari” ni kiritish 
(xalqaro kompaniya xorijiy filial korxonasini ishga tushirish davrigacha foydaga soliq 
solishdan ozod qilish), ijtimoiy sug’urtaga to’lovlardan ajratmalar miqdorini 
kamaytirish, kapital repatriatsiyasi va foydani xorijga chiqarishda soliqlardan ozod 
qilishda namoyon bo’ladi. 
90-yillarda xalqaro kompaniyalar sarmoyalarini jalb qiluvchi mamlakatlar 
o’rtasida soliq raqobati keskinlashdi, negaki aynan soliqqa tortish xalqaro 
kompaniyalar joylashish o’rnini tobora ko’proq aniqlamoqda. Bunday raqobat qabul 
qiluvchi mamlakatlarning iqtisodiyotiga umuman salbiy ta’sir ko’rsatadi, ya’ni davlat 
daromadlari va chet el investitsiyalari qisqarishiga olib keladi. 90-yillar oxirida ayrim 
xalqaro tashkilotlar (masalan, OESR, YEI) milliy va xalqaro kompaniyalar uchun 
soliq stavkalari o’rtasidagi farqlarni nazorat qilishni o’rnatish maqsadida bu
tashkilotlarga a’zo mamlakatlar soliq rejimini o’rganish uchun ekspertlar ishchi 
guruhini tashkil etdilar. 
3) Imtiyozli shartlarda subsidiyalar va qarzlar. Bularga mahalliy moliyaviy 
tashkilotlarning imtiyozli shartlar bilan xorijiy investorlarga bergan kreditlari, 


53 
qonuniy hujjatlar bilan rasmiylashtirilgan amortizatsiya fondiga (firmaning normal 
faoliyat ko’rsatishini ta’minlovchi kapital qo’yilmalarni takror ishlab chiqarishni 
moliyalashtirishga xizmat qiluvchi maxsus fond) to’lovlarning qisqartirilgan 
muddatlari kiradi. Amortizatsiya fondiga to’lovlarga soliq solinmaydi. Bundan 
tashqari, ayrim davlatlar xorijiy investorlarga energiya tashuvchilar uchun haq 
to’lashga subsidiyalar va firma xodimlari ish xaqiga subsidiyalar ajratadi.
4) Savdo imtiyozlari import bojlarini kamaytirish yoki ulardan ozod qilishni 
ifodalaydi. Eksportga nisbatan savdo imtiyozlari eksportni moliyalash, eksport 
kafolatlarini berish va eksport bojlaridan ozod qilishdan iborat. 
5) Xorijiy firmalar tadbirkorlik faoliyatiga ko’maklashish. U erkin tadbirkorlik 
hududlarini (xorijiy kelib chiquvchi tovarlar odatdagi bojxona to’lovlarisiz ishlab 
chiqarilishi, qadoqlanishi, saqlanishi, sotilishi, xarid qilinishi mumkin bo’lgan qabul 
qiluvchi mamlakat hududining bir qismi) tashkil qilish; qabul qiluvchi mamlakat 
iqtisodiyoti ustuvor tarmoqlari rivojlanishini rag’batlantirish; kontsessiyalarni (davlat 
tomonidan xorijiy firmaga o’z mamlakati hududida faoliyat yuritish: foydali 
qazilmalar qazib chiqarish, sanoat korxonalarini qurish va ishga tushirish va boshqa 
huquqlarning berilishi) moliyalashtirish, kapitallar bozorida davlat preferentsiyalari, 
ITTKIni qo’llab-quvvatlash; raqobatlashayotgan tovarlar va xizmatlar importini 
ta’qiqlash; milliy valyutani devalvatsiyadan saqlash choralari; qarz kafolatlari, qoloq 
mintaqalar hududida tadbirkorlik faoliyatini rag’batlantirish; xususiylashtirishda 
ishtirok etishda namoyon bo’ladi.

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə