Xalqaro menejment


 ASEAN da xalqaro kompaniyalarning imkoniyatlari



Yüklə 1,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/67
tarix28.11.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#133343
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   67
xqvc6y4FNemWk4VrcthXS69P2hMaMWsSTmr087wi

 
6.4. ASEAN da xalqaro kompaniyalarning imkoniyatlari 
 
1967 yilda iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hamkorlikni muvofiqlashtirish 
maqsadida tashkil qilingan Janubi-Sharqiy Osiyo rivojlanayotgan mamlakatlari 
mintaqaviy integratsion guruhi o’zining 30 yillik faoliyati davomida iqtisodiy 
rivojlanishi, diniy e’tiqodlari, etnik xususiyatlari bo’yicha keskin farqlanuvchi 
mamlakatlar o’rtasida kelishuvlarga erishish qobiliyatini namoyish etdi va 90-yillar 
oxirida AQSh, YEI va Yaponiyadan so’ng dunyoda tovar aylanishi bo’yicha 


66 
to’rtinchi o’rinni egalladi. ASEAN mamlakatlari murakkab va ilmtalab mahsulotlarni 
ishlab chiqarishni tobora rivojlantirmoqda. 
ASEAN miqyosida milliy va xorijiy kompaniyalar hamkorligi rivojlanishiga 
ko’maklashish “ASEANda ishlab chiqarilgan” belgisi bilan mahsulot ishlab 
chiqaruvchi kompaniyalarga berilgan imtiyozlarda namoyon bo’ladi. Bunday belgi 
bilan chiqariladigan mahsulotlarda ASEAN mamlakatlarida ishlab chiqarilgan 
komponentlar ulushi 40 % dan kam bo’lmasligi kerak. 
Yaponiya TMKlari samarali, zamonaviy texnologiyaga asoslangan yapon 
industriyasi bilan bog’langan sanoat tuzilmalarini o’z sheriklari sifatida shakllantirish 
maqsadida o’zining osiyo filiallari va mahalliy yetkazib beruvchilar ishlab 
chiqarishini mintaqaviy ko’lamda muvofiqlashtiradilar. Bunday hamkorlikka misol 
qilib, “TOYOTA” firmasi avtomobillarini ASEANning to’rtta mamlakatida ishlab 
chiqarilishini keltirish mumkin. 
Xalqaro kompaniyalar bilan hamkorlikni kengaytirish maqsadida XXI asr 
boshida ASEAN miqyosida yerga va qator sanoat tarmoqlaridagi korxonalarga yuz 
foizlik xorijiy mulkchilikka ruxsat etish, erkin investitsiyalar hududini (xorijiy 
kompaniyalar huquqlari mahalliy sarmoyadorlar huquqlariga tenglashtiriladi) tashkil 
qilish, valyuta chayqovchilariga qarshi keskin cheklovlar kiritish, mintaqa miqyosida 
ko’pchilik mahsulotlarga boj tariflarini pasaytirish mo’ljallanmoqda. 

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə