Xalqaro menejment


 Yevropa Ittifoqi sharoitlarida xalqaro kompaniyalarning



Yüklə 1,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/67
tarix28.11.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#133343
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   67
xqvc6y4FNemWk4VrcthXS69P2hMaMWsSTmr087wi

6.2. Yevropa Ittifoqi sharoitlarida xalqaro kompaniyalarning 
imkoniyatlari 
 
Evropa Ittifoqi (EI)da integratsion jarayonlarning rivojlanishi bilan xalqaro 
kompaniyalargaYevropa firmalari bilan hamkorlik uchun tobora keng imkoniyatlar 
ochilmoqda. Bunda hamkorlik sharoitlari o’z xususiyatiga ega. Masalan, 90-yillar 
oxirida YEI quyidagi savdo-siyosiy qurollar majmuasiga ega bo’ldi: yagona boj tarifi, 
qishloq xo’jalik tovarlari eksporti va importining yagona rejimi, dempingga qarshi 
tadbirlar, import ustidan nazorat va olib kirishni bir tomonlama tartibga solish; YEI 
da eksportni (asosan tekstil va qora metallarni) “ixtiyoriy” cheklash haqidagi 
kelishuvlar. YEI da amal qilayotgan qoidalarga ko’ra hech bir a’zo-mamlakat 
mustaqil ravishda (boshqa a’zo-mamlakatlar bilan maslahatlashmasdan) uchinchi 
mamlakatlar bilan savdo muzokaralari olib bora olmaydi va savdo kelishuvlarini 
imzolay olmaydi. Oxirgi yillarda YEI nomidan tuziluvchi kelishuvlarga tobora 
ko’proq savdo siyosati chegarasidan tashqariga chiquvchi sanoat va ilmiy-texnik 
hamkorlik masalalari kiritilmoqda.
EI mamlakatlari jamoaviy savdo siyosati vositalari bilan bir qatorda milliy 
xarakterdagi turli choralarni qo’llamoqdalar. Masalan, eksport kreditlarini berish 
milliy hukumatlar ixtiyorida qolgan. Texnik me’yorlar va standartlarni, sanitar 
nazoratini, 
ma’muriy qoidalarni unifikatsiyalash davomida protektsionistik 
maqsadlarda qo’llash mumkin bo’lgan qo’shimcha jamoaviy vositalar ishlab chiqildi. 
Importni tartibga solish – yagona boj tarifi YEIning uchinchi mamlakatlar 
bilan savdo munosabatlarida ishlatiladi. Konkret tovarlarga boj tariflarining stavka 
miqdori xomashyoni qayta ishlash darajasiga qarab belgilangan. Agar YEIda ishlab 
chiqarilmaydigan yoki yetishmaydigan xomashyoning o’zi bojsiz yoki kam bojlar 
bilan olib kirilsa, yarimfabrikatlarga (ayniqsa, tayyor mahsulotlarga) boj to’lovlari 
ancha yuqori bo’ladi. 90-yillarda yagona boj tarifining boshlang’ich to’lovlari paxta 
xomashyosiga – 0 %, kalava ipga – 10%, ip gazlamaga – 17%; ishlov berilmagan 
teriga – 0%, ishlov berilgan teriga – 7%, poyafzal terisiga – 16 % va h.k. qilib 
belgilangan. 
Preferentsiya (imtiyoz)larning umumiy tizimi (PUT) ko’proq rivojlanayotgan 
mamlakatlar bilan munosabatlarda qo’llaniladi. U YuNKTAD qaroriga binoan bir 
tomonlama tartibda qabul qilingan. 1993 yilda Yevroittifoq preferentsiyalar umumiy 
tizimini Rossiya va boshqa MDH mamlakatlariga ham joriy etdi. Endi ko’pgina 
sanoat tovarlari Rossiyadan YEIga bojsiz kiritilishi mumkin. Tarif preferentsiyalari 
faqat to’qimachilik, baliq mahsulotlariga, shuningdek YEKPB (1951 yilda FRG
Fransiya, Italiya, Belgiya, Niderland, Lyuksemburg tomonidan qora metallurgiya 
korxonalari mahsuloti hajmi va assortimenti ustidan nazorat qilish, markazlashtirish 


63 
va rejalashtirish maqsadida tashkil qilinganYevropa ko’mir va po’lat birlashmasi) 
nomenklaturasi tovarlariga tarif preferentsiyalari qo’llanilmaydi. 
PUT YEI Kengashi tasdiqlaydigan har yili qayta ko’rib chiqiladigan sxemalar 
asosida amal qiladi. PUT harakat qilishining asosiy maqsadi faqat preferentsial rejim 
taqdim qilingan mamlakatlardan faqat shu rejim qo’llaniluvchi tovarlarni imtiyozli 
sharoitlarda olib kirilishini ta’minlashdan iborat. Tovarning kelib chiqish 
mamlakatini o’rnatish qoidalari bo’yicha ma’lum mamlakatlarda butunlay yoki 
import materiallariga jiddiy ishlov berish yordamida ishlab chiqarilgan tovar shu 
mamlakatdan kelib chiqqan hisoblanadi. Eksport qiluvchi mamlakat faqat bojxona 
idoralari tomonidan beriladigan maxsus hujjat-sertifikatni taqdim etish bilan o’z 
tovarining kelib chiqish faktini tasdiqlaydi. 
Kontingentirlash va import ustidan nazorat YEIga a’zo-mamlakatlarning 
mahsuloti bilan raqobatlashayotgan tovarlarning olib kirilishini cheklash va to’xtatish 
maqsadida qo’llaniladi. Ayrim savdo sohalarida (masalan, qora va rangli metallar) 
kontingentirlash roli namoyon bo’ladi. Yevroittifoq hududida bunday tovarlarning 
muomalaga kiritilishi uchun importga ruxsatnoma yoki tegishli a’zo-mamlakatlarning 
maxsus organlari tomonidan o’rnatilgan kvotalar chegarasida berilgan shunga 
o’xshash hujjat talab qilinadi. 
Xususan, Yevroittifoq sobiq SSSR mamlakatlaridan alyuminiy olib kirishga 
cheklovlar kiritdi. Yevroittifoq Komissiyasi buni bizning korxonalarimizning sun’iy 
pasaytirilgan energiya haqi va nisbatan yengilroq ekologik me’yorlar ko’rinishida 
katta ustunliklarga egaligi bilan asoslaydi.
Eksportni “ixtiyoriy” cheklash haqidagi kelishuvlar importer va eksporter 
o’rtasidagi kelishuv natijasi bo’lib, haqiqatda ular eksporterga qat’iyroq cheklovchi 
choralarni qo’llash havfi ostida o’tkaziladi. YEIning to’qimachilik mahsulotlari va 
qora metallarning asosiy yetkazib beruvchilari bilan qator kelishuvlar eksportni 
“ixtiyoriy” cheklashga yaqqol misol bo’la oladi. 
Dempingga qarshi tadbirlar Yevroittifoq tomonidan uchinchi mamlakatlardan 
importni cheklab turish uchun faol qo’llaniladigan notarif to’siqlar qatoriga kiradi. 
YEIning dempingga qarshi siyosatini amalga oshiruvchi YEI Komissiyasi eksporter-
mamlakatda haqiqiy eksport va ichki baholarni taqqoslaydi, demping miqdori esa 
ushbu tovar ichki bahosining eksport bahosidan ortiq miqdori bilan aniqlanadi.
EIning antidemping qonunchiligi YEI barcha a’zo-mamlakatlarining hududida 
bir vaqtda himoya choralari kiritilishini belgilaydi.
Texnik to’siqlar notarif xarakterga ega choralarga kiradi. Bu guruh ichida 
muomalada bo’lgan va tashqaridan olib kirilayotgan sanoat mahsulotlariga me’yorlar 
va standartlar – sifat xarakteristikalari, komponentlar dozirovkasi va boshqalar kiradi. 
Milliy me’yorlarni uyg’unlashtirish va barcha YEI a’zo-mamlakatlari uchun sanoat 
mahsulotlariga yagona standartlarni ishlab chiqish jarayoni bilan birga 1985 yildan 
beri Yevroittifoqda soddalashtirilgan tartib: ayrim tovarlar uchun emas, balki yirik 
tovar guruhlariga (avtomobillar, elektrotexnik uskunalar) va atrof-muhit muhofazasi, 
iste’molchilar manfaatlari himoyasi va boshqa jixatdan ahamiyatga ega bo’lgan faqat 
asosiy ko’rsatkichlar bo’yicha yagona me’yorlar o’rnatiladi. 
Eksportni tartibga solish – eksport nazorati va olib chiqishni cheklash – a’zo-
mamlakatlarning milliy havfsizligi, milliy boyliklarni saqlash, intellektual mulkni 


64 
himoya qilish, aholi hayoti va salomatligi, atrof-muhit muhofazasi maqsadlarida 
kamroq tovar guruhlariga qo’llaniladi.
Evroittifoqda a’zo-mamlakatlar tashqi iqtisodiy ekspansiyaning ko’pgina 
muhim instrumentlari – eksportga davlat subsidiyalari, eksport kreditlari, 
eksportyorlarga turli soliq, ma’muriy va boshqa turdagi yordam ko’rsatish usullarini 
qo’llashda mustaqilliklari saqlangan. 
Hozirgi vaqtda YEIda sanoat mahsuloti eksportini tartibga solish asosan a’zo-
mamlakatlar siyosatini muvofiqlashtirish mexanizmi yordamida amalga oshiriladi. 
Eksport kreditlarini taqdim qilish sharoitlarini kelishishga alohida e’tibor beriladi. 
Shu maqsadda maxsus organ – sug’urtalash, kafolatlar va moliyaviy kreditlar 
sohasida siyosatni muvofiqlashtirish bo’yicha guruh tuzilgan, unga YEI barcha a’zo-
mamlakatlari va YEI Kengashi vakillari kiradi. 
Eksportni tartibga solishning boshqa instrumentlari ko’proq: miqdoriy 
cheklashlar (neft va uni xaydashdan olinadigan mahsulotlar), eksportni bevosita 
ta’qiqlash va litsenziyalash (kimyo mahsulotlari, radioaktiv moddalar) kabi ma’muriy 
choralar hisoblanadi. 
Qishloq xo’jalik mahsulotlarini olib chiqishni tartibga solish xususiyatlariga 
eksportni subsidiyalash kiradi: YEI qishloq xo’jalik fondi (EI yagona byudjetining 
tarkibiy qismi) xarajatlarining umumiy miqdori yagona agrar siyosatni o’tkazish 
uchun barcha sarflarning 20-40 % ini tashkil qiladi. Ko’p hollarda subsidiyalar 
ma’lum tovarlar (galla, sut mahsulotlari) bo’yicha jahon baholaridan ancha yuqori. 
Subsidiya darajasi har bir konkret holda YEI Komissiyasi tomonidan aniqlanadi.

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə