Boshlang’ich ta’lim o’quvchilarini oilada gender rollarini tarbiyalshda milliy an’analardan foydalanish Reja



Yüklə 7,65 Kb.
tarix27.12.2023
ölçüsü7,65 Kb.
#163652
5-Ameliy JUMIS — копия


Boshlang’ich ta’lim o’quvchilarini oilada gender rollarini tarbiyalshda milliy an’analardan foydalanish


Reja:

  1. ‘quvchilarni milliy ruhda tarbiyalash orqali milliy tafakkur, o‘zligimizga bo‘lgan hurmat, milliyligimizning bugungi ko‘rinishlarini saqlash

  2. Boshlang‘ich ta’lim o‘zuvchining shakllanishi, rivojlanishi

Boshlang‘ich ta’lim o‘zuvchining shakllanishi, rivojlanishi uchbun muhim davr hisoblanadi. Bu davrda bolaga berilgan bilim va ko‘nikmalarni tizimli ravishda olib borish bevosita yangi talablar asosida yaratilayotgan darsliklarga ham borib taqaladi. Umumta’lim maktablari boshlang‘ich sinflarning darsliklarida berilgan mavzular o‘quvchilarda milliy tarbiyaning shakllanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. O‘quvchilarining milliy tarbiyasida uning muomala odobi, tarbiya qoidalariga rioya qilishi hamda boshqalarga nisbatan munosabatlarining barcha ko‘rinishlarida namoyon bo‘ladi. Maktabda milliy tarbiyani shakllantirish jarayonida boshlang‘ich o‘quvchilarining axloqiy sifatlari tarkib topadi va ilk axloqiy sifatlar shakllantiriladi. Jumladan, odamiylik, jonkuyarlik, mehribonlik, g‘oyaviy sodiqlik, kechirimlilik, to‘g‘rilik, mehnatsevarlik, andishalilik, yaxshi, mehr-oqibatlilik, muomala. Shu sifatlarni boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida shakllantirishda turli xil usul va vositalarni “Talqin va tadqiqotlar” ilmiy-uslubiy jurnali №16 93 ishlab chiqib, ta’lim tarbiya jarayoni samaradorligini oshirish, unga mos ishlanmalar yaratish, milliy tarbiyalashda bolalarning yoshini hisobga olgan holda didaktik materiallar tanlash, boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga mos holda pedagogik va psixologik ta’sir ko‘rsatish usullarini tanlash bugungi kunning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi. Barkamol shaxsni tarbiyalashda zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanish, milliy urf-odat va an’analarimiz, boy ma’naviy merosimizga yo‘g‘rilgan o‘zbekona milliy tarbiyamizni kelajak avlod ongiga singdirib borish ustuvor ahamiyat kasb etdi. Shu narsa ahamiyatliki, milliy tarbiya xususiyati tarbiyada rag‘batlantirishning ustuvor bo‘lishini taqozo etadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini milliy tarbiyalash metodikasida uch masala – tushuntirish, rag‘batlantirish muhim o‘rin tutadi. Bularga amal qilmasdan kutilgan samaraga erishib bo‘lmaydi. Intellektual yoshlarning bilim olish sifatini oshirishga keng imkon beradi. Ta’lim sifati - bu “ta’lim oluvchi-ta’lim beruvchi” darajasida muntazam ravishda, ta’lim oluvchilarning real imkoniyatlari darajasidan kelib chiqib yo‘lga qo‘yish, ya’ni yaqin rivojlanish zonasini nazarda tutishni anglatadi. Shunga ko‘ra, bugungi kunda ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchilarning qiziqishlari yo‘nalishlarini aniqlash, tashxis ishlarini tizimli tashkil etish, ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilarning o‘zlashtirish xususiyatlariga asoslanish alohida ahamiyat kasb etadi. Hozirgi paytda pedagog va psixologlarning diqqat markazini o‘quv predmetlarining nazariy asoslari va ularning tuzilishi bilan bir qatorda o‘quvchilar faoliyati, unga dahldor psixologik va pedagogik qonuniyatlar hamda o‘quv faoliyatini samarali boshqarish omillari ham band etib turibdi. O‘quvchilarning bilish faolligini oshirish, ularni o‘qishga qiziqtirish va ularning fanlarga qiziqishini oshirish dolzarb muammodir.


Foydalanilgan adabiyotlar
1. O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi qonuni. 2019-yil, 2-sentabr. 2. Gender i kultura. – Dushanbe: Аziya-plyus, 1999. – 96 s. 3. Gumboldt V. fon. Yazik i filosofiya kulturi. – Moskva, 1985. – S. 142-159. 4. http://www.gender-cent.ryazan.ru/lecturers.htm#blohina 5. Money, John. (1952). Hermaphroditism: An Inquiry into the Nature of a Human Paradox. Thesis (Ph.D.), Harvard University press. 6. Stoller R. J. Sex and Gender: The Development of Masculinity and Femininity. – United Kingdom: Routledge, 1994. – 400 p. 7. Zdravomislova Ye.А., Temkina А.А. Sotsialnoe konstruirovanie gendera. Sb. “Vozmojnosti ispolzovaniya kachestvennoy metodologii v gendernix issledovaniyax”. – Moskva, 2001. – S. 49. 8. Jamoldinova O.R. Ta’lim tizimida gender yondashuvni tatbiq etishning samarali mexanizmlari. Belarus-O‘zbek ILMIY-METODIK JURNALI. 2022-yil, 1-son. B. 17- 25. https://doicode.ru/doifile/regdoi/2022/06/doicode-2022.055.pdf.
Yüklə 7,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə