Xalqaro menejment


 Menejment uslubidan qat’iy nazar ishga doir etiket



Yüklə 1,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/67
tarix28.11.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#133343
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   67
xqvc6y4FNemWk4VrcthXS69P2hMaMWsSTmr087wi

7.4. Menejment uslubidan qat’iy nazar ishga doir etiket 
 
Har qanday mamlakatda global menejerga qabul qiluvchi mamlakatning turli 
madaniy va tarixiy xususiyatlariga to’g’ri va mos keluvchi ishga doir etiket asoslariga 
rioya qilish tavsiya qilinadi. Bunday asoslarga: 


78 

belgilangan ishbilarmonlik uchrashuvi vaqtiga qat’iy rioya qilish; 

muzokaralar boshlashdan avval tashrif kartochkalari bilan almashish zarur va 
tashrif kartochkasini uzata turib, o’z nomingizni aniq ayting; 

muzokaralarni delegatsiya boshlig’i – kompaniyaning eng yuqori lavozimli 
vakili boshlashi kerak. Muzokaralar paytida u tashabbusni muhokama qilinayotgan 
muammoni eng yaxshi biladigan menejerga berishi mumkin; 

muzokara qatnashchilarini joylashtirish qoidalariga (delegatsiya boshliqlari 
odatda bir-biriga qarama-qarshi o’tiradi) amal qilish muhim; 

o’z argumentlarini bayon qilishda faqat tarjimon yoki tilni biladigan shaxsga 
murojaat etmaslik kerak; 

ishbilarmonlik suhbatida sekin sur’atda argumentlarni aniq va ixcham 
izohlash bilan gapirish kerak; 

muzokaralarni olib borish sur’ati ikkala tomon fikrlarini to’g’ri qabul qilish 
va zarur bo’lganda aniqlovchi savollar berish imkoniyatini berishi kerak; 

ishbilarmonlik suxbati imkoniyatidan to’la foydalanish uchun har bir 
tomonning tadbirlar rejasini e’tibor bilan muhokama qilish lozim; 

muzokaralar yakunida doim sheriklarga sizga ajratgan vaqtlari uchun 
minnatdorchilik bildirish kerak; 

o’z ofisingizga qaytgandan so’ng uchrashuvda kelishilgan harakatlarni sodir 
qilishdan tashqari, hamkorlikka qiziqish so’saymaganligini bildirish uchun 
minnatdorchilik xatini yuborish lozim; 

sheriklar savollari va talablariga darhol javob berish kerak. Bu sherik xabarini 
qabul qilganligingizni anglatadi. 
Xulosa 
Milliy xususiyatlar, ya’ni madaniyat, psixologiya, temperament, an’analar 
ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni tushunish va hal qilish hamda korxonalarning samarali 
faoliyati uchun zarur tashkiliy sharoitlarni yaratish usuli sifatidagi menejment 
uslubiga ta’sir ko’rsatadi. 
Global menejment bo’yicha mutaxassislar tashqi iqtisodiy bitimning qabul 
qiluvchi mamlakatda xalqaro menejer faoliyatining dastlabki davrida qiyinchiliklar 
tug’dirishi mumkin bo’lgan yettita asosiy elementini ajratadilar: 1) yangi xorijiy 
sheriklar bilan muzokaralar muhiti; 2) qabul qiluvchi mamlakatning madaniy va 
tarixiy xususiyatlari; 3) qabul qiluvchi mamlakat mafkurasi; 4) byurokratik an’analar; 
5) qabul qiluvchi mamlakat qonunchiligi; 6) pul tizimlaridagi farqlar; 7) qabul 
qiluvchi mamlakatda siyosiy va iqtisodiy barqarorsizlik. 
G’arbiy menejment uslubi xususiyatlariga firma va biznes alohida yo’nalishlari 
rahbarlarining yuqori individual ma’suliyati va o’ziga ishonchi kiradi.
Yevropa mamlakatlari orasida menejment uslublarida jiddiy tafovutlar 
kuzatiladi. 
Osiyo boshqaruv uslubiga quyidagilar xarakterli: “yumshoq” tuzilmalarga 
urg’u berish, menejerlarning yuqori ta’lim darajasiga, kompaniya strategik rejalari 
muvaffaqiyatiga ishonish va sheriklarning bir-biriga ishonchi, firma umumiy 
maqsadiga hissa qo’shish xissiyoti. 


79 

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə