Xalqaro menejment



Yüklə 1,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/67
tarix28.11.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#133343
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   67
xqvc6y4FNemWk4VrcthXS69P2hMaMWsSTmr087wi

Tayanch iboralari: 
etnotsentrik yo’nalish, politsentrik yo’nalish, geotsentrik 
yo’nalish, reintegratsiya, ekspatriantlar, raqobat kartasi. 
Nazorat savollari: 
1.Xalqaro menejer qanday qobiliyatlarga ega bo’lishi kerak? 
2.Qabul qiluvchi mamlakatda mahalliy xodimlarni o’qitishda qanday usullar 
mavjud? 
3.Xalqaro kompaniyalar kadrlarni chet elda ishlash uchun qanday 
tayyorlaydilar? 
4.Xodimlar chet elda ishlash uchun qanday rag’batlantiriladi?
 


89 
9 - BOB. XALQARO MENEJMENT TIZIMIDA INSON 
RESURSLARINI BOSHQARISH
 
9.1. Xalqaro firmada inson resurslarini boshqarish xususiyatlari 
Xorijiy filiallarga ega ko’pgina firmalar kadrlar siyosati bilan bog’liq bo’lgan 
bir qator muammolarga duch keladilar. Xalqaro korporatsiyalarda inson resurslarini 
boshqarish bo’yicha turli xil yondashuvlarning mavjud bo’lishiga qaramay, ularning 
aksariyat qismi belgilangan maqsadlarga erishish hamda chet elda korxonaning 
iqtisodiy rivojlanishi uchun yuqori malakali xodimlar muhim ahamiyatga egaligini 
e’tirof etadi. “Sanoat konferentsiyasi kengashi” nomli tadqiqot tashkiloti 
korporatsiyalar prezidentlari o’rtasida dunyodagi o’zgarishlar jarayoni va ularni 
boshqarish muammolariga bag’ishlangan o’zaro muloqot o’tkazdi. “Yunilever” 
korporatsiyasining raisi bu to’g’risida shunday dedi: “Biz uchun yagona va eng 
asosiy masala - bu tashkilot va insonlardir”. 
Tashkilot shtatini to’ldirish jarayonida malakali mutaxassislarga bo’lgan 
ehtiyojni hisobga olmaslik aslo mumkin emas. Har bir firma o’z ishini yuqori 
darajada yuajarish hamda malakasini oshirish layoqatiga ega bo’lgan kadrlar va 
yollanma xodimlarga bo’lgan ehtiyojni aniqlashdan boshlashi zarur. Quyida xalqaro 
operatsiyalar miqyosida inson resurslarini boshqarishning mamlakat ichkarisida
ushbu resurslarni boshqarishdan farqlarini ko’rsatib beruvchi omillar keltirib o’tilgan. 

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə