Xalqaro menejment


 Xorijiy filial shtatida mahalliy fuqarolar va muxojirlar



Yüklə 1,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/67
tarix28.11.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#133343
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   67
xqvc6y4FNemWk4VrcthXS69P2hMaMWsSTmr087wi

 
8.4. Xorijiy filial shtatida mahalliy fuqarolar va muxojirlar 
(ekspatriantlar) 
 
Bosh kompaniya u yoki bu kontseptsiyaga xayrihoxligiga bog’liq holda o’z 
xorijiy filiallari shtatini faqat qabul qiluvchi mamlakat mahalliy fuqarolari yoki ko’p 
miqdordagi muxojirlar-bosh kompnaiya joylashgan davlat millati yoki uchinchi 
davlatlar millatiga mansub kishilarni hisobga olgan holda shakllantiradi. 90-yillarda 
xalqaro korporatsiyalar xorijiy filial shtatiga va hatto rahbariyatiga asosan qabul 
qiluvchi mamlakat fuqarolarini jalb qilish tendentsiyasi namoyon bo’ldi. 
Xalqaro korporatsiyalar xorijiy filiallari rahbariyatini qabul qiluvchi 
mamlakatlarning mahalliy fuqarolaridan shakllantirish afzalliklar bilan birga 
kamchiliklarga ham ega. Birinchidan, mahalliy fuqarolar xizmati xalqaro 
korporatsiyalarga muxojirlar xizmatidan ko’ra arzonroq va ularni komandirovka 
qilish bilan bog’liq byurokratik tadbirlar va xarajatlarni cheklab o’tishga imkon 
beradi. Bundan tashqari ko’pgina qabul qiluvchi mamlakatlarda chet elda kasbiy 
tayyorgarlikdan o’tgan buxgalterlar va huquqshunoslar xizmatidan foydalanishga 
imkon bermaydigan huquqiy talablar mavjud. 
Xalqaro korporatsiyaga mahalliy imidjni tashkil qilish uchun (xorijiy 
kompaniyalarga yomon munosabatlar o’rnatilganda yoki “mahalliy mahsulotlarni 
xarid qiling” fikrini tarqatish va shu kabi) foydali bo’lgan vaziyatlar mavjud. Bundan 
tashqari mahalliy rahbarlar uzoq muddatli loyihalarga yo’nalgan bo’ladi, muxojirlar 
esa ko’pincha korporatsiyaning uzoq muddatli loyihalariga zid ravishda qisqa 
muddatli maqsadlarni ko’zlaydi. 
Mahalliy kadrlar mintaqaviy ishlab chiqarish sharoitlari, milliy iste’molchilar 
talabi xususiyatlarini yaxshiroq biladi va ba’zan hukumat doiralari bevosita 
aloqalarga ega bo’ladilar. Mahalliy mutaxassislardan foydalanish qabul qiluvchi 
mamlakat fuqarolariga ularning davlat manfaatlariga xizmat qiluvchi xorijiy 
korporatsiyalar bilan hamkorlik qilish imkoniyati mavjudligini ko’rsatadi. Bundan 
tashqari mahalliy fuqarolarni yollash qabul qiluvchi mamlakat hukumati tomonidan 
qo’llab-quvvatlanadi va rag’batlantiriladi. 
Muxojirlarning xizmatidan foydalanish ularning texnik bilimi, boshqaruv 
tajribasini mahalliy xodimlarga o’rgatish qobiliyati va bosh kompaniya tomonidan 


88 
xorijiy filial faoliyatini qat’iy nazorat qilishga asoslanadi. Shu bilan bir vaqtda 
ulardan foydalanish kompaniyaga qimmatga tushadi. 
Kolumbiya universiteti olimlari o’tkazgan tadqiqot natijalari ham shuni 
ko’rsatdi, chunki mahalliy mutaxassislarning ish xaqi, ularning uy-joy xarajatlari
ular ma’muriy xonalar va transport xarajatlari bosh kompaniya mutaxassislariga 
nisbatan kamroq. Masalan, Malayziyada xorijiy filialni AQShdan yuborilgan 
boshqaruvchisini ta’minlash qiymati amerika TMKsi uchun yiliga 200 ming dollarga 
teng, mahalliy boshqaruvchi yollanganda esa 20 ming dollarga teng bo’ladi.
Xulosa 
Xalqaro menejer bosh kompaniya joylashgan mamlakatda o’z darajasidagi 
rahbardan ko’ra odatda kengroq doiradagi majburiyatlarni bajaradi. 
Xalqaro menejer o’z vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishi uchun xorijiy davlat 
sharoitlariga tez moslasha olishi, ish manfaati yo’lida xalqaro tafovutlarni yenga 
olishi, xorijiy sheriklar bilan muloqotda egiluvchanlik va o’z kompaniyasi 
qiziqishlarini himoya qilishda qat’iyatlikni ko’rsata olishi va shu kabi bir qator 
boshqa zaruriy qobiliyatlarga ega bo’lishi kerak. 
Global menejerning qabul qiluvchi mamlakatda inson resurslarini boshqarishi 
bosh kompaniya joylashgan mamlakatdagiga qaraganda bir qator farqlarga ega. 
Har bir xalqaro kompaniya qabul qiluvchi mamlakatda mahalliy personalni 
TMK filiallarida ishlash uchun o’z o’qitish dasturlari va usullariga ega.
 
Ko’pgina xalqaro kompaniyalar chet elda ishlash uchun xodimlarni tanlashga 
katta e’tibor beradilar. Buning uchun nomzodlar va ularning oila a’zolari stresslar, 
muloqot qilish bo’yicha psixologik testlardan o’tadi, kasbiy bilimlarni baholash 
o’tkaziladi. 
Xalqaro kompaniyalar xorijiy filiallar rahbariyatini qabul qiluvchi mamlakat 
fuqarolaridan shakllantirish quyidagi afzalliklarga ega: 
-mahalliy xodimlarning xizmati xalqaro kompaniyaga arzonroq tushadi; 
-ayrim 
qabul 
qiluvchi 
mamlakatlarda 
xizmat 
qilayotgan 
mamlakat 
chegarasidan tashqarida kasbiy ma’lumot olgan buxgalterlar va huquqshunoslar 
xizmatidan foydalanish imkonini bermaydigan talablar mavjud. 
-mahalliy kadrlar ishlab chiqarish munosabatlari, milliy iste’molchilar talabi 
xususiyatlarini yaxshiroq biladi va ba’zan hukumat doiralari bilan bevosita aloqalarga 
ega bo’ladi. 

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə