Xalqaro terrorizm va terroristik tashkilotlar


“Ichkeriya va Dog`iston xalqlari kongressi”



Yüklə 69,25 Kb.
səhifə10/17
tarix11.12.2023
ölçüsü69,25 Kb.
#148319
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
Xalqaro terrorizm va terroristik tashkilotlar 39

“Ichkeriya va Dog`iston xalqlari kongressi”


1998 yil Sh Basayev va M Udugov tomonidan Chechenistondagi arab emissarlari ko`magida tuzilgan. Uning faoliayti Rossiyaning musulmonlar yashaydigan mintaqalarida ekstremistik va ayirmachilik g`oyalarini yoyishga va terrorchilik harakatlari sodir etishga qaratilgan.Pirovard maqsadi va Kavkazda islom xalifaligini tuzish.
“Al-Qoida” (Asos,Baza)
1988 yilda Usoma-bin Laden tomonidan tuzilgan. Tashkilotning o`zagi Afg`onistondagi jangovor harakatlarda ishtirok etgan arablardan iborat bo`lgan. 1990 yil o`rtalarida xalqaro terrorchilik tuzilmasiga aylandi. Al-Qoidaning jangarilari ko`plab xalqaro terrorchilik
xarakatlariga aloqadordir.
Asbat al-Ansor”tashkiloti
1985 yilda shayx Hishom Shreyda tomonidan tuzildi. Uning shtabi Livanda joylashgan, yashirin faoliyat ko`rsatadi. Asosan buyurtmalarni bajaradi va boshqa eksremistik tahskilotlarga maxsus tayyorgarlikka ega jangarilar yetkazib beradi. Usoma-bin Ladenning tashabbusiga ko`ra “Asbat al-Ansor” lagerida jangarilar va ko`ngillilar qayta tayyorgarlikdan o`tib, qaynoq nuqtalarga jumladan Chechenistonga jo`natilgan. Tahskilot AQSh, Isroil va g`arbiy Yevropaning qator davlatlarini o`zining dushmani deb e`lon qildi.
Muqaddas urush tashkiloti”
Maqsadi Misrda dunyoviy boshqaruvni yo`q qilishdir. U ko`plab mamlakatlarda, xususan Yaqin Sharqda, shuningdek, Rossiyaning musulmonlar zich yashaydigan mintaqalarda o`z emissarlarga ega. Bu shaxslar shug`ullanayapti. Tahskilot a`zolari 1984 yilda mamlakat ichki Ishlar vaziriga, 1990 yilda esa parlament raisiga suiqasd uyushtirganlar.
Islom guruhi” (Al-Jamol al-Islomiya)
Usoma bin-Laden tuzgan islom fronti tarkibiga kiradi. Faoliyati Misrda dunyoviy boshqaruvni yo`qotishga qaratilgan Chechenistondagi noqonuniy qurolli guruhlarga moliyaviy yordam ko`rsatadi. Jangarilar tayyorlab dunyoning qaynoq nuqtalariga yuboradi, xayriya fondlari va tashkilotlari niqobi ostida tashviqot-targ`ibot razvedka-qo`poruvchilik ishlari bilan shug`ullanadi.
Musulmon birodarlar”
Butun dunyoda islomiy bo`lmagan hukumatlarni ag`darib, “buyuk islom xalifati” tuzishni maqsad qilib qo`ygan. Uning faoliyati qator Yaqin Sharq mamlakatlari (Suriya va Iordaniya) da taqiqlangan. Faoliyatining asosiy ko`rinishlari diniy kelishmovchiliklarni avj oldirish, har qanday hududda harbiy jihod e`lon qilish.
Lashkari Toiba”
Pokistondagi harbiylashgan, ekstremistik vahhobiylar guruhi. Maqsadi Jamma va kashmir viloyatlarini Pokistonga qo`shib olish, Xindiston hududida johid harakatlarini yoyish. Turli terrorchilik tahskilotlariga moliyaviy ko`mak berish, uning o`quv markazlarida pokistonlik, afg`onistonlik, sudanlik yo`riqchilar rahbarligi ostida 500 nafardan ziyod jangarilar tyyorgarlik ko`rgan.
Islom guruhi”
O`tgan asrning 40-yillarida tahskil etilgan. Pokiston Afg`oniston chegarasida joylashgan lagerda jangarilar lagerda jangarilar tayyorlaydi. Bu tashkilotning emissarlari Rossiyaning musulmonlar ko`pchilikni tashkil etadigan mintaqalarida ayrimachilik kayfiyatini tarqatish bo`yicha tashkiliy-tashviqot ishlari olib bordilar.

Tolibon”


1994 yilda Afg`onistonda ekstremistik harakat sifatida tashkil topdi. O`z faoliyatida terrorchilik usullaridan foydalanadi. Usoma-bin Laden ko`magida tolibonlar Markaziy osiyo davlatlarida diniy-ekstremistik harakatlarini keng yoyishga urindilar.
Ijtimoiy islohotlar jamiyati”
Shtabi Quvaytda joylashgan. Jamiyat u yerda nodavlat tashkilot maqomiga ega. Aslida esa hayriya dasturlari niqobi ostida “Musulmon birodarlar” uyushmasining bosh maqsadi kabi-butun dunyoda islom xalifaligini tuzishga xarakat qilishdir. Asosiy faoliyat shakllari-diniy kelishmovchiliklarni yoyish, jamiyatni bo`lib tashlash, Shimoliy kavkazda harbiy jihodni yashirin tarzda moliyaviy ta`minlash.
Islom merosini tiklash jamiyati”
Shtabi Quvaytda joylashgan bo`lib, nodavlat tashkilot sifatida, xayriya faoliyati niqobi ostida “Ijtimoiy islohotlar jamiyati” bilan bir xil maqsadlar uchun kurashdi.
Xizbut-tahrir al-islomiy” (“Islom ozodligi partiyasi”)
Bu partiyaning ham maqsadlari “Musulmon birodarlar” tashkilotiniki bilan bir xil. Yaqin sharq va qator MDH davlatlari hududida uning faoliyati taqiqlangan.
“Hizbut-tahrir al-islomiy” (“islom ozodligi partiyasining”) Moskvaning bo`linmasini Rossiya Fedeatsiyasi IIV va Federal xavfsizlik xizmati (FXX) hamkorlikda zararsizlantirdi. Bu partiya o`z ta`sirini Rossiya hududida yoyishga intilgan.
Tahskilot dastlab O`zbekistonda, unga qo`shni davlatlarda shariat boshqaruvini joriy etish, keyinroq bu tartibni Rossiyaning musulmonlar ko`pchilikni tashkil etadigan hududlarga yoyishni rejalashtirgan. Rossiya FXX jamoatchilik bilan aloqa qilish markazi rahbarining aytishicha, “islom ozodligi partiyasi” (IOP) tuzilmalari mamlakatning katta qismiga tarqalgan. Uning ta`kidlashicha bu guruh noqonuniy qurolli tuzilmalar uchun odam yodlash, ularni moddiy ta`minlash bilan shug`ullangan. Bunda savdodan tushgan mablag`lardan ham foydalangan. Rossiya poytaxtida mazkur partiyaning 120 ta a`zosi qo`lga olindi. Ular asosda O`rta Osiyoliklar 120 ta a`zosi qo`lga olindi. Ular asosan O`rta Osiyoliklar edi. Qurol olib yurgani uchun ikki kishisiga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi.
Ushlanganlar orasida qirg`izistonlik Alisher Musayev, tojikistonlik Akrom Jalolovlar bor edi. Musayevning avtomobildan 100 ga yaqin portlovchi modda, ikkita RGD-5 qo`l granatasi,1 dona F-1 gramatasi, shuningdek, 15 ta targ`ibot varaqasi topilgan. Jalolovning yonidan esa 400g ga yaqin trotil va 2 ta detonator olingan.
2002 yil29 aprelda Bokuda “Hizbut tahrir al-islomiy”ning mahalliy shaxobchasi a`zosi bo`lgan ozarboyjonlik 3 fuqaro qo`lga olindi. Ular Ozarboyjon fuqarolari Yashar Mamedov, el`burs Allahverdiyev va Firuddin Nabiyevlar qo`lga olinib,6 yilga qamalgan edi.
2003 yilning birinchi yarmida Qozog`istonda ham birmuncha islomiy ekstremistik tahskilotlari aniqlandi. Jumladan Almatada Sharqiy Turkiston islom partiyasining yashirin shaxobchasi fosh etildi. O`sha yil may oyida qo`lga olingan mazkur tahskilotning uch a`zosidan qurollar, o`q-dori va qo`lbola portlovchi moslamalar topildi. Ularning Afg`oniston, Eron, Qirg`iziston va O`zbekistondagi terrorchi hammaslaklari bilan aloqlari aniqlandi.

Terrorchilik tashkilotlarining tasnifi”



  • siyosiy maqsadlari

  • diniy yo`nalishi

  • qanday qilib va nima uchun paydo bo`lganligi

  • ijtimoiy va etnik tarkibi

  • soni

  • tashkiliy tuzilishi

  • qayerda faoliyat yuitishini ma`qul ko`rishi

  • sevimli ish usullari

  • tajovuzkorlik darajasi va murosaga moyilligi

Bugungi kunda dunyoda yuzlab kuchli jihozlangan “Abu Nidol” tashkiloti, “Abu sayyof” guruhi (yaqin Sharq),“Qurollangan Islom” guruhi (Jazoir),“Al Qoida” (asos baza), (Afg`oniston),“Al jihod” (Misr),“Jamoa al islomiy” (Misr),“Harakt al mujohid” (Kashmir),“Xamas” (Yaqin Sharq),“Xizbulloh” (Yaqin Sharq), “Turkiston islom partiyasi” (Markaziy Osiyo), “Falastin islom jihodi”,“falastin ozodligi fronti”,“Falastin ozodligi xalq fronti”, “falastin ozodligi xalq fronti-umumiy qo`mondonlik”
“AUM Sinrikyo” (yaponiya, uning rahbari xibsga olingach, tahskilotning faolligi pasaydi),“Bask ozodlik harakati” “Eta” (Ispaniya),“kahane Xay” (Xitoy),“qurdiston ishchilar partiyasi” (Turkiya),“Inqilobiy xalq kurashi” (Turkiya),“inqilobiy halahsi”-ELA (Gretsiya),“17 noyabr inqilobiy tashkiloti” (Gretsiya),“Tamil Ilamani ozod qiluvchi yo`lbarslar”(Shri-Lanka),“Mujohiddini Xald” (Eron),“Milliy ozodlik armiyasi” (Venesuella),“Kolubmiya inqilobiy qurolli kuchlari” “FARC” (Kolumbiya),“Kolumbiya o`zining o`zi mudofa qilish Birlashgan KUchlari”-“AUG” (Kolumbiya),“Oydin yo`l”-“Sendero” (Peru) kabi terrorsitik guruhlar mavjud.
Yaqinda Afg`onistonda Tohir Yo`ldoshev rahbarlik qilayotgan “O`zbekiston islom harakati” diniy ekstremistik tashkiloti terroristik tashkilot sifatida ro`yxatga olindi.
O`zbekistonga Xavf Solayotgan Diniy ekstremistik va Terroristik Tashkilotlar”

  1. “Islom uyg`onish partiyasi” (1989-1991)

  2. Adolat”, “islom lashkarlari” (1990-1992)

  3. Tavba”, “Hizbulloh” (1991-1995) Muxolif kuchlar tomonidan ta`minlanib faoliyat ko`rsatmoqda.

  4. Akromiylar” (1997-1999) Andijonlik Akrom Yo`ldoshev (1960 yilda tug`ilgan) “Imonga yo`l” (1992) nomoli dastur tuzgan.

  5. Vahhobiylik” (1990-1992) Diniy ekstremestik oqimning tashkiliy tizimi bo`limish “O`zbekiston Islom harakati” jahonning yetakchi xalqaro terroristik tashkilotlari-“Tolibon harakati” Usoma bin Ladenning “Al-Qoida” tahskiloti. “harakat ul Ansor”, “Al-Jihod” kabilar bilan til biriktirib, ularning bevosita rahnamoligida tashkil etilgan.

  6. hizbut tahrir al-islomiy” diniy ekstremistik partiyasi sunniylik doirasidagi siyosiy partiya bol`ib, 1953 yilda Quddus shahrida falastinlik Taqiyuddin Nahaboniy tomonidan tashkil etilgan.





Yüklə 69,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə