Xalqaro terrorizm va terroristik tashkilotlar


O`zbekistonda Aksilterror xarakat



Yüklə 69,25 Kb.
səhifə13/17
tarix11.12.2023
ölçüsü69,25 Kb.
#148319
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Xalqaro terrorizm va terroristik tashkilotlar 39

O`zbekistonda Aksilterror xarakat
O`zbekistonliklar jahonda shu jumladan, Markaziy osiyo mintaqasida terrorchilik bilan bog`liq qaynoq nuqtalar borligini juda yaxshi biladilar.O`zbekiston Respublikasi bilan chegaradosh Afg`oniston va bir mintaqada joylashgan Pokiston kabi davlatlar hududida jonoyatshi-terrorchilar harbiy tayyorgarlikdan o`tib, O`zbekistonga kirishishga harakat qilayotganliklari hech kimga sir emas. Ularning maqsadi kimyoviy, bioogik qurollardan, kompyuter tarmoqlaridan foydalanib harbiy harakatlarini boshlashdir.
O`zbekiston hududida sodir etilgan bir necha terrorchilik harakatlari bunday umumiy havfga qarshi kurash markazlari ishlab turibdi. Shuningdek, ko`pgina davlat idoralari, ayniqsa, mudofaa, favqulodda vaziyatlar va ichki ishlar vazirligi, milliy xavfsizlik xizmati, chegara, bojhona va prokuratura idoralarining terrorchilikka qarshi kurashdagi faoliyati jadallashdi, bu boradagi imkoniyatlardan samaraliroq foydalanilayapti. Aholi o`rtasida hushyorlik ogohlik mazmunida tushuntirish ishlari, ommaviy tadbirlar o`tkazilayapti, ommaviy axborot vositalari orqali targ`ibot ishlari olib borilmoqda, ta`lim muassasalarida mashg`ulotlar olib borilyapti.
O`zbekiston respublikasi terrorchilikni bartaraf qilish bilan bog`liq ishlarga dunyo jamoatchiligini jalb etmoqda.
Afg`oniston va boshqa musulmon davlatlari hududidagi harbiy lagerlarda terrorchi uyushmalar bemalol tayyorgarlik ko`rayotganligidan tashvishlangan O`zbekiston davlatining rahbari xalqaro terrorizmga qarshi kurash Markazini tuzish zarurligi to`g`risidagi taklifini Yevropa xavfsizlik harakati tahskilotiga a`zo davlat va hukumatlarga MDH davlatlariga, Markaziy Osiyoda , Qirg`iziston, Tojikiston davlati rahbarlariga yetkazadi. Bu taklif Rossiya, AQSh, Xitoy kabi yirik davlatlar tomonidan xam e`tirof etildi. Terrorchilikning har qanday ko`inishlariga zarba berish, terrorchilikni qo`llab quvvatlayotganb davlatlarga qarshi kurash olib borish jahon hamjamiyati bilan birgalikda davom ettirilmoqda.
O`zbekistonda 2000 yil 15 dekabrda “Terrorizmga qarshi kurash”qonun bilan qabul qlingan. Shuningdek, O`zbeksiton Respublikasi jinoyat kodeksining
Diniy ekstremizm va xalqaro terrorizm nafaqat tashqi, balki ichki havfsizlikka ham daxldor masaladir.Chunki diniy ekstremistik va terrorchilik tashkilotlari jangarilik usullari bilan hokimiyat uchun kurashuvchi guruhlarni shakllantirish, ularni har tomonlama rag’batlantirish va qo’llab quvvatlashga intiladi.
Markaziy Osiyo davlatlari uchun diniy ekstremizm va xalqaro terrorizmning xavfi 1990 yilda Namangan va Andijonda, 1990-1996 yillarda Tojikistondagi fuqarolik urushi va mojarolar davomida, 1999 yilda Toshkent shahrida, 1999 yil 19- fevralda Toshkent shahrida , 1999-2001 yillari Qirg`izistonning Bodken, Ozbekistonning Surxondaryo va Toshkent viloyatida, 2004 yil mart-aprel oylarida Toshkent shahri va Buxoro viloyatida 2005 yil 12-13 may kunlari Andijon shahrida amalga oshirgan terrorchilik xarakatlari timsolida o`zini ko`rsatdi.
Qzbekiston Prezidenti I.Karimov tashabbusi bilan 1998 yilda tashkil topgan 62 guruhining Afg`oniston masalasini hal qilishda va Toshkent Deklaratsiyasining ahamiyati juda katta.
2001 yil 28-sentyabrda BMT ning Havfsizlik Kengashi 1373-sonli rezolyutsiyasini qabul qilib,terrorizmga qarshi kurash komitetini tuzdi.
BMT ning terrorizm va unga qarshi kurashga qaratilgan 13 ta xujjati (11 ta konvensiya va 2 ta protokol) mavjud. O`zbekiston 12 ana shunday halqaro shartnomalarni ratifikatsiya qildi. Ular qatorida:
1971 yildagi fuqaro aviatsiyasining havfsizligiga tahdid soladigan noqonuniy aktlarga qarshi kurash:
1973 yildagi xalqaro himoyadan foydalanuvchi shaxslar, shu jumladan diplomatik agentlarga qarshi jinoyatlar uchun jazolash va ularni bartaraf etish:
1979 yildagi garovga olish xarakatlariga qarshi kurash:
1980 yildagi yadroviy materiallarning himoyasi:
1988 yildagi dengiz kemalari xarakati havfsizligiga tahdid soladigan noqonuniy aktlarga qarshi kurash:
1997 yildagi bombaviy terrorizmga qarshi kurash:
1999 yildagi terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash xalqaro konvensiyalari borligini ko`rish mumkin.
O`zbekiston Yevropa Kengashi doirasida ham terorizmga qarshi 7 ta xalqaro shartnomani imzolagan.


Yüklə 69,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə