Chizmada ko‘rsatilganidek, amaliyotda nazariy quvvat ko‘rsatkichidan foydalanishning real imkoniyati yo‘q. Xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatining tashkil qilishning dastlabki bosqichidayoq mana shu ko‘rsatkichlar mohiyatiga jiddiy e’tibor qaratilishi talab qilinadi. Xususan, faoliyatning texnik-iqtisodiy assoslanishida (TEO loyihasi) barcha asosiy vositalar
aktiv qismi uchun miqdorlar, ana shu ko‘rsatkichlar ichidan o‘rtacha (normal) quvvat doirasida ishlab chiqishilishi maqsadga muvofiqdir.
Shunga muvofiq, xo‘jalik yurituvchi subyektlarda boshqaruv hisobini tashkil qilish va yuritishda ayrim olingan texnologik jihozlarning normal quvvat bilan ishlashi hisobga olinishi lozim.
Ishlab chiqarish hajmi bilan xarajatlar o‘rtasida (o‘zgaruvchan xarajatlar) o‘zaro to‘g‘ri chiziqli bog‘lanish mavjud (chizmaga qarang).
57