HISOB
O‘ZBEKISTON
TARIXI
HSM
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
UNIVERSITETI
1
9-MAVZU
OʻZBEK
XONLIKLARNING
ROSSIYA IMPERIYASI
TOMONIDAN BOSIB
OLINISHI.
MUSTAMLAKACHILIK
ZULMIGA QARSHI
MILLIY OZODLIK
HARAKATI.
JADIDCHILIK
Asosiy tushuncha va iboralar:
avtarkiya; bosib olish; mustamlakachilik;
mustamlaka; metropoliya; protektorat;
jadidchilik; temiryoʻl tizimi; telegraf;
telefon; konka.
9.1. Rossiya imperiyasi tomonidan O‘rta Osiyoni bosib olish uchun
istilochilik harakatlarining boshlanishi
Rossiya Imperiyasining O‘rta Osiyoni bosib
olish harakatlari XVIII asr
boshlaridan boshlanadi. Dastlabki harakatlar Pyotr I zamonida, 1714-1717-
yillarida boshlangan edi. Shu maqsadda 1714-yili Preobrajinskiy polkining
poruchigi knyaz Aleksandr Bekovich-Cherkasskiy boshchiligida yuborilgan
ekspeditsiya Kaspiy dengizining sharqiy qirg‘oqlarini o‘rganib, Krasnovodsk
qo‘ltig‘ida istehkom qurishi, Xiva xonligiga yetib borib xonni rus fuqaroligiga
o‘tishga undashi, undan Buxoroga o‘tib Amirni ham Rossiya panohiga o‘tishga
ko‘ndirishi kerak edi. Amalda ekspeditsiya Krasnovodsk qo itig ‘ida 3 ta
istehkom qurdi. Rus askarlarining ko‘pchiligini bezgak kasalligi bilan qirilib
ketishi natijasida ekspeditsiya 1716-yili Astraxanga qaytib ketishga majbur
bo‘ldi.
1717-yilda Bekovich-Cherkasskiy boshchiligida yangi tuzilgan
ekspeditsiya Orol dengizining G‘arbiy sohili bo‘ylab Amudaryo orqali Xivaga
yetib, Sherg‘ozixon bilan muzokaralar olib boradi. Sherg‘ozixon hiyla ishlatib
NAZARIY
BILIMLAR
HISOB
O‘ZBEKISTON
TARIXI
HSM
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
UNIVERSITETI
2
ekspeditsiya a’zolarini qirib tashlaydi. Shunday qilib, Pyotr I ning O‘rta Osiyoni
bosib olishdagi maqsadlari uning umri davrida amalga oshirilmaydi. Shu
davrdan boshlab O‘rta Osiyoga boradigan asosiy yo‘llar bo‘ylab harbiy qal’alar
qurila boshlanib, Rossiya Imperiyasi chegarasi xonliklarga yaqinlashib bordi.
1718-yilda Irtish daryosi bo‘yida bunday istehqomlardan yettitasi qurib qurildi.
Rossiya Imperiyasining keyingi hukmdorlari to
XIX asming ikkinchi
yarmigacha asosan o‘zining elchilarini, josus-sayohatchilarini yuborish orqali
O‘rta Osiyoning tabiatini, boyliklarini, harbiy va iqtisodiy imkoniyatlarini
o‘rganishga kirishadi. Birgina Nikolay I (1825-1855) va Aleksandr II podsholigi
(1855-1881) davrida Qozog‘iston hududlarida 103 ga yaqin harbiy qal’alar,
tayanch punktlari qurildi.
1840-yilning noyabrida Orenburg gubematori general mayor V.
A.Perovskiy 2 ta zambarak, 40 ta arava, besh ming tuyadan iborat harbiy qism
bilan Xivaga qarshi yurish boshlaydi. Biroq, cho‘ldagi qattiq sovuqlar, kiyim-
kechak, suv yetishmasligi natijasida kasallik ko‘payadi va bu yurish ham
natijasiz tugaydi. Bundan buyon Rossiya xonliklar bilan josuslik yo‘lida
diplomatik va savdo aloqalarini kuchaytirishga harakat qila boshlaydi.
Bu davrda yirik mustamlakachi davlat hisoblangan Angliya ham O‘rta
Osiyo hududiga qiziqish bildira boshlaydi. Angliya
hukumati Buxoro, Xiva va
Qo'qon xonliklarini Rossiyaga qarshi ittifoqqa uyushtirishga harakat qildi. Shu
maqsadda 1825-1845- yillarda Angliya hukumati tomonidan Hindistondagi Ost-
Indiya kompaniyasi orqali bir necha missiyalar yuborildi. Ular Xiva xoni va
Buxoro amiri huzurida bo'lib, Rossiya tajovuzidan saqlanish uchun uchala
xonlik bir-birlariga yordamlashishini, kuchlarni birlashtirishni, ittifoq tuzishni
taklif qilib, rus qo'shinlariga qarshi kurashish uchun qo'shin bilan yordam
berishga va’da qiladilar.
Inglizlaming O'rta Osiyoda jiddiyroq siyosat yuritishiga Afg'oniston xalaqit
berardi. Buyuk Britaniyaning O'rta Osiyoga kirish va uni egallashga intilishi
HISOB
O‘ZBEKISTON
TARIXI
HSM
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
UNIVERSITETI
3
Rossiyani tashvishga soldi. U xonliklarga bevosita chegaradosh bo'lganidan
foydalanib, harbiy harakatlarni boshlab yubordi. Rossiya Imperiyasining O‘rta
Osiyoni tezroq egallashdan asosiy maqsadlari quyidagilar edi:
1. Bu davrda Rossiya G‘arbiy Yevropa mamlakatlari va AQSh dan
iqtisodiy jihatdan orqada qolayotgan edi: 1860-yili Rossiya Fransiyadan 7,2
barobar, Germaniyadan 9 barobar, Angliyadan 18 barobar kam sanoat
mahsuloti ishlab chiqarardi. Shu sababli rus tovarlari Yevropa
bozorida
raqobatga bardosh bera olmas edi.
2. 1853-1856-yillardagi Qrim urushida Rossiyaning mag‘lubiyatga
uchrashi natijasida Bolqon va Kichik Osiyo yo‘nalishida mustamlakachilik
siyosatini vaqtinchalik to‘xtatishga majbur bo‘ldi. Bu esa mustamlaka ob’ekti
sifatida O‘rta Osiyoning ahamiyatini yanada oshirdi. Ikkinchi tomondan,
urushda Angliyaning Turkiya tomonidan turib Rossiyaga qarshi urushganligi
uchun O‘rta Osiyoni bosib olish orqali Hindiston chegaralariga yaqinlashish
hamda Angliyaga siyosiy ta’sir etish.
3. 1861-1865-yillardagi fuqarolar urushi natijasida Amerika paxtasining
Yevropa va Rossiyaga kelmay qolishi Rossiya yengil to‘qimachilik sanoatini
qiyin ahvolga solib qo‘ydi. Natijada Rossiyaning tajovuzkorlik harakati
tezlashdi.