Xonliklarning rossiya imperiyasi tomonidan bosib



Yüklə 285,81 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/7
tarix21.04.2023
ölçüsü285,81 Kb.
#106599
  1   2   3   4   5   6   7
9-MAVZU NAZARIY-HSM O\'zbTarix



HISOB
O‘ZBEKISTON 
TARIXI
HSM 
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI 
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI 
UNIVERSITETI 

9-MAVZU 
OʻZBEK 
XONLIKLARNING 
ROSSIYA IMPERIYASI 
TOMONIDAN BOSIB 
OLINISHI. 
MUSTAMLAKACHILIK 
ZULMIGA QARSHI 
MILLIY OZODLIK 
HARAKATI. 
JADIDCHILIK 
 
Asosiy tushuncha va iboralar: 
avtarkiya; bosib olish; mustamlakachilik; 
mustamlaka; metropoliya; protektorat; jadidchilik; temiryoʻl tizimi; telegraf; 
telefon; konka. 
9.1. Rossiya imperiyasi tomonidan O‘rta Osiyoni bosib olish uchun 
istilochilik harakatlarining boshlanishi 
Rossiya Imperiyasining O‘rta Osiyoni bosib olish harakatlari XVIII asr 
boshlaridan boshlanadi. Dastlabki harakatlar Pyotr I zamonida, 1714-1717-
yillarida boshlangan edi. Shu maqsadda 1714-yili Preobrajinskiy polkining 
poruchigi knyaz Aleksandr Bekovich-Cherkasskiy boshchiligida yuborilgan 
ekspeditsiya Kaspiy dengizining sharqiy qirg‘oqlarini o‘rganib, Krasnovodsk 
qo‘ltig‘ida istehkom qurishi, Xiva xonligiga yetib borib xonni rus fuqaroligiga 
o‘tishga undashi, undan Buxoroga o‘tib Amirni ham Rossiya panohiga o‘tishga 
ko‘ndirishi kerak edi. Amalda ekspeditsiya Krasnovodsk qo itig ‘ida 3 ta 
istehkom qurdi. Rus askarlarining ko‘pchiligini bezgak kasalligi bilan qirilib 
ketishi natijasida ekspeditsiya 1716-yili Astraxanga qaytib ketishga majbur 
bo‘ldi. 
1717-yilda Bekovich-Cherkasskiy boshchiligida yangi tuzilgan 
ekspeditsiya Orol dengizining G‘arbiy sohili bo‘ylab Amudaryo orqali Xivaga 
yetib, Sherg‘ozixon bilan muzokaralar olib boradi. Sherg‘ozixon hiyla ishlatib 
NAZARIY 
BILIMLAR


HISOB
O‘ZBEKISTON 
TARIXI
HSM 
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI 
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI 
UNIVERSITETI 

ekspeditsiya a’zolarini qirib tashlaydi. Shunday qilib, Pyotr I ning O‘rta Osiyoni 
bosib olishdagi maqsadlari uning umri davrida amalga oshirilmaydi. Shu 
davrdan boshlab O‘rta Osiyoga boradigan asosiy yo‘llar bo‘ylab harbiy qal’alar 
qurila boshlanib, Rossiya Imperiyasi chegarasi xonliklarga yaqinlashib bordi. 
1718-yilda Irtish daryosi bo‘yida bunday istehqomlardan yettitasi qurib qurildi. 
Rossiya Imperiyasining keyingi hukmdorlari to XIX asming ikkinchi 
yarmigacha asosan o‘zining elchilarini, josus-sayohatchilarini yuborish orqali 
O‘rta Osiyoning tabiatini, boyliklarini, harbiy va iqtisodiy imkoniyatlarini 
o‘rganishga kirishadi. Birgina Nikolay I (1825-1855) va Aleksandr II podsholigi 
(1855-1881) davrida Qozog‘iston hududlarida 103 ga yaqin harbiy qal’alar, 
tayanch punktlari qurildi. 
1840-yilning noyabrida Orenburg gubematori general mayor V. 
A.Perovskiy 2 ta zambarak, 40 ta arava, besh ming tuyadan iborat harbiy qism 
bilan Xivaga qarshi yurish boshlaydi. Biroq, cho‘ldagi qattiq sovuqlar, kiyim-
kechak, suv yetishmasligi natijasida kasallik ko‘payadi va bu yurish ham 
natijasiz tugaydi. Bundan buyon Rossiya xonliklar bilan josuslik yo‘lida 
diplomatik va savdo aloqalarini kuchaytirishga harakat qila boshlaydi. 
Bu davrda yirik mustamlakachi davlat hisoblangan Angliya ham O‘rta 
Osiyo hududiga qiziqish bildira boshlaydi. Angliya hukumati Buxoro, Xiva va 
Qo'qon xonliklarini Rossiyaga qarshi ittifoqqa uyushtirishga harakat qildi. Shu 
maqsadda 1825-1845- yillarda Angliya hukumati tomonidan Hindistondagi Ost-
Indiya kompaniyasi orqali bir necha missiyalar yuborildi. Ular Xiva xoni va 
Buxoro amiri huzurida bo'lib, Rossiya tajovuzidan saqlanish uchun uchala 
xonlik bir-birlariga yordamlashishini, kuchlarni birlashtirishni, ittifoq tuzishni 
taklif qilib, rus qo'shinlariga qarshi kurashish uchun qo'shin bilan yordam 
berishga va’da qiladilar. 
Inglizlaming O'rta Osiyoda jiddiyroq siyosat yuritishiga Afg'oniston xalaqit 
berardi. Buyuk Britaniyaning O'rta Osiyoga kirish va uni egallashga intilishi 


HISOB
O‘ZBEKISTON 
TARIXI
HSM 
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI 
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI 
UNIVERSITETI 

Rossiyani tashvishga soldi. U xonliklarga bevosita chegaradosh bo'lganidan 
foydalanib, harbiy harakatlarni boshlab yubordi. Rossiya Imperiyasining O‘rta 
Osiyoni tezroq egallashdan asosiy maqsadlari quyidagilar edi: 
1. Bu davrda Rossiya G‘arbiy Yevropa mamlakatlari va AQSh dan 
iqtisodiy jihatdan orqada qolayotgan edi: 1860-yili Rossiya Fransiyadan 7,2 
barobar, Germaniyadan 9 barobar, Angliyadan 18 barobar kam sanoat 
mahsuloti ishlab chiqarardi. Shu sababli rus tovarlari Yevropa bozorida 
raqobatga bardosh bera olmas edi. 
2. 1853-1856-yillardagi Qrim urushida Rossiyaning mag‘lubiyatga 
uchrashi natijasida Bolqon va Kichik Osiyo yo‘nalishida mustamlakachilik 
siyosatini vaqtinchalik to‘xtatishga majbur bo‘ldi. Bu esa mustamlaka ob’ekti 
sifatida O‘rta Osiyoning ahamiyatini yanada oshirdi. Ikkinchi tomondan, 
urushda Angliyaning Turkiya tomonidan turib Rossiyaga qarshi urushganligi 
uchun O‘rta Osiyoni bosib olish orqali Hindiston chegaralariga yaqinlashish 
hamda Angliyaga siyosiy ta’sir etish. 
3. 1861-1865-yillardagi fuqarolar urushi natijasida Amerika paxtasining 
Yevropa va Rossiyaga kelmay qolishi Rossiya yengil to‘qimachilik sanoatini 
qiyin ahvolga solib qo‘ydi. Natijada Rossiyaning tajovuzkorlik harakati 
tezlashdi. 

Yüklə 285,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə