9.7. Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi davrida Turkistonda
aloqa tizimi
XIX asrning ikkinchi yarmida Oʻrta Osiyoni Rossiya imperiyasi tomonidan
bosib olinishi, Turkiston general-gubernatorligi va Turkiston harbiy okrugining
tashkil etilishi, ushbu hududlarning taraqqiyot yoʻlini ochib
berdi, iqtisod va
ma`lumotlar almashish ishlari hamda elektr aloqa sohasining rivojlanishiga
asos boʻldi.
Turkistonda iqtisodiy munosabatlari bilan ajralib turgan aholi yashash
punktlari bilan shaharlari oʻrtasida yangi pochta traktlari qurildi. Pochta alo
qa
tarmogʻi asosan shaharlarni qamrab oldi, shaharlarda pochta qutilari oʻrnatildi,
lekin qishloq joylarida pochta xizmatlari deyarli yoʻq edi. Viloyatlardagi ayrim
joylari gubernatorlar pochtasidan foydalanmaslik maqsadida, viloyat idoralari
bilan pochta
korrespondensiyalarini almashib turish maqsadida oʻzlarining
pochta boʻlimlarini ochishga majbur boʻldilar. Pochta xizmatlarini koʻrsatish juda
past darajada edi: korespondensiya juda kech muddatlarda egalariga yetkazib
berilgan, yetqazish yoʻllari orqali yurishda koʻp qiyinchiliklar mavjud edi.
Shuning uchun pochtani joylarga yetkazish maqsadida asosan otli, tuyali
aravalardan foydalanilgan.
HISOB
O‘ZBEKISTON
TARIXI
HSM
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
UNIVERSITETI
19
Aravalar orqali yuborilayotgan korrespondensiyalarning maxsusligi,
muhimligi va qiymatiga qarab, 2 tadan 10 tagacha qurollangan soqchilar
aravalarni qoʻriqlab borishgan. Bu xizmat turi bilan 1865
- yildan 1888- yilgacha
pochta aloqa xizmatlari koʻrsatilgan. Oʻzbekiston hududida, 1888
- yildan
boshlab, pochta aloqasi temir yoʻl transporti orqali amalga oshirilgan.
Pochta aloqa xizmati rivojlana boshlagan bir vaqtlarda bosqichma-
bosqich telegraf aloqasi ham rivojlana boshladi. 1873- yil iyun oyida
Turkistonda Toshkent-
Orenburg yoʻnalishi boʻyicha birinchi xalqaro telegraf
aloqasi ishga tushirildi. 1876- yilda Turkistonning katta shaharlaridan:
Samarqandda, Yangi Margʻilonda, Kattaqoʻrgʻonda telegraf aloqasi tashkil
etildi. 1884-1900- yillarda Buxoro amirligi va Xiva xonliklarida ham telegraf
liniyalari ochildi. 1901-
yilda Qoʻqon
-Andijon, Namangan-Chust shaharlari
oʻrtasida
telegraf aloqa liniyalari ishga tushirildi.
Telegraf aloqasi rivojlanayotgan bir vaqtda aloqa uskunalarini oʻrtanish
imkoniyatiga ega boʻlmagan togʻliklarda hamda bir
-birlari bilan kesishgan
vodiylarda aloqaning boshqa turidan-geliografikaloqadan foydalanish
imkoniyatlari ochildi. Mazkur aloqa xizmati faqat bir-
birini toʻgʻridan
-
toʻgʻri
koʻrish imkoniyatlari boʻlgan vaqtlarda, ya`ni bahor
-
yoz oylarida qoʻllanilgan.
Chunki shu aloqa xizmatini tashkil etish uchun kunduz kunlari quyosh nuridan,
kechalari esa ochiq alanga yoki oyning yoruqlik nurlaridan foydalanilgan.
Morze telegraf alfavitiga monand boʻlgan yoruqlik dastasi 60 vyorst
masofagacha boʻlgan maxsus aylanma uskunasiga oʻrnatilgan oynalar yoki
oynaga tushyotgan tasvirlar orqali yuborilgan.
Turkistonda
iqtisodiyotning sezilarli oʻsishi, shaharlarda sanoat, bank
-
moliyaviy tashkilotlari, tijorat korxonalari faoliyat koʻrsata boshlashi oʻlkada
shahar va shaharlararo telefon aloqasining asta-sekin rivojlanishigakatta asos
boʻldi. 1887
-
yilda Okrug boshligʻi
xonadoni bilan Toshkent pochta-telegraf
idorasi oʻrtasida telefon aloqasi tashkil etildi.
HISOB
O‘ZBEKISTON
TARIXI
HSM
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
UNIVERSITETI
20
1891-
yil iyulda Turkiston pochta-
telegraf okrugi boshligʻi bilan Turkiston
general-
gubernatori oʻrtasida gʻaznadagi mablagʻlar hisobidanToshkent telefon
tarmogʻini tashkil etish boʻyicha muzokaralar boʻlib oʻtdi va 1891
-
yilda
Toshkent shahrida umumiy foydalanish imkoniyatlarini beruvchi telefon
tarmogʻi tashkil etildi. Shu tufayli, 1901
- yilga kelib, Toshkentda telefonaloqasi
xizmatidan foydalanuvchilar soni 55 nafarga etdi.
1904- yil 7- sentabrda 200 raqamli “Simens va Galske” tizimidagi birinchi
qoʻl bilan boshqariladigan telefon stansiyasini ekspluatatsiyaga qabul
qilishboʻyicha kerakli hujjatlar imzolandi. 1904
-
yilga kelib, Toshkent shahrida
birinchi davlat telefon stansiyasi ishga tushirildi.
Toshkent shahridan keyin shunday telefon stansiya Samarqand shahrida
qurildi. 1907-
yilda esatelefon tarmogʻida va telefon apparatlarda boʻlayotgan
nosozliklarni bartaraf etish uchun Toshkent shahrida shaxsiy telefon
ustaxonasi ochildi. 1895-
yilda Xiva xoni Muhammad Rahimxonning
topshirigʻiga koʻra, Xiva shahrida birinchi shaxsiy telefon stansiyasi ishga
tushirildi. Ushbu qoʻl bilan boshqariladigan stansiya 20 nomerli boʻlib, mahalliy
batareyali, “Eriksson” Shved firmasi tomonidan ishlab chiqilgan edi. 1917-
yilga
kelib, Xiva shahrida 100 ga yaqin telefon nomerlaridan foydalanish
imkoniyatlari ochildi.
1901- yil 26- iyulda Turkiston Ichki ishlar vazirligi tomonidan xususiy
tadbirkorlarga shahar telefon stansiyalarini qurish, ishga tushirish va
ekspluatatsiya qilish huquqi berish haqidagi farmoyishi imzolandi. 1914- yilga
kelib, Toshkentda 942 abonent va 5 telefon-
avtomat boʻlib, telefon
-avtomatlar
yuqorida koʻrsatilgan joylardan tashqari, Tovar idorasiga ham oʻrnat
ildi.
1915-
yilda shahar eski chegarasini telefon aloqasi bilan ta`minlash maqsadida
qoʻshimcha telefon stansiyasi qurildi.
XX asr birinchi yarmiga kelib, telegraf aloqasi xizmatini koʻrsatayotgan
korxonalar aholi tomonidan tushayotgan oddiy buyurtmalarni ham bajara olmay
HISOB
O‘ZBEKISTON
TARIXI
HSM
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
UNIVERSITETI
21
qoldilar. Oʻsha davrda oʻlkaning har bir aholisiga oʻrta hisobda 0,25 ta
telegramma toʻgʻri kelib, ushbu koʻrsatgichni Markaziy yevropa regionlaridagi
koʻrsatgichlar bilan taqqoslaganda, ancha miqdorda kam edi. Katta hududlar,
jumladan, Qo
raqalpogʻiston, Qashqadaryo, Surxandaryoda yashayotgan aholi
telefon aloqasi xizmatidan foydalanish imkoniyatiga ega emas edi
1917- yil boshlarida 10 ta ishlayotgan telefon stansiyalaridan 9 tasi
xususiy shaxslarga tegishli boʻlib, ular asosan aloqa xizmat
laridan tijorat
ishlarini olib borishda foydalanishgan. Oʻrtacha hisobda, bitta telefon aloqa
stansiyasi 6400 kv.km maydonda istiqomat qilayotgan 150 minggacha boʻlgan
aholiga xizmat koʻrsata olgan.
Dostları ilə paylaş: |