9.5. Turkiston xalqlarining Rossiya imperiyasi mustamlakachilik
siyosatiga qarshi milliy-ozodlik harakati
Turkistonni Rossiya Imperiyasi tomonidan bosib olingach, uning siyosiy,
iqtisodiy, ma’naviy-madaniy hayotida ma’lum o`zgarishlar amalga oshirildi.
Rossiya Imperiyasining mustamlakachilik siyosati unga qarshi xalqning
noroziligi oshib borishiga, isyon va qozgʻolonlar koʻ
tarilis
higa sabab boʻldi.
1880-1883-
yillarda Xoʻjand, Oʻratepa, Namangan, Oʻsh va Chustda koʻtarilgan
qozgʻolonlar bunga misol bola oladi. Manbalarda 1885
-1892-
yillarda Fargʻona
viloyatida mahalliy xalqning 205 marta norozilik chiqishlari qayd etilgan.
Qozgʻolo
nlarning harakatlantiruvchi ijtimoiy asosini dehqonlar, shahar
hunarmand-
kosiblari, kambagʻallar tashkil etdi. Bu harakatlarda mahalliy
HISOB
O‘ZBEKISTON
TARIXI
HSM
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
UNIVERSITETI
12
ruhoniylar, ziyolilar va ba’zi boy zamindorlar ham ishtirok etdilar.
1892- yilning yozida Turkiston markazi Toshkentda tarixga “Vabo isyoni”
yoki “Toshotar voqeasi” sifatida kirgan qozgʻolon boʻldi. 1892
- yilning iyun oyida
Toshkentda vabo tarqaldi. Shahar ma’muriyati shoshilinch choralar koʻrdi.
Mustamlaka ma’muriyati tibbiyot nuqtai nazaridan togʻri boʻlgan tadbirlar
haqi
da aholi oʻrtasida tushuntirish ishlari olib bormadi, musulmonchilik odatlari,
marosim, qonun-qoidalarini hisobga olmadi. Va’da qilingan 4 ta yangi qabriston
oʻrniga faqat bittasi ochildi. Shaharning taniqli kishilaridan hisoblanmish
Aziziyor Eshon, Abdulq
osim xoʻja, bozor oqsoqoli Ziyomuhammad
boshchiligidagi mingga yaqin kishi shahar boshligʻi polkovnik S.R.
Putinsev va
eski shahar oqsoqoli Muhammad Yoqub oldiga adolat talab qilib bordilar.
Ammo ushbu amaldorlarning xalq talablarini mensimasligi, keskin norozilikka
sabab boʻldi.
Mashhur “Toshotar” voqeasi boshlanib ketdi. Oqsoqol otdan tushib
hokimning idorasiga qochib yashirindi. Polkovnik Putinsev esa oʻzining xalqni
tinchitishga urindi. Xalq undan oqsoqolni berishni talab qildi. Putinsev ham
muzokara oʻrniga kuch ishlatishni afzal koʻrib, toʻpponchasini gʻilofdan chiqarib
dagʻdagʻaga oʻtdi. Sabr kosasi toʻlgan olomon, uzoq oylab oʻtirmay, hokimga
hujum boshladi. Qurollangan soldatlar etib kelgach, isyonni bostirdilar. Natijada
koʻp kishilar halok boʻldi yoki yaralandilar. Qoʻlga olingan 60 kishi turli
muddatlarga qamoq jazosi va surgunga hukm qilindi.
Turkistonda koʻtarilgan ozodlik harakatining yana biri 1898
- yilgi Andijon
qozgʻolonidir. Qozgʻolonga Andijon yaqinidagi Mingtepa qishlogʻida yashovchi
Muha
mmad Ali Eshon boshchilik qildi. Qozgʻolonchilar Andijondagi
mustamlakachilarning harbiy gornizoniga bostirib kiradi va bu yerdagi qurol-
yarogʻlarni egallashadi. Yordamga yetib kelgan qoʻshinlar shaharni oʻrab olib,
qoʻzgʻolonni harbiy kuch bilan shafqatsi
zlarcha bostiradi.
Jazo qoʻshinlari Muhammad Ali Eshonni tutish uchun Mingtepaga bostirib
HISOB
O‘ZBEKISTON
TARIXI
HSM
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
UNIVERSITETI
13
kirdilar, uch soatcha otishma va tintuv oʻtkazdilar. Nihoyat, Eshon Arslonbob
yaqinidagi Toshkoʻprikda qoʻlga tushirildi. Eshon va uning muridlari, tanish
-
bilishlari, maslakdoshlariga nisbatan dahshatli qatagʻon uyushtirildi. Dukchi
Eshon osib oʻldirildi,
uning 45 nafar yordamchilari qatl etildi, 208 kishi Sibirga
surgun qilindi. Dukchi Eshon qozgʻoloni izsiz ketmadi. Butun Fargʻona
vodiysida mustamlakachilarga qarshi harakat davom etdi. Yakkatut,
Namangan, Beshariq, Margʻilon va boshqa tuman, qishloqlarda
mustamlakachilarga qarshi harakatlar boʻldi.
Rossiya imperatori Nikolay II 1916- yil 25- iyunda Turkiston, Sibir va
Kavkazdagi 19 yoshdan 43 yoshgacha boʻlgan erkaklarni front orqasidagi
xizmatlar uchun safarbar qilish togʻrisida farmon chiqardi. Turkisto
n general-
gubernatoriga zudlik bilan farmonni amalga oshirish buyurilib, Sirdaryo viloyati
zimmasiga 87 ming, Samarqandga 38 ming, Fargʻona zimmasiga 50 ming kishi
yuborish majburiyati yuklandi.
Oʻlkada safarbar qilinuvchilarning roʻyxatlari tuzila boshlan
di. Xalq bu
tadbirga “mardikorlikka olish” deb nom berdi. Mahalliy ma’muriyat
mardikorlikka chaqirishni boylik orttirish vositasiga aylantirdi. Boylarning
oʻgʻillari pul bilan qutulib qolar, hambagʻal oilalar esa yolgʻiz ogʻildan,
boquvchisidan ayrilar edi. Bu hol xalqning kuchli noroziligiga olib keldi. Iyul
oyida Xojand shahrida norozilik namoyishi boshlanib ketdi. Unga dehqonlar,
mardikorlar, chorakorlar, ayollar-jami 3000 dan ortiq kishi qatnashib, namoyish
“Mardikor bermaymiz!” shiori ostida oʻtdi. Pol
itsiya namoyishni bostirishga
kirishdi, ular ustiga tosh yogʻildi. Harbiy qismdan soldatlar etib kelib
politsiyachilar bilan birgalikda namoyishni bostirdi. Samarqand uezdining Urgut
qishlogʻida gʻazabga kelgan 2000 kishilik dehqonlar olomoni volost
boshqa
ruvining mahkamasi oldiga toʻplandi. Mahkama xodimlari kaltaklandi.
Oʻsha kuni Samarqand uezdining Siyob, Mahalla, Xoʻja Ahror va Angor
volostlarida ham namoyishlar boʻlib oʻtdi.
HISOB
O‘ZBEKISTON
TARIXI
HSM
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
UNIVERSITETI
14
11-
iyulda Toshkentda hunarmandlar, ishchilar, shahar hambagʻallari va
shahar
atrofidagi dehqonlar Beshyogʻochdagi politsiya boshqarmasi tomon yoʻl
oldilar. Namoyishchilar «bolalarimizni bergandan kora ozimiz olganimiz
yaxshiroq, podshoh oʻ lib ketsin» deya maydonni larzaga keltirib qichqirdilar.
Mahalliy aholi faollaridan Yolchi I
brohimov (konchi), Gʻulom Kamolov (gʻisht
teruvchi), ishchi ayol Zuhrabibi Musaeva va boshqalar xalqni podshoh
hukumatiga qarshi qat'iy kurash boshlashga da’vat etdilar.
Tez orada jazo qoshini etib keldi. Natijada ular 5 kishini otib oldirishdi, 15
kishi y
arador boʻldi. Noroziliklar Fargʻona vodiysida tobora kuchaya boshladi.
Gʻalayonlar Qoʻqon shahri, Kattaqorgʻon, Rishton qishloqlarida ham boʻlib otdi.
Ularning barchasi ayovsiz bostirildi. 9 iyul kuni Andijon jome masjidida podshoh
farmoni oqib eshittirildi. Aholi yashin tezligida maydonni toldirdi. Xalq
safarbarlikni bekor qilishni talab etdi. Politsiya va kazaklarga hujum boshlandi.
Jazolovchilar qozgʻolonchilarga oʻt ochib 3 kishini oldirib, 12 kishini yarador
qildilar.
1916-
yildagi qozgʻolonning eng kuchli nuqtasi Jizzaxda boʻldi. Shahar
aholisi 13- iyul kuni safarbarlikka chaqirilganlar royxatini talab qilib oqsoqol va
mingboshi mahkamasiga toplandilar. Oqsoqolni oʻldirib, mingboshi
mahkamasini vayron qildilar, royxatni topib olib yondirib tashladilar. Iyul oyiga
kelib butun Turkiston oʻlkasida harbiy holat e'lon qilindi. Jazo otryadlari va
mustamlakachi ma’murlarga juda katta huquq berildi. Qozgʻolonchilar safi
kengayib bordi. 18 iyul kuni Nazirxoʻja Eshon boshchiligida yangi shahar tomon
yurdilar. Ja
zo otryadi bilan qozgʻolonchilar oʻrtasida boʻlgan toqnashuvda ikkala
tomondan ham qurbonlar boʻldi.
Turkiston general-
gubernatori Jizzax qozgʻolonini bostirish uchun
polkovnik Ivanov boshchiligida oltita top va 13 ta rota askar, 300 kishilik kazak
otryadi
va 3 rota sapyorlarni safarbar etdi. Jazo I otryadi qozgʻolonni
shafqatsizlarcha bostirdi. Omon qolgan Jizzax aholisi jazirama choʻlga
HISOB
O‘ZBEKISTON
TARIXI
HSM
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
UNIVERSITETI
15
haydaldi. Jizzax ishi boʻyicha 1000 dan ortiq kishi hibsga olindi, 151 kishi sud
qilinib, turli muddatlarga qamaldi. 1916-
yilgi qozgʻolon butun Turkistonga
yoyildi, dehqonlar va kambagʻallar qozgʻolonni harakatga keltiruvchi asosiy
kuch boʻldi. Qozgʻolon bostirilgan boʻlsa
-da, mustamlakachilar ham anchagina
kuchlaridan ajraldilar. Shuning uchun ham, A. F. Kerenskiy “Urush frontlariga
yangi bir front-
Turkiston fronti qoʻshildi”,
- deb vaziyatga jiddiy baho bergan edi.
1916-
yil qozgʻoloni oʻlkadagi Rossiya Imperiyasi mustamlakachilik tizimining
yemirilayotganidan darak berardi.
Dostları ilə paylaş: |