HISOB
O‘ZBEKISTON
TARIXI
HSM
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
UNIVERSITETI
16
maktablari uchun darsliklar ham yaratganlar. Xususan, Saidrasul Aziziyning
“Ustozi avval” (1903), Munavvarqorining “Adibi avval” (1907), Abdulla
Avloniyning “Birinchi muallim”, “Ikkinchi muallim” (1912) darsliklari alohida
e’tiborga molikdir. Jadidlar yoshlarni chet ellarga oqishga yuborish tashabbusi
bilan chiqdilar. Boy tabaqaning ilgʻor vakillari
jadidlarning bu harakatini
ma’qullab tegishli mablagʻ bilan komaklashdilar. Koʻpgina umidli yoshlar
Germaniya, Misr, Turkiya va Rossiyaning markaziy shaharlariga oqishga
yuborildi. 1910-
yili Buxoroda mudarris Hoji Rafiy va boshqalar “Bolalar
tarbiyasi” xayriya jamiyatini tashkil etib, 1911-
yilda 15 ta, 1912-
yilda 30 ta
talabani Turkiyaga oqishga jo
ʻ
natdi. Jadidchilik Turkistonda madaniy-ma’rifiy
harakat sifatida rivojlandi va asosiy maqsadi milliy hayotni
zamonaviylashtirishga qaratildi. Bu jumladan quyidagilarni anglatar edi:
– xalq ta’limini isloh qilish;
– adabiyotni rivojlantirish;
– zamonaviy matbuotni yaratish;
– islom aqidaparastligi va mutaassibiikni rad etish;
– zamonaviy teatr va dramaturgiyani yaratish;
–
tarix fanini rivojlantirish va oʻzbek xalqining yangi tarixini yozish.
Jadidlar etiqodli, izchil va chinaham musulmonlar boʻlib,
hech mahal
Turkistonda islom dini arkonlarini taftish qilishni istamaganlar. Jadidlar islomni
har xil sohtaliklardan tozalab, haqiqiy dinni qaror toptirish va dunyoviy bilimlarni
egallash yoli bilan jamiyatda uning ta’sirini mustahkamlashga erishmoqchi
edilar. Jadidlarga mutaassib ruhoniylar qarshilik korsatdilar.
Jadidlarning xalqaro aloqalari keng qamrovli boʻlgan. Ular Rossiya,
Turkiya, Misr va boshqa mamlakatlardagi jadidchilik oqimlari dasturlaridan
xabardor boʻlganlar. Shu bilan birga, jadidlar milliy teatrga asos soldilar.
Munavvar qori rahnamoligida 1913-
yilda musulmon drama san'ati havaskorlari
jamiyati
–
“Turon” truppasi tuzildi. 1914-
yil 27-
fevralda Toshkentdagi “Kolizey”
HISOB
O‘ZBEKISTON
TARIXI
HSM
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
UNIVERSITETI
17
teatri binosida oʻzbek milliy teatrining 1
-
rasmiy ochilish marosimi boʻldi. Oʻsha
kuni sahnada Behbudiyning “Padarkush” pyesasi namoyish etildi.
Abduqodir Shukuriy, Mahmudxoʻja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Munavvar
qori va boshqalar kuch-
gʻayratlarini oʻz islohotchilik gʻoyalarini
aholi orasida
targʻib etishga qaratishdi. Qattiq qol senzuraga qaramasdan, ular oʻz gazet
a va
jurnallarini nashr eta boshlashdi. Turkistonda 1906-1908-
yillarda jadidlarning
“Taraqqiy”, “Shuxrat”, “Xurshid”, 1913-1917-
yillarda “Sadoi Turkiston”,
“Samarqand”, “Oyina”, “Turon”, “Buxoroi Sharif”, “Sadoi Fargʻona” va boshqa
gazetalari bosmadan chiqa boshladi.
Mustamlakachi ma’murlar jadidlar harakatini jilovlash choralarini kordilar.
Ular ustidan nazorat oʻrnatar, gazeta va jurnallarini man etib, nashriyotlarni
buzib tashlar, kitob dokonlari, qiroatxonalarni yopib tashlar edi.
Mustamlakachilarning
jadidlarga nisbatan qoʻllagan zoravonlik choralari ularni
ma’naviy-ma’rifiy islohotdan siyosiy qarshilik korsatish darajasiga kotarilishga
olib keldi. Jadidlar boy tarixiy merosida milliy gʻoya va milliy mafkura alohida
orin tutadi. Jadidchilik faqat mada
niy hodisa boʻlib qolmasdan, u, avvalo,
siyosiy hodisa ham edi. Milliy taraqqiyparvarlar oʻz faoliyatida davlat va uning
qurilishidan tortib, jamiyat va uning ma’naviy hayotigacha boʻlgan
barcha
masalalarni qamrab olishgandi.
XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Turkistonda maydonga kelgan
Jadidchilik madaniy-ma’rifiy, milliy, ijtimoiy-siyosiy harakat edi. U osib
mustamlakachilarga qarshi kotarilgan milliy-ozodlik harakatining mafkurasiga
aylandi. Xulosa qilib aytganda, XIX asrdagi parokandalik, uch xonlikdagi ozaro
notinchlik va mahalliychilik yurtimizni jahongir davlatlar iskanjasiga soldi.
Bosqinchilar uchun qulay zamin yaratdi. Natijada, XIX asrning ikkinchi yarmida
Rossiya imperiyasi Turkiston xalqlarini asoratga soldi. U oʻlkani siyosiy
-hududiy
jihatdan zabt etibgina qolmay, balki erksevar, zahmatkash xalqni ma’naviy-
ruhiy boysundirishga erishdi.
HISOB
O‘ZBEKISTON
TARIXI
HSM
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
UNIVERSITETI
18
Rossiya imperiyasi oʻlkani
Turkiston general
-gubernatorligi, Buxoro
amirligi va Xiva xonligidan iborat uch qismga boʻlib, tub aholi birligi va siyosiy
qudratini sindirish yolida barcha vositalardan foydalandi. Mustamlakachilar
Turkiston xalqlari turmushida nimaiki ularning istiqboliga toʻgʻanoq boʻlsa, ularni
ozodlik uchun kurashdan chalgʻitsa, hammasini qoʻllab
-quvvatlagan holda,
istiqlolga xizmat qiluvchi barcha intilishlarning payini qirqdilar. Rossiya
mustamlakachilarining ogʻir asorati sharoitida ham xalqimiz oʻzligini, milliy
qadriyatlarini, ma’naviyatini, madaniyatini, urf-odatlari va turmush tarzini saqlab
qola oldi.
Dostları ilə paylaş: