Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar kirish



Yüklə 2,63 Mb.
səhifə6/8
tarix23.02.2023
ölçüsü2,63 Mb.
#101375
1   2   3   4   5   6   7   8
Bir hujayralilar ya`ni soda hayvonlar dunyosi filogeniyasi

Oziqlanishi. Aksariyat infuzoriyalarda ovqat hazm qilish sistemasi mavjud va u ancha murakkab tuzilgan. Masalan, tufelkada tananing bir tomonida botiq joy bo’lib, u og’iz oldi maydonchasi yoki peristom deyiladi. Peristom orasida og’iz teshigi - sitostom joylashgan. Og’izdan so’ng nozik va kalta kanalcha ko’rinishdagi halqum - sitofarinks joylashgan. Infuzoriya yutgan oziq zarralari halqum asosiga kelganda, uning atrofida suyuqlik (hazm shirasi) bilan to’lgan pufakcha (vakuol) hosil bo’ladi. Oziq zarrasi ana shu pufakcha ichiga tushib, halqum asosidan o’zilib, vakuol bilan birga sitoplazma ichiga siljiydi. Oziqa zarrasi vakuol ichida hazm bo’lib, tanaga so’riladi. Qoldiq qattiq zarrali mahsulotlar esa vakuol bilan birga poroshisa deb ataluvchi maxsus teshikcha (sitoprokt) orqali tashqariga chiqarib tashlanadi. Qoldiq mahsulotlarni tashqariga chiqarib tashlash jarayoni defekasiya deyiladi. Turli infuzoriyalarda ovqat hazm qilish turlicha vaqt davom etadi. Tufelkada bu jarayon taxminan 1 soat davom etadi. Infuzoriyalarning ko’pchiligi bakteriyalar, chiriyotgan o’simlik qol-diqlari, bir hujayrali suv o’tlari bilan oziqlanadi. Ayrim infuzoriyalar faqat suv o’tlari bilan oziqlansa, ba’zi guruhlari yirtqichlik bilan oziqlanishga moslashgan. Shuning bilan birga ba’zi infuzoriyalarda ovqat hazm qilish sistemasi shakllanmagan. Shunga binoan bunday infuzoriyalar (so’ruvchi va parazit turlar) tayyor oziqani maxsus naychalari yoki butun tana sathi bilan so’rib oladi. Infuzoriyalar yashash joyining har xil omillariga nihoyatda sezgir bo’ladi. Bu omillar ularga yo ijobiy yoki salbiy ta’sir etadi. Infuzoriyalarning bu ta’sirlarga nisbatan javobi taksislar ko’rinishida bo’ladi. Masalan, suvda erigan kislorod miqdorining yetarli darajada bo’lishi bu hayvonlarni (shuningdek boshqa bir hujayralilarni ham) nafas olishi yaxshi bo’ladi. Bunga ishonch hosil qilish uchun tufelkali suv tomchisini mikroskopda ko’zatsak, qoplag’ich oyna tagida qolgan havo pufakchalari atrofida tufelka infuzoriyalarini to’planishini ko’rish mumkin. Bu holda suv tarkibidagi kislorod infuzoriyalarga ijobiy omil sifatida ta’sir etadi. Infuzoriyalar ham boshqa bir hujayrali hayvonlar singari noqulay muhitda sista hosil qiladi. Buning uchun ularning gavdasi yumaloqlanadi, kiprikchalarini tashlaydi, sitoplazma hisobidan gavda sirtiga suyuqlik ajralib chiqib qotadi va qattiq qobiqqa aylanadi. Qulay sharoit yuzaga kelganda, sistadan chiqib, aktiv hayot kechirishni davom ettiradi.

Yüklə 2,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə