Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. Qandli diabet diabet tiplarining fiziologik asoslari haqida


Diabetik mikro- va makroangiopatiya



Yüklə 66,92 Kb.
səhifə12/13
tarix02.03.2023
ölçüsü66,92 Kb.
#101783
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Qandli diabet tiplarining fiziologik asoslari.

Diabetik mikro- va makroangiopatiya — tomirlar o’tkazuvchanligining buzilishi, ularning sinuvchanligi oshishi, trombozlarga va ateroskleroz rivojlanishiga moyillik.

  • Diabetik polineyropatiya — ko’pincha ikki taraflama periferik neyropatiya ko’rinishida qo’l va oyoqning uch qismlarida boshlanadi. Og’riq va harorat sezishning pasayishi — neyropatik yara va jarohatlar rivojlanishida eng asosiy omildir. Sababi nerv to’qimalari oziqlanishi buzilishi. Sezgining buzilishi osonlikcha yuzaga keladigan jarohatlarga olib keladi. Nerv faoliyatini tiklash uchun tiokta kislotasi saqlagan preparatlar yordam beradi. U tanadagi uglevod va lipid almashinuvini tiklaydi va asab to’qimalarining fiziologik jarayonlari normallashtiradi.

  • Diabetik nefropatiya — buyraklarning shikastlanishi, dastlab mikroalbuminuriya, keyin proteinuriya ko’rinishida. Surunkali buyrak yetishmovchiligi rivojlanishiga olib keladi.

  • Diabetik artropatiya — bo’g’imlarda og’riq, «qarsillash», harakatning cheklanishi, sinovial suyuqlik miqdorining kamayishi va uning yopishqoqligi ortishi.

  • Gangrena — angiopatiya natijasida qon aylanishi buzilishi kuzatiladi. Uzoq vaqt davom etgan hollarda qo’l-oyoqlarda gangrenalar yuzaga kelishi mumkin. Bu qaytarilmas jarayon bo’lib, shikastlangan qism amputatsiya qilinishi talab etiladi.

    Qondagi yuqori glyukoza zarari Giperglikemiya qancha uzoq davom etsa, kasallik shuncha og’ir kechadi. Bu organizmni qondagi glyukoza miqdorini kamaytirish uchun qo’llaydigan mexanizmlari tufayli sodir bo’ladi, ular:

    1. Glyukozani yog’larga aylantirib saqlashi, natijada semirish yuzaga keladi;

    2. Hujayra qobig’ini «glikolizlash», ya’ni qobiq tarkibidagi oqsillarga qand aralashishi;

    3. Glyukozani sorbitol parchalash funkisyasi faollashishi. Buning natijasida zaharli moddalar paydo bo’ladi va nerv hujayralari shikastlanadi;

    4. Katta va kichik qon tomirlarini shikastlanishi. Bu oqsilning glikosilatsion progressiyasi va xolesterin to’planishi natijasida sodir bo’ladi. Natijada mikroangiopatiya yuzaga keladi.

    Shu tariqa kasallik vaqt o’tishi bilan deyarli barcha organlarning shikastlanishiga olib keladi.

    Yüklə 66,92 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə