Yalpi ichki mahsulotning tarkibiy tuzilishi


Yalpi talab va yalpi taklif modellari



Yüklə 492,39 Kb.
səhifə5/8
tarix18.05.2023
ölçüsü492,39 Kb.
#110974
1   2   3   4   5   6   7   8
Microsoft Word Document (14)

Yalpi talab va yalpi taklif modellari
Yalpi talab va yalpi taklif muvozanatligidan kelib chiqib uning turli xil yondashuvlar asos qilib olingan uchta modeli ajratiladi.

  1. Klassik model.

Bu modelning “klassik” deb nomlanishiga sabab shuki uning asosi klassik iqtisodiy maktab vakillari A. Smit, D. Rikardo, Dj. St Mill va J.B. Sey tomonidan ishlab chiqi­lgan. Ular muvozanatlik modelini faqat qisqa muddatli davr­da qarab chiqadi va qarashlarini quyidagilar bilan izohlaydi.

    • Talab hajmi har doim amalga oshiriladigan taklif haj­miga teng keladi. Uning asosida J.B. Seyning “bozor qonuni” yotadi, ya’ni tovarlar taklifi o‘zining xususiy talabini vujudga keltiradi yoki boshqacha aytganda, mahsulotning ishlab chiqarilgan hajmi barcha yaratilgan tovarlar qiymatiga teng daromadlarni (ularni to‘liq sotish uchun etarlicha bo‘lgan) avtomatik ravishda ta’minlaydi.

Sey fikricha, ijtimoiy mehnat taqsimoti sharoitida har bir ishlab chiqaruvchi o‘z tovarlarini o‘zida ishlab chiqaril­maydigan boshqa tovarlarni harid qilish uchun sotadi. Shunday ekan, u faqat sotilgan hajmdagi tovarlarni miqdorini harid qilishi mumkin. Shu sababli, talab har doim taklif hajmiga teng keladi. Bunday model uchta shartni taqozo qiladi:

  • olingan daromad to‘liq sarflanadi:

  • faqat o‘z pul mablag‘lari sarflanadi:

  • jamiyat bir vaqtda ham iste’molchi hisoblangan ishlab chiqaruvchilardan iborat bo‘ladi.

Biroq amalda har qanday iqtisodiyotda olingan daro­madning qandaydir qismi uning egasi tomonidan sarflanmaydi va jamg‘arma shaklini oladi. Bu yalpi talab hajmi va band­lik­ning tegishlicha qisqarishiga olib keldi. “Daromad -xarajat” oqimidan mablag‘lar bir qismining olib qo‘yilishi iste’mol­ning qisqarishiga va demak yalpi talab va yalpi taklif o‘rta­sidagi mavjud muvozanatlik buzilishiga olib keladi.
Shu sababli, klassik maktab vakillari to‘liq bandlik sharoitida daromad va xarajatlar tengligini avtomatik ravishda ta’minlaydigan umum iqtisodiy muvozanatlikning etarlicha asosli nazariyasini ishlab chiqdi. Klassiklar fik­richa, moslashuvchan miqdorlar hisoblangan foiz stavkasi, ish haqi, narx darajasi kapital, ish kuchi, pul bozorida talab va taklif muvozanatligini ta’minlaydi. Muomaladagi pul massasining ortishi esa tovar va xizmatlar real oqimida hech narsani o‘zgartirmaydi, faqat miqdorlar nominal qiymati o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatadi.
Agar pul foiz keltirsa daromadlarning bir qismi likvidli (tez sarflanuvchi) shaklda saqlanmasdan qimmatli qog‘ozlarga yoki bank tizimiga jamg‘arma sifatida joylash­tiriladi. Foiz olish maqsadida qo‘yilgan pul odatda inves­titsiyalar manbai hisoblanadi. Agar jamg‘armalar investitsiya qilinmasa, yalpi talab va yalpi takliflar o‘rtasidagi muvoza­natlik buzilmaydi.
Klassik modelning asosiy qoidalaridan ko‘rinib turib­diki, bozor iqtisodiyotini harakatlantiruvchi mexanizm
daromad jamg‘arma investitsiya” zanji­rida namoyon bo‘ladi, daromadlar o‘sishi jam­g‘armaning o‘sishini rag‘­bat­lantiradi hamda investittsiyaga aylanib, ishlab chiqarish hajmi va bandlikni oshiradi. Natijada daromadning umumiy miqdori yana ortadi va bu jamg‘armani kupaytiradi va h.k.
Agar bozor tartibga solish mexanizmiga ega bo‘lsa, davlat iqtisodiyotiga aralashmaslik siyosatini qo‘llab iqtisodiy faollikka ta’sir ko‘rsatishdan o‘zini saqlaydi.

    • Klassiklar fikricha, iqtisodiyot ishlab chiqarish omil­lari to‘liq bandligi sharoitida faoliyat qiladi. Shu sababli ishlab chiqarish hajmi o‘zining potentsial darajasiga teng keladi;

    • Narx, foiz stavkasi va ish haqi moslashuvchan bo‘lib, ular­ning o‘zgarishi bozor muvozanatini saqlab turadi;

    • Ishlab chiqarish omillari miqdori sekin o‘zgarishi sa­babli, to‘liq bandlik sharoitida yalpi taklif real ishlab chiqa­rish hajmini, yalpi talab esa narx darajasini belgilaydi.


Yüklə 492,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə