Yaponiya va xitoyning eng yangi iqtisodiy tarixi (XX asr) ■



Yüklə 366,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/11
tarix16.02.2023
ölçüsü366,83 Kb.
#100940
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
15-MAVZU. YAPONIYA VA XITOYNING ENG YANGI IQTISODIY TARIXI (XX ASR)

16.4.
 
Tashqi iqtisodiy aloqalar
 
Yaponiya tashqi savdoga o'ta bog'liqdir. Uning sanoati qayta ishlaydigan deyarli barcha 
xom ashyo, Yaponiya iste'mol qiladigan deyarli barcha yoqilg'i import qilinadi. Undan tashqari 
Yaponiya o'ziga kerak oziq-ovqat mahsulotlarining bir qismini ham olib kiradi. Bularning 
hammasi uchun haq to'lash uchun juda ko'p eksport qilish zarur. Yaponiya esa uncha ko'p eksport 
qilmaydi - YaMMning 13% hajmida. Yaponiya asosiy iqtisodiy ko'rsatkichlar bo'yicha kapitalistik 
dunyoda 2-o'rinni egallagan bo'lsa, eksport bo'yicha 3-o'rinni egallaydi. Rivojlangan kapitalistik 
mamlakatlarning sanoat mahsulotlarining 18% Yaponiyaga to'g'ri keladi, yalpi eksportning esa 
13%. 
Amerika okkupatsiyasi davrida o'rnatilgan munosabatlar natijasida AQSh Yaponiyaning 
asosiy savdo hamkori bo'ldi: AQShga 25-30% tashqi savdo to'g'ri keladi. Hozirgi vaqtda AQSh 
yapon tovarlarini kirib kelishini qisqartirish niyatida bo'lganligi sababli, Yaponiya tashqi savdo 
yo'nalishlarini o'zgartirish bilan shug'ullanmoqda. Xususan, Rossiya bozoriga katta qiziqish 
bildirmoqda. 
Urushdan keyingi davrda kapital eksporti kichik edi. XX asr 80- yy. boshlarida xorijiy 
kapital qo'yilmalar hajmi bo'yicha Yaponiya 5-o'rinni egallar edi. Kapital asosan yapon tovarlarini 
sotib olish uchun beriladigan zayom ko'rinishida amalga oshiriladi, ox- irgi vaqtlarda esa Yaponiya 
xorijdagi xom ashyo manbalarini o'zlashtirishga kapital qo'ya boshladi. Yaponiyada xorijiy kapital 
qo'yilmalar ham uncha katta emas: chet elliklar qo'lida Yaponiya aksioner kapitalining 4%dan kam 
miqdori mujassamlashgan. Bu Yevropa mamlakatlarinikidan ko'ra bir necha barobar kichikdir. Bu 
hol Yaponiya uzoq vaqt davomida AQShga bog'liq bo'lganligi, u tomondan okkupatsiya 
qilinganligini e'tiborga olgan holda ajablanarlidir. Urushdan keyingi birinchi yillarda amerika 
korporatsiyalari tabiiy resurslari yo'q mamlakatni iqtisodiyotini tikla- nishiga kapital sarflashga 


17-MAVZU. XITOYNING ENG YANGI IQTISODIY TARIXI (XXASR)
7
shoshilmadi. Yapon korporatsiyalari amerika yordamisiz oyoqqa turdi. Yaponiyaning birinchi 
iqtisodiy yutuqlaridan so'ng amerika tadbirkorlari ushbu mamlakat bilan qiziqib qolishdi, lekin 
Yaponiya o'z sanoatini maxsus qonunchilik bilan himoya qilib bo'lgan edi. Keyinchalik 
liberallashtirish e'lon qilindi - xorijiy kapitalni yapon sanoatining bir qator tarmoqlariga 
sarflanishiga ruxsat berildi. Lekin, ushbu tarmoqlarda yapon korxonalarining holati shu daraja 
kuchli ediki, chet elliklar bu tarmoqlarda hech narsaga erisha olishmadi. 

Yüklə 366,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə