17-MAVZU. XITOYNING ENG YANGI IQTISODIY TARIXI (XXASR)
12
edi. O'zini-o'zi ta'minlash, o'ta past darajadagi turmush darajasi.
2)
davlat xo'jaligi, u yirik kapital qo'yilmalardan tashqari, deyarli tekin mehnat ("inson
kapital qo'yilmalari") hisobiga rivojlandi. Tabiiyki, bu ishlab chiqarish ichki bozorga emas, balki
eksportga va davlat iste'moliga yo'naltirilgan edi.
Lekin iqtisodiy ehtiyojlar ushbu sxemadan chetlashishga majbur etardi. 70-yy. o'rtalariga
kelib mehnatga qarab haq to'lash tamoyili yana tan olina boshlandi. Dehqonlarga bozorda tomorqa
xo'jaliklarida etishtirilgan mahsulotlarni sotishga ruxsat berildi. Ba'zi joylarda xo'jaliklarni
boshqarishga omilkor odamlar qo'yildi.
Misol uchun, Anshan metallurgiya kombinatida
elektromotor nima ekanligini bilmaydigan, po'lat bilan cho'yanni farqlay olmay
digan bir necha
rahbarlar ishdan olinganligi yirik yutuq sifatida e'lon qilindi.
Yerga ishlov berishdagi tajribalar natijasida ekin maydonlari qisqardi. Oziq-ovqat talonlar
orqali cheklangan miqdorda taqsim- lanar edi. Inson oyiga talon bo'yicha 15 kg don mahsulotlari
olar edi. Pekinda bu asosan un va guruch edi, provinsiyada tariq, xitoy qo'nog'i, jo'xori "ikkinchi
kategoriyadagi donlar" hisoblanar edi. Pekin
aholisi imtiyozli holatda edi, lekin ularning
ko'pchiligi ham go'sht va sut olishmas edi.
Xitoyda ancha vaqtdan beri uyjoy qurilishi amalga oshirilmas edi,
shu sababdan bir
odamga to'g'ri keladigan yashash maydonining me'yori 4 kv.m edi, lekin real hayotda ushbu
ko'rsatkich 1.5 kv.m. edi.
Dostları ilə paylaş: