Yosh fiziologiyasi va gigienasi fanining vazifasi, mazmuni, ahamiyati va tarixi



Yüklə 190,35 Kb.
səhifə22/57
tarix12.04.2023
ölçüsü190,35 Kb.
#105313
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   57
Yosh fiziologiyasi va gigienasi fanining vazifasi, mazmuni, aham

Bosh miya katta yarim sharlari ikkita yarim sharlardan iborat bo`lib, bosh miyaning eng rivojlangan qismidir.
Ikkita yarim shar o`zaro qadoqsimon tana yordamida birikadi. Yarim sharlarning yo`zasida juda ko`p po`shtalar va egatchalar bor. Miya yarim sharlari katta egatchalarining peshona, tepa, ensa va orolcha kabi bo`laqlari bor. Miya yarim sharlari muhim egatchalaridan biri Sil`viev egatchasi,

ikkinchisi Roland, ya`ni markaziy egatcha hisoblanadi. Miya yarim sharlarida qurish, eshitish, teri, sezish, hid bilish va ta`m bilish, nuprsh eshitish, Nutqharakati va nutq ko`rish analizatorlarining oxirgi asab markazlari, markazga intiluvchi harakat asablari markazlari joylashgan. Bosh miyaning egat va po`shtalari bir vaqtda rivojlanmaydi. Bola turilgandan keyin yarim sharlarning egat va po`shtalari kattalarnikiga o`xshasada, chuqur bo`lmaydi. Bola tug`ilgandan so`ng peshona bo`lagi kattalashadi. Bola hayoti davomida miya yarim sharlarining massasi va sathi bosh miyaga nisbatan o`zgarib boradi. Bosh miya katta yarim sharlarining vazni odam bosh miyasi vazning 78-80% tashkil qiladi. U ikki qavatdan iborat: 1) kulrang moddadan tashkil topgan tashqi po`stloq qavat; 2) oq moddadan tashkil topgan ichki qavat.


Bosh miya yarim sharlari po`stloq qavat kalinligi 4-4,5 mm, yo`zasi 220000 mm2. Bosh miya yarim sharlar po`stlori filogenezda eng so`nggi, demak eng yosh miya bo`laqlaridan hisoblanib sut emizuvchilarda, ayniqsa odamlarda juda yaxshi rivojlangan bo`ladi. Miya po`slog`i mikrosqopda tekshirilganda undagi asab hujayralari olti qavat bo`lib joylashganligi aniqlangan: 1-qavatda asab hujairalarining kalta o`simtalari; 2-kvadratda donasimon asab hujayrali joylashgan; 3-qavatda piramidasimon hujayralar bo`ladi; 4-qavatda yo`lduzsimon tuzilgan asab hujayralari; 5-qavatda yirik piramidasimon hujayralari; 6-qavatda dusimon asab hujayralari joylashgan. Miya po`stlog`ining turli qismlarida joylashgan asab hujairalarining funktsiyasiga ko`ra po`stloq sathi uchta zonaga bo`linadi: sezish, harakat va assotsiativ zonalar. Sezish zonalarida joylashgan asab hujayralari to`plami odam tanasining barcha sezish organlarining oliy markazi hisoblanib, bo`lar teri, ko`rish, eshitish, hid va ta`m bilish kabi sezish organlarining retseptorlaridan impul`slarni qabul qiladi. Miya po`stlog`ining harakat zonalaridagi asab hujayralari to`plami mushaqlar, paylar, bo`g`imlar, suyaqlarning retseptorlaridan impuls qabul qilib, harakatni boshqaruvchi oliy asab markazi vazifasini bajaradi.
Assotsiativ zonalar sezish va harakatlanish organlaridan kelgan ta`sirni analiz va sintez qiladi. Bosh miya yarim sharlari po`stloq qismi odam oliy asab faoliyatining fiziologik asosi, psixik faoliyatimizning moddiy negizidir. Odamning fikrlash, ong, o`zlashtirish, eslab qolish, muomalasi, madaniyati, bilim olish, hunar o`rganish, murakkab harakatlarni bajarish qobiliyati miya po`slog`i faoliyatidir.
Miya po`slog`ining turli qismlarida har xil funktsiyalarni boshqaruvchi asab markazlari joylashgan. Po`stloqning ensa qismida qurish, chakkada eshitish, peshanada, ichkari sohasida hid sezish, tepa qismida harakat markazlari joylashgan. Ya`ni, shuni ta`kidlash kerakki, har bir organ ish faoliyatining muhimligiga qarab uning markazining miya po`slog`ida egallagan o`rni har xil bo`ladi. Masalan qo`l panjasi odamning kundalik hayotida juda ko`p vazifani bajaradi, shuning uchun uning harakatini boshqaruvchi asab markazi boshqa harakat markazlarining miya po`slog`idagi egallagan o`rniga nisbatan kattadir. Bundan tashqari, yarim sharlar po`slog`idagi asab hujayralarini orqa miya bilan tutashtiruvchi asab yo`llari bosh miyaning quyi qismida kesishadi. Buning natijasida chap yarim sharlardagi asab markazlari odam tanasining o`ng tomonidagi, o`ng yarim shardagi asab markazlari tananing chap tomonidagi to`qima va organlar ishini boshqaradi. Shunday qilib, bosh miya yarim sharlarining po`stloq qismida joylashgan oliy asab markazlari odam tanasining barcha tuzima va organlari ishini boshqaradi.
Bosh miya yarim sharlari po`slog`ining vazifalari quyidagi usullarda tekshiriladi:
1 ) shartli reflekslar usuli;
2) bosh miya biotoqlarini yozib olish usuli;
3) Bosh miyada qon aylanishi va moddalar almashinuvini tekshirish usuli;
4) bosh miyani bevosita kuchsiz elektr toqi yoki kimyoviy moddalar bilan ta`sirlash usuli;
5) miyaning turli qismlarini olib tashlash usuli.
SHartli reflekslar usulidan foydalanilganda quyidagi shart-sharoitlar bo`lishi kerak:
1) shartli ta`sirlovchi
2) shartli ta`sir shartsiz tasirdan oldin kelishi kerak
3) shartli va shartsiz ta`sirlar birga qo`llanilishi kerak (masalan chiroq va ovqat). SHartli ta`sirlovchi bilan shartsiz ta`sirlovchi bir necha marta ta`sir ettirilsa, odamning bosh miyasida ikkita markaz o`rtasida vaqtinchalik bog`lanish vujudga keladi.
Bosh miya biotoqlarini yozib olishda elektroentsefalograf asbobidan foydalaniladi. o`zgarish vaqtida tirik to`qimalarda sodir bo`ladigan elektrik o`zgarishlar, bioelektrik o`zgarishlar yoki hodisalar deb ataladi. Bosh miya biotoqlari nixoyatda kuchsiz bo`lgani uchun uni maxsus asboblarda 100 000, ba`zida 10 mln marta orttirib yozib olinadi.
Miyaning turli qismlarini olib tashlash usulida, miya bo`laqlarini jarroxlik usulida olib tashlab, organizmda kechadigan fiziologik o`zgarishlar ko`zatiladi.

Yüklə 190,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə