Yuldasheva Yulduz Ismatullaevna «samarqand shahar yo’lovchi transport tizimini loyihalashda transport harakatini prognoz qilishi va takomillashtirish»



Yüklə 5,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/32
tarix19.12.2023
ölçüsü5,46 Mb.
#150741
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   32
Yuldasheva Yulduz Ismatullaevna «samarqand shahar yo’lovchi tran

Shaharning transport infrastrukturasi quyidagilardan iboratdir

-aholini shaharning barcha rejaviy tarkiblariga borishini va zaruriy yuklarni 
tashishni ta’minlovchi ko’cha-yo’l tarmog’i (KYT); 
-ko’cha-yo’l tarmog’idan tashqari (yer osti va yer usti)dagi transport 
tarmog’i; 
-shahar rejaviy tarkibiga bog’langan tashqi (shaharlararo) transport; 
-transport xo’jaligiga xizmat qiluvchi inshootlar (transportlarni saqlash 
harakat tarkibini ta’mirlash parklari va depolari, yuklarni qayta ishlash tayanchlari 
yoki yuk tushirish maydonlari, energetika xo’jaligi, vokzallar va h.k.). 
Shaharning transport infrastrukturasi o’z tarkibiga quyidagilarni qabul 
qiladi: 
1.Barcha turdagi tashqi (shaharlararo) transport: -avtomobil yo’llari; -
temiryo’l; -suv transporti; -havo transporti; -tranzit quvur tarmoqlari. 
2.Barcha turdagi shahar transporti: 
a) shahar yo’lovchi transporti:-avtomobil (avtobus, mikroavtobus, shaxsiy 
avtomobillar);-relsli (tramvay);-elektr tarmoqli ko’cha (trolleybus);-monorelsli yer 
usti;-relsli yer osti;-relsli yer usti (elektrpoyezdlari);-suv transporti. 
b) shahar yuk tashuvchi transporti:-avtomobil;-relsli elektr (maxsus 
poyezdlar). 
v) shahar maxsus transporti:-sanitar-texnik;-tibbiy;-yong’inga qarshi va h.k. 


Piyodalarning yo’l o’tkazgich va tonnellar qurilgan joylarda tartibsiz 
yurishlarini kamaytirish maqsadida yo’lni o’qi bo’yicha yoki ajratuvchi polosada 
2-gruppa yo’l to’siqlarini yo’lning har ikki tomoniga 50-100 m masofaga (harakat 
miqdoriga qarab) o’rnatish zarur [25]. 
Aholi yashash joylarida va ularga kelishdagi yo’l qismlarida hisobiy harakat 
miqdori 4000 kelt.bir/sut va undan ortiq bo’lsa, yo’l poyi chegarasidan tashqariga 
joylashtirilgan holda piyodalar uchun yo’laklar qurilishi kerak. Yo’laklarni «SniP 
2.07.01-89» talablariga muvofiq loyihalash zarur. 
Avtomobil yo’li aholi yashash joyidan o’tgan sharoitda piyodalar harakatini 
tashkil etish maqsadida trotuar qurilishi ko’zda tutiladi. Trotuar enini ko’chaning 
darajasiga, qurilish harakteriga yo’lovchilarning soniga, hamda trotuar joylashgan 
machtalarning tayanchlari va daraxtlar mavjudligiga qarab belgilanadi. Trotuar 
enini hisoblashda yo’lovchining harakatlanishi uchun 0,75 m tasma kerakligi 
ko’zda tutiladi. 
Ko’chalarning umumiy eniga qarab turib trotuarlar quyidagicha 
joylashtirilishi mumkin: qatnov qismining yonida, ko’kalamzorlashtirilgan 
tasmalar oralig’ida, qatnov qismidan va binolardan ajralgan holda, binolar yonida, 
qatnov qismidan ko’kalamzorlashtirish tasmalari joylashtirib ajratilgan holda va 
h.k. 
Aholi yashash joylaridagi avtomobil yo’llarida velosipedchilarning 
harakatini tashkil qilish uchun alohida polosa belgilanadi, agarda transport 
vositalarining harakat miqdori 1000 avt/sut va velosipedchilarning soni sutkada 
100 ko’p bo’lsa, velosiped yo’lagi 10-jadvaldagi shartlar bo’yicha kurilishi ko’zda 
tutiladi. 
10-jadval 
O’rtacha yillik avtomobillarning 
harakat miqdori, avt/sut 
O’rtacha yillik 
velosipedchilarning harakat 
miqdori, vel/sut 
1500 gacha 
300 ko’p 
1500-2250 
225 


2250-3000 
170 
3000-4350 
120 
4250-7000 
65 
Velosiped yo’lagi ko’tarma poyi yonida yoki uning qiyaligidan tashqarida 
o’rnatiladi. Velosiped yo’lagi bilan avtomobil yo’li orasidagi ajratuvchi polosaning 
eni kamida 1,5 m bo’lishi kerak. Velosiped yo’lagini loyihalash uchun 11-
jadvaldagi me’yorlardan foydalaniladi. 
11-jadval 
№ 
Ko’rsatkichlar 
O’lchov 
birligi 
Tavsiya 
etilgan 
Eng kichik 

Tezlik 
km/soat 
25 
15 

Bir polosalik qatnov 
qismining eni 

1,0 
0,75 

Bir tomonga ikki polosalik 
qatnov qismining eni 

1,75 
1,5 

Ikki tomonga ikki polosalik 
qatnov qismining eni 

2,50 
2,50 

Yo’lak yoqasining eni 

0,25-0,30 
0,25-0,30 

Rejadagi egrilik radiusi 

75 
50 

Qabariq egrilik radiusi 

500 
400 

Botiq egrilik radiusi 

150 
100 

Maksimal bo’ylama nishablik 

60 
70 
10 
Ko’ndalang nishablik 

15-20 
15-20 



Yüklə 5,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə