Yuqori moleklyar birikmalar haqida asosiy tushunchalar Polimerlarning sinflanishi


Kimyoviy destruksiyalanish jarayonlari



Yüklə 345,5 Kb.
səhifə27/28
tarix05.06.2022
ölçüsü345,5 Kb.
#88902
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
YuMB savol-javob

Kimyoviy destruksiyalanish jarayonlari. Polimerlarning ximiyaviy destruktsiyasi , amalda katalizatorlar ishtirokida olib boriladi. Bunda muhit sifatida suv ishlatilsa , g i d r o l i t i k d e s t r u k ts i ya yoki g i d r o l i z deb ataladi . Gidroliz jarayonida uglerod-getiroatom bog’ining uzilgan joyiga suv molekulasi birikib oladi. Agar destruktsiya reaktsiyalari spirt ishtirokida borsa , jarayon a l k o g o l i z, muhit sifatida kislota ishlatilsa a ts i d o l i z deb ataladi . Bu jarayonlar ichida katta amaliy ahamiyatga ega bo’lgani gidroliz reaktsiyasidir.
Gidroliz. Ko’p tarqalgan ximiyaviy destruktsiya reaktsiyalari bo’lib, jarayon vodorod yoki gidroksil ionlar ishtirokida tezlashadi . Shuning uchun ham gidroliz reaktsiyalarida katalizator sifatida ko’pincha kislota va ishqorlar ishlatiladi.
Ma‘lumki, oqsil moddalarining tarkibida amid (peptid) gruppalari mavjud bo’lib, bu gruppalar kislota, ishqor va fermentlar ta‘sirida gidrolizlanadi. Buning natijasida 22 xil α-aminokislota, jelatina va shunga o’xshash moddalar hosil bo’ladi.
H+ + OH -
~ R ― NH ―― CO ― R′ ――――→ ~ R ― NH2 + HOOCR ~
A l k o g o l i z ― bu polimerlarning spirtlar ta‘sirida parchalanish reaktsiyasi bo’lib, ko’pgina polisaxaridlar, murakkab poliefirlar va poliamidlar spirtlar ta‘sirida parchalanadi. Alkogoliz jarayonlarida ham gidroliz reaktsiyalariga o’xshash kislota va ishqorlar kaktalizator sifatida ishlatilishi mumkin. Polikarbonatlar alkogoliz reaktsiyalariga tez uchraydi. Odatda alifatik poliefirlarning alkogoliz reaktsiyasi tezligi aromatik poliefirlarnikiga qaraganda yuqoriroq bo’ladi.
Polietilentereftalatni qaynoq etilenglikol ta‘sirida qizdirsak tereftal kislotaning diglikol efiri yoki oligomer ko’rinishida poliefir hosil bo’lib, uning oxirgi bo’g’inida glikol molekulasi o’tirgan bo’ladi.
Aminoliz va ammonoliz reaktsiyalarida poliamidlar, anilinformaldekgid va karbomid formaldegid smolalari, shuningdek poliamidlar uchraydi. Bu reaktsiyalar sistemada polimerlarning hosil bo’lishi jarayonida bevosita ishtirok etayotgan monomerlar diaminlar, aminokislotalar va anilin ishtirokida borishi mumkin.
H2N ―– H

~ NH—(CH2)n — C ―–NH—(CH2)n —CO ~ →



O
NH2

→ ~ NH (CH2)—C + H2N―(CH2)―CO~
\\
O
Odatda ammonoliz reaktsiyalari poliamidlarni hosil qilish jarayonida ammiak ajralib chiqishi bilan boradi.

Yüklə 345,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə