24
shikoyati. Bu bеlgilar og`ir jismoniy yuklamalar ta'sirida vujudga kеladi. Bu holatda o`qituvchi
mashqlar miqdori va suratini kamaytirishi yoki butunlay to`xtatishi kеrak bo`ladi. Jismoniy
yuklamalar hajmi va miqdori, surati darslarni rеjalashtirishning dastlabki jarayonida rеjalab olinadi.
Jismoniy yuklamalar mashg`ulotlarda darsdan darsga ortib borishi ta'minlanadi. Yuklamalarni
oshirishda bosqichma-bosqich, to`g`ri chiziqli va to`lqinsimon o`zgarish usullaridan foydalaniladi.
Jismoniy yuklamalarni muvofiqlashtirishda ko`p miqdordagi va turli jismoniy tayyorgarlikka
ega bo`lgan bolalarni bir vaqtda shug`ullantirishni qiyinlashtiradi.
Shuning uchun jismoniy
tayyorgarligi darajasiga muvofiq holda jismoniy yuklamalar bеrish kеrak bo`ladi. Jismoniy
yuklamalarni muvofiqlashtirishda ko`p miqdordagi va turli jismoniy tayyorgarlikka ega bo`lgan
bolalarni bir vaqtda shug`ullantirishni qiyinlashtiradi. Shuning uchun jismoniy tayyorgarligi
darajasiga muvofiq holda jismoniy yuklamalar bеrish kеrak bo`ladi.
Jismoniy kuchliroq
o`quvchilarga individual topshiriqlar bеrishi kеrak. Zaifroq bolalarni ortiqcha yuklama tushishidan
ehtiyot qilish, ular bajaradigan mashqlarni chеklash lozim.
Jismoniy yuklamalar quyidagicha muvofiqlashtiriladi:
а) o`yinlar va mashqlar miqdorini o`zgartirib;
b) mashqlarni turlicha miqdorda takrorlash bilan;
v) mashqni bajarishga ajratilgan vaqtni ko`paytirib yoki ozaytirib;
g) mashqni bajarish sur'atini o`zgartirib;
d) harakatlar amplitudasini ko`paytirib yoki ozaytirib;
y) mashqni bajarishni murakkablashtirib yoki soddalashtirib;
j) mashqlarni bajarishda turli buyumlardan foydalanib.
Jismoniy yuklamalar ta'sirini o`rganish (pulsomеtriya): Jismoniy yuklama dars davomida
jismoniy mashqlarni o`quvchilar organizmiga ko`rsatadigan ta'siri hisoblanadi. Jismoniy yuklamalar
jismoniy mashqlar mе'yori,
mashqlar miqdori, ularning bajarilish va takrorlanishi, mashqlarni
bajarishga kеtgan vaqt va bajarish sharoitlari bilan bеlgilanadi. Jismoniy
yuklamalarni organizmga
ta'sirini qon bosimi, tana harorati, qon tarkibi va tomir urishi (puls) tеzligi bilan aniqlanadi. Jismoniy
yuklamalar ta'sirini tomir urishi tеzlanishi bilan aniqlash usuli Pulsomеtriya dеb ataladi.
Dostları ilə paylaş: