Z nishanova, G. Alimova


Bola faoliyati va muloqotidagi yangi-yangi ehtiyojlar ongni



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə36/98
tarix21.05.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#111795
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   98
Z. nishanova, G. Alimova

Bola faoliyati va muloqotidagi yangi-yangi ehtiyojlar ongni

www.ziyouz.com kutubxonasi



intensiv ravishda o‘zlashtirishga sabab bo‘ladi. Bola nutqi borgan iari mazmunliroq bo‘lib boradi. Situativ nutq —kichik bog‘cha yoshdagi bola nutqining asosiy shakli asta-sekin kontekst nutqqa, axborot beravchi nutqqa o‘mini bo‘shatib beradi. Kontekst nutq bu nutqni suhbatdosh faqat til vositalari asosida, vaziyat (situatsiya) ga tayanmay turib tushuna olishi bilan xarakterlanadi.


Nutqning kontekst shakli fikming to‘laligicha, mantiqiy to‘g‘ri ketma-ketlikda bayon etilishini, yangi grammatik shakllarning qo‘llanilishini taqozo qiladi. 0 ‘z tuzilishiga ko‘ra kontekst nutq yozma nutqqa yaqinlashadi. Kontekst nutqning muhim xususiyati uning ixtiyoriyligidir.


Bog‘cha yoshidagi bolalami savodxonlikka o‘igatish b yicha olib boriladigan ishlar D.B.Elkonin ishlab chiqqan nazariy tamoyillarga asoslanadi. Savodxonlikka o‘igatishning bog‘cha yoshiga mo‘ljallangan shakl va metodlari D.B.Elkonin metodi asosida L.E.Jurova tomonidan ishlab chiqilgan.


Bolalar tomonidan savodxonlikni egallash imkoniyatlari va xususiyatlarini o‘rganishga hamda buning uchun eng optimal yosh davrini aniqlashga qaratilgan maxsus tadqiqotda N.S.Voronsova 5-6 yoshli bolalar savodxonlikni o‘rganishda tanlovchan tipdagi qabul qilish xususiyatiga ega ekanligini, 6 yoshdan esa o‘qishga e’tiborli bo‘lishini aniqladi. Shundan kelib chiqib, N.S.Voronsova 5 yoshni tovushlami analiz qilishga o‘r]gatishning eng optimal davri, 6 yoshni esa o‘qishga o‘rgatishga eng optimal (eng yaxshi va qulay) davr ekanligini ta’kidladi.


Shunday qilib, bog‘cha yosh davrining eng muhim xususiyatlaridan biri 4-5 yoshlarga kelib, nutqning rejalashtirish funksiyasi paydo bo‘lishidan iborat. Dastlab rejalshtirish og‘zaki tarzda amalga oshirilsa, keyinchalik bog‘cha yoshining oxirlarida ichki nutq orqali rejalashtirish boshlanadi.

www.ziyouz.com kutubxonasi

12.1. B olalar xayolining xususiyatlari




Yangi tug‘ilgan chaqaloq bolalarda hali xayol bo‘lmaydi. Xayolning rivojlanishi uchun bolaga turmush tajribasi, tasawurlar zaxirasi hamda juda ko‘p bilimlar kerak bo‘ladi. Tajriba esa bolaning tashqi olamdagi narsa va hodisalami o‘zi ko‘rsatishi, voqelik hamda turli sohalarga doir tasawur hosil qilishi katta odamlar bilan keng munosabatda bo‘lishi natijasida ortib boradi.


Xayol jarayonining dastlabki ko‘rinishlari bolada ikki yoshga to‘lib, uch yoshga qadam qo‘yganida ko‘rina boshlaydi. Ikki yoshli bolalarda ko‘rinadigan dastlabki xayol ma’lum bir maqsadni ko‘zlamaydigan ixtiyorsiz xayoldir.


Til chiqishi bolalarda xayol jarayonining o‘sishiga ta’sir k rsatadi. Ana shu davrdan boshlab bola tevarak-atrofdagi kishilaming so‘zini yaxshi tushunadigan bo‘lib o‘zidagi tasawurlar zaxirasini bevosita idrok qilingan narsalar orqaligina emas, balki katta yoshli odamlar nutqi bilan ham to‘ldirib boradi. Bola o‘ziga tushunarli mavzulardagi hikoya va ertaklami qiziqib tinglaydi. 0 ‘zi asosiy qahramon bo‘lib qatnashadigan hikoyalami jonu-dili bilan eshitadigan bo‘ladi. Bunday hikoya bolaga juda tushunaili bo‘ladi, chunki bola hikoyani eshitib turib, bevosita, o‘zining idrokiga tayanadi.


Bu yerda o‘ylab chiqarilgan voqea bolaning o‘zi haqiqatda ishtirok qilgan voqealaiga ulanib ketadi. Bolaning hikoya va ertaklami eshitishga juda ham qiziqishi, hikoya va ertaklami tinglayotganida bolalaming tajribasini orttiradigan va xayolini o‘stirishga yordam beradigan xilma-xU va aniq tasawurlar hosil bo‘lishini ko‘rsatadi.



Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə