Z nishanova, G. Alimova


Situatsion —ishchan muloqot shaklidagi bolalar leksikasi (nutqi)



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə33/98
tarix21.05.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#111795
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   98
Z. nishanova, G. Alimova

Situatsion —ishchan muloqot shaklidagi bolalar leksikasi (nutqi)

www.ziyouz.com kutubxonasi



konkret predmetli vaziyat bilan bog‘liq. Bu xolat shunda ko‘rinadiki, bolaning nutqida ot so‘z turkumiga oid so‘zlar ko‘p bo‘ladi. Sifat turkumidagi so‘zlar yoki umuman uchramaydi, yoki buyumlaming faqat tashqi xususiyatlari: rangi, o‘lchami (barcha sifatlaming 96,4%)ni ifodalaydi. 98% fe’llar faqatgina konkret predmetli harakatlaiga nisbatan ishlatiladi.


Bolalaming nosituativ — bilishga yo‘naltirilgan (vaziyatga — situasiyaga bog‘liq bo‘lmagan) muloqotida ular kattalardan har xil narsa va hodisalar haqida axborot olishga bog‘liqlikdan ozod bo‘ladi. Asta-sekin atrof-olamdagi narsalaming turli xususiyatlarini aks ettiruvchi so‘zlar zahirasi kengayib boradi. Jumladan, estetik xususiyatlami ifodalovchi sifat turkumiga oid so‘zlar (11,25%) va emotsional xususiyatlami ko‘rsatuvchi so‘zlar (5%) paydo bo‘ladi, irodaviy va intellektual harakatlami anglatuvchi fe’l turkumidagi so‘zlar (6,24%) vujudga keladi.


Nosituativ — shaxsiy muloqotda, bola odamlar o‘rtasidagi munosabatlar haqida axborot olishga, o‘zining fikrini kattalar fikri bilan taqqoslashga harakat qilar ekan, uning nutqida umumiy grammatik murakkablashish ro‘y beradi. Sifat turkumidagi so‘zlar quyidagi nisbatda bo‘ladi: atributiv (tashqi xususiyatlarini ifodalovchi) — 69,80%, estetik xususiyatlami ifodalovchi sifatlar —14,65%, axloqiy xususiyatlami ifodalovchi sifatlar —9,3%. Irodaviy va intellektual harakatlami ifodalovchi fe’llar ancha ko‘payib, nutqida ishlatilayotgan barcha fe’llaming 9,76%ni tashkil etadi.


Bolaning lug‘at boyligi nafaqat miqdor jihatdan, balki sifat jihatdan ham o‘sib boradi. Bu asosan bolalaming so‘zlar mazmunini o‘zlashtirishi bilan kechadi. Lug‘atni egallash jarayoni tushunchalami egallab borish bilan uzviy bog‘liq. L.S.Vigotskiy yozishicha, “Psixologik tomondan olib qaraganda, so‘zlarning mazmuni va ma’nosi —bu umumlashma yoki tushunchadan o‘zga narsa emas. Biz so‘zning ma’nosini bemalol tafakkur fenomeni deb hisoblashga haqlidirmiz”


Bog‘cha yoshidagi bolalar eng awalo ko‘rgazmali ifodalangan yoki ulaming faoliyatlaigia jalb etilgan predmetlar, hodisalar, sifatlar, xususiyatlar, munosabatlaming nomlanishini o‘zlashtiradi. Buni bola

www.ziyouz.com kutubxonasi





tafakkurming ko‘rgazmali-harakat va ko‘rgazmali-obrazli xarakterda ekanligi bilan tushuntirish mumkin. Shu tufayli ham, bog‘cha yoshidagi bolalar lug‘atida abstrakt (mavhum) tushunchalar deyarli uchramaydi.


Agar 3-7 yoshdagi boladan berilgan topshiriqda nutqiy faoliyatning elementi bo‘lmish so‘z bilan muayyan amallami bajarish talab etilsa, masalan,gap tarkibidan so‘zlami ajratib olish vazifasi berilsa, S.N.Karpovaning tadqiqoti ko‘rsatishicha, bolada unga aytilgan gap belgilaydigan vaziyatga orientir olishning ancha barqaror moyilligi kuzatiladi. Berilgan gap tarkibida nechta so‘z mavjud degan savolga bolalar gapni “boshdan oyoq” qaytadan takroriaydi. Masalan, “Koptok yumalab ketdi” degan gap berilsa, bola (5-9 yoshli) bu gapda bitta so‘z “Koptok yumalab ketdi” degan so‘z borligini aytadi.
S.N.Karpovaning tadqiqoti shuni isbotladiki, bog‘cha yoshidagi bolada gap tarkibidan barcha turdagi so‘zlami ajratib olish ko‘nikmasini shakllantirish mumkin. Buning uchun ulaiga so‘zning mezonlarini, ya’ni so‘z tovushlarining majmuasidan iboratliligini, so‘z doim muayyan mazmunga egaligini anglashi lozim (albatta, bolalar yoshiga mos keluvchi usullar bilan) bo‘ladi. SHunday qilinganda, yoshidan qat’iy nazar bolalarda so‘z haqida adekvat va anglangan tasawurlar paydo bo‘ladi.


Bu maqsadda bolaga nutqning tushunarli mezonlarini o ‘rgatilmasdan, faqatgina astensiv ta’riflarni, ya’ni so‘zlarni ko‘rgazmali namoyish etish orqali ta’riflashni ishlatish mumkin. Ana shu asosda G.A.Belyakova bolalarda stixiyali ravishda shakllanib qolgan so‘z haqidagi tasavvur, “so‘z” so‘zining ma’nosi aniqlashtirilib boradi.



Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə