9
ZAMONAVIY DAVRIY JADVALNING
AFZALLIKLARI
Qadimdan insoniyat ma’lum bir sondagi elementlarnigina
bilar edi.
Ular metallardan oltin, kumush, temir, mis,
qalay,
rux,
qo’rg’oshin
va
metallmaslardan
esa
oltingugurt hisoblanardi. Birinchi kashfiyotchisi aniq
bo’gan element bu fosfor – alkimyogar Brant kashf etgan.
Keyinchalik uyg’onish davri kimyogarlari tomonidan
birin-ketin elementlar kashf etila boshlandi. Endi ularni
ma’lum bir tartibga solish davr talabi bo’lib qoldi.
Birinchi bo’lib A. Lavuazye elementlarni o’xshash va
farqli xususiyatlariga ko’ra sinflantirdi. U 33 ta
moddalarni metall va metallmas deb ajratdi. Ulardan
ba’zilari sof elementlar bo’lmasdan birikma holatida edi.
Bundan
tashqari Berselius, Debereyner, Nyulends,
Shankartua kabi olimlar ma’lum bir darajada xissa
qo’shgan bo’lsalarda, ko’pchilik e’tirofi bilan rus olimi D.
I. Mendeleyevning 1869-yil Karlsrue shahrida bo’lib
o’tgan kimyogarlar qurultoyida taqdim etgan davriyik
qonuniyatiga asoslangan jadvali (shuning uchun bu jadval
davriy jadval deb ataladi) bir necha yilardan beri samarali
foydalanib kelindi.
Mendeleyev tuzgan davriy jadval avvalgilaridan quyidagi
afzalliklarga ega edi:
- Elementlar xossalariga mos ravishda guruhlantirilganligi
- hali kashf etilmagan elementlarning
xossalari haqida
ham faraz qilina olishligi.
P.S. 1870-yilda nemis kimyogari Meyer yaratgan davriy
jadval Mendeleyev yaratgan davriy jadvalga o’xshash
bo’lib farqi Meyer elementlarni atom hajmi va fizik
xossalariga
ko’ra
joylashtirdi.
Mendeleyev
esa
elementlarni atom og’irliklari va kimyoviy xossalariga
ko’ra joylashtirgan. O’sha vaqtda 63 ta element mavjud
bo’lgan. Meyer yaratgan davriy
jadval zamonaviy davriy
jadval yaratilgunga qadar foydalanib kelingan.
Quyida Mendeleyevning 1869-yilda yaratgan davriy
jadvalini ko’rishimiz mumkin:
Quyida Meyerning 1870-yilda yaratgan davriy jadvalini
ko’rishimiz mumkin:
Albatta, yillar davomida unga ba’zi bir o’zgartirishlar
kiritildi hamda kerakli yangiliklar bilan to’dirib borildi
(masalan Ramsey tomonidan inert gazlar kashf etilib,
ularni
galogenlar
va
ishqoriy
metallar
orasiga
joylashtirishi) va shu kundagi ko’rinishga ega bo’ldi.
Keyinchalik, G. Mozli elementlar uchun atom massadan
ko’ra, yadro zaryadi muhimroq ekanigini isbotladi.
Chunki Ar va Te larning atom massalari o’zlaridan keyin
keluvchi elementlar (K va I) dan katta bo’lsada, xossalari
jihatdan
biri inert gazlarga, ikkinchisi esa xalkogenlarga
mos edi. Shundan so’ng Mozli davriy qonunni
quyidagicha ta’rifladi:
Elementlarning yadro zaryadlari ortib borishi bilan,
ularning va ular hosil qilgan birikmalarning xossalarida
davriylik kuzatiladi.
10
Davriy jadvalning uzun formasining afzalliklari:
1) Davriy jadval elementlar uchun muhimroq bo’gan
yadro zaryadi ortib borishiga asoslangan
2) Elementlarning o’rni bilan
elektron konfiguratsiyasi
tuzilishi korrelyatsiyasi yaqqol namoyon bo’ladi
3) Har bir davr bir qatorga joylashganligi uchun,
mantiqan tugallangan. Ya’ni ishqoriy metall bilan
boshanib
inert
gaz
bilan
tugallangan.
Bunda
elementlarning yadro zaryadlari ortib borishi bilan tashqi
pog’onasi barqaror holatga keladi.
4) Mendeleyev jadvalidagi katta davrlardagi juft va toq
qatorlar tushunchasi yo’qoladi.
5)
Barcha
oraliq
elementlar
davrning
o’rtasiga
keltirilgandan keyin VIII guruh holati ham aniqlashadi.
6)
Guruhchalarning alohida guruhlarga o’tishi bilan bitta
vertikal guruhdagi elementlar bir xil xossaga ega bo’ladi.
Mendeleyev jadvalida fizik va kimyoviy xossalari keskin
farq qilgan elementlar bitta guruhga joylashtirilgan edi.
Masalan, xlor va marganes, kumush va natriy va hk.
Ayniqsa kimyoni endigina o’rganayotgan
maktab
o’quvchilarida “nega har xil xossali elementlar bitta
guruhda
joylashganligini”
tasavvur
qilish
ancha
qiyinchilik tug’dirar edi.
7) Metall va metallmaslar yaqqol ajralib qoladi.
Bu yuqoridagi kabi yosh kimyogarlarga ancha qulaylik
bo’ladi.
* Qisqa ko’rinishida esa, metall va metallmaslikka
bo’linish biroz noqulay edi. O’quvchilarga bor elementi
tagidan astat elementi tagigacha
diagonal chiziq tortib,
yana qo’shimchasiga yuqoridagi elementlardan sariqlarini
olamiz derdik. Endi rangsiz davriy jadvalda o’rgangan
o’rta avlodning holini tasavvur qilavering...
Quyida qisqa ko’rinishidagi davriy jadvalni ko’rishimiz
mumkin:
8) Har bir davrning sig’imi yaqqol namoyon bo’ladi: 2; 8;
8; 18; 18; 32; 32.
9) s, p, d, f-elementar to’rtta alohida-alohida qismlarga
ajralib qoladi:
10) qo’shimcha d guruh elementlari oraliq metallar
deyilishi sizga ma’lum. Bunga sabab u ikkita asosiy guruh
ya’ni s va p elementlar orasida joylashganligi uchun
shunday nomlangan. 7-punktdagi jadvalda bu narsa
yaqqol namoyon bo’ladi.
11)
Nihoyat,
bu
ko’rinishdagi
davriy
jadvalda
elementlarning joyashuvini eslab qolish qulay.
12) IUPAC (International
Union of Pure Applied
Chemistry – nazariy va amaliy kimyo xalqaro ittifoqi )
bo’yicha hozirgi kunda elementlar xossalariga mos
ravishda 18 ta guruhga ajtatilgan. Har bir guruhda faqat
o’xshash xossali elementlargina joylashadi.
P.S. Zamonaviy jadvalda davrlar uch guruhga bo’linadi:
1) kichik davrlar – 1,2,3-davrlar
2) o’rtacha davrlar – 4,5-davrlar
3) katta davrlar – 6,7-davrlar
Toshkent tibbiyot akademiyasi, Tibbiy va biologik
kimyo kafedrasi va “Navoiy” ATM o’qituvchisi
hamda “Abituriyent” gazetasi eksperti Otabek
MO’YDINOV va “Navoiy” ATM kimyo fani
o’qituvchisi Yusuf ABSOATOV