Zamonaviy davriy jadvalning afzalliklari



Yüklə 2,18 Mb.
Pdf görüntüsü
tarix30.05.2023
ölçüsü2,18 Mb.
#114209
13587 (1)




ZAMONAVIY DAVRIY JADVALNING 
AFZALLIKLARI 
Qadimdan insoniyat ma’lum bir sondagi elementlarnigina 
bilar edi. Ular metallardan oltin, kumush, temir, mis, 
qalay, 
rux, 
qo’rg’oshin 
va 
metallmaslardan 
esa 
oltingugurt hisoblanardi. Birinchi kashfiyotchisi aniq 
bo’gan element bu fosfor – alkimyogar Brant kashf etgan. 
Keyinchalik uyg’onish davri kimyogarlari tomonidan 
birin-ketin elementlar kashf etila boshlandi. Endi ularni 
ma’lum bir tartibga solish davr talabi bo’lib qoldi.
Birinchi bo’lib A. Lavuazye elementlarni o’xshash va 
farqli xususiyatlariga ko’ra sinflantirdi. U 33 ta 
moddalarni metall va metallmas deb ajratdi. Ulardan 
ba’zilari sof elementlar bo’lmasdan birikma holatida edi. 
Bundan tashqari Berselius, Debereyner, Nyulends, 
Shankartua kabi olimlar ma’lum bir darajada xissa 
qo’shgan bo’lsalarda, ko’pchilik e’tirofi bilan rus olimi D. 
I. Mendeleyevning 1869-yil Karlsrue shahrida bo’lib 
o’tgan kimyogarlar qurultoyida taqdim etgan davriyik 
qonuniyatiga asoslangan jadvali (shuning uchun bu jadval 
davriy jadval deb ataladi) bir necha yilardan beri samarali 
foydalanib kelindi.
Mendeleyev tuzgan davriy jadval avvalgilaridan quyidagi 
afzalliklarga ega edi: 
- Elementlar xossalariga mos ravishda guruhlantirilganligi 
- hali kashf etilmagan elementlarning xossalari haqida 
ham faraz qilina olishligi. 
P.S. 1870-yilda nemis kimyogari Meyer yaratgan davriy 
jadval Mendeleyev yaratgan davriy jadvalga o’xshash 
bo’lib farqi Meyer elementlarni atom hajmi va fizik 
xossalariga 
ko’ra 
joylashtirdi. 
Mendeleyev 
esa 
elementlarni atom og’irliklari va kimyoviy xossalariga 
ko’ra joylashtirgan. O’sha vaqtda 63 ta element mavjud 
bo’lgan. Meyer yaratgan davriy jadval zamonaviy davriy 
jadval yaratilgunga qadar foydalanib kelingan.
Quyida Mendeleyevning 1869-yilda yaratgan davriy 
jadvalini ko’rishimiz mumkin: 
Quyida Meyerning 1870-yilda yaratgan davriy jadvalini 
ko’rishimiz mumkin: 
Albatta, yillar davomida unga ba’zi bir o’zgartirishlar 
kiritildi hamda kerakli yangiliklar bilan to’dirib borildi
(masalan Ramsey tomonidan inert gazlar kashf etilib, 
ularni 
galogenlar 
va 
ishqoriy 
metallar 
orasiga 
joylashtirishi) va shu kundagi ko’rinishga ega bo’ldi. 
Keyinchalik, G. Mozli elementlar uchun atom massadan 
ko’ra, yadro zaryadi muhimroq ekanigini isbotladi. 
Chunki Ar va Te larning atom massalari o’zlaridan keyin 
keluvchi elementlar (K va I) dan katta bo’lsada, xossalari 
jihatdan biri inert gazlarga, ikkinchisi esa xalkogenlarga 
mos edi. Shundan so’ng Mozli davriy qonunni 
quyidagicha ta’rifladi:
Elementlarning yadro zaryadlari ortib borishi bilan, 
ularning va ular hosil qilgan birikmalarning xossalarida 
davriylik kuzatiladi. 


10
Davriy jadvalning uzun formasining afzalliklari: 
1) Davriy jadval elementlar uchun muhimroq bo’gan 
yadro zaryadi ortib borishiga asoslangan 
2) Elementlarning o’rni bilan elektron konfiguratsiyasi 
tuzilishi korrelyatsiyasi yaqqol namoyon bo’ladi 
3) Har bir davr bir qatorga joylashganligi uchun, 
mantiqan tugallangan. Ya’ni ishqoriy metall bilan 
boshanib 
inert 
gaz 
bilan 
tugallangan. 
Bunda 
elementlarning yadro zaryadlari ortib borishi bilan tashqi 
pog’onasi barqaror holatga keladi. 
4) Mendeleyev jadvalidagi katta davrlardagi juft va toq 
qatorlar tushunchasi yo’qoladi. 
5) 
Barcha 
oraliq 
elementlar 
davrning 
o’rtasiga 
keltirilgandan keyin VIII guruh holati ham aniqlashadi. 
6)
Guruhchalarning alohida guruhlarga o’tishi bilan bitta 
vertikal guruhdagi elementlar bir xil xossaga ega bo’ladi. 
Mendeleyev jadvalida fizik va kimyoviy xossalari keskin 
farq qilgan elementlar bitta guruhga joylashtirilgan edi. 
Masalan, xlor va marganes, kumush va natriy va hk.
Ayniqsa kimyoni endigina o’rganayotgan maktab 
o’quvchilarida “nega har xil xossali elementlar bitta 
guruhda 
joylashganligini” 
tasavvur 
qilish 
ancha 
qiyinchilik tug’dirar edi. 
7) Metall va metallmaslar yaqqol ajralib qoladi. 
Bu yuqoridagi kabi yosh kimyogarlarga ancha qulaylik 
bo’ladi.
* Qisqa ko’rinishida esa, metall va metallmaslikka 
bo’linish biroz noqulay edi. O’quvchilarga bor elementi 
tagidan astat elementi tagigacha diagonal chiziq tortib
yana qo’shimchasiga yuqoridagi elementlardan sariqlarini 
olamiz derdik. Endi rangsiz davriy jadvalda o’rgangan 
o’rta avlodning holini tasavvur qilavering... 
Quyida qisqa ko’rinishidagi davriy jadvalni ko’rishimiz 
mumkin: 
8) Har bir davrning sig’imi yaqqol namoyon bo’ladi: 2; 8; 
8; 18; 18; 32; 32. 
9) s, p, d, f-elementar to’rtta alohida-alohida qismlarga 
ajralib qoladi: 
10) qo’shimcha d guruh elementlari oraliq metallar 
deyilishi sizga ma’lum. Bunga sabab u ikkita asosiy guruh 
ya’ni s va p elementlar orasida joylashganligi uchun 
shunday nomlangan. 7-punktdagi jadvalda bu narsa 
yaqqol namoyon bo’ladi.
11) 
Nihoyat, 
bu 
ko’rinishdagi 
davriy 
jadvalda 
elementlarning joyashuvini eslab qolish qulay. 
12) IUPAC (International Union of Pure Applied 
Chemistry – nazariy va amaliy kimyo xalqaro ittifoqi ) 
bo’yicha hozirgi kunda elementlar xossalariga mos 
ravishda 18 ta guruhga ajtatilgan. Har bir guruhda faqat 
o’xshash xossali elementlargina joylashadi. 
P.S. Zamonaviy jadvalda davrlar uch guruhga bo’linadi: 
1) kichik davrlar – 1,2,3-davrlar 
2) o’rtacha davrlar – 4,5-davrlar 
3) katta davrlar – 6,7-davrlar 
Toshkent tibbiyot akademiyasi, Tibbiy va biologik 
kimyo kafedrasi va “Navoiy” ATM o’qituvchisi 
hamda “Abituriyent” gazetasi eksperti Otabek 
MO’YDINOV va “Navoiy” ATM kimyo fani 
o’qituvchisi Yusuf ABSOATOV

Yüklə 2,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə