Ўзбекистон республикаси қишлоқ ва сув хўжалиги вазирлиги



Yüklə 67,45 Kb.
səhifə5/11
tarix30.01.2022
ölçüsü67,45 Kb.
#83268
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Диссертация

Mavzuning dolzarbligi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ”Meva-sabzavot mahsulotlarini tashqi bozorga chiqarish samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida“gi 2018 yil 17 oktyabrdagi PQ-3978-son qarori ijrosini ta’minlash va 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi hayotga tatbiq etilmoqda. O‘zbekistonda keyingi paytlarda intensiv mevachilikni rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Bugungi kunda aholini mevaga bo‘lgan talabini to‘liq qondirish, bozorlarimiz to‘kin-sochinligini ta’minlash va eksport salohiyatini yildan-yilga oshirib borishni talab etadi. Mevali bog‘larning hosildorligini oshirishning asosiy omillaridan biri - ularni zararkunanda va kasalliklardan himoya qilishdir. Yurtimiz bog‘larida urug‘ mevali daraxtlardan olma, nok, behi kabi ko’plab mevalarga о‘simlik bitlari (shiralar), qon biti, qalqondorlar, о‘rgimchakkana, danak mevali dararxtlarga ham о‘simlik bitlari (shiralar), qalqondorlar jiddiy zarar yetkazadi. Bu zararkunandalar bioekologiyasini yaxshi bilib, kimyoviy kurash tadbirlarini ularning eng maqbul davrida о‘tkazish yaxshi samara beradi.

О‘simlik bitlari (shiralar) tushgan olma, nok, shaftoli, о‘rik, olxо‘ri, bodom kabi mevali daraxtlar barglari bujmayib qoladi, ikkilamchi kasalliklarni chaqiradi ba’zan esa tо‘kilib ketadi. Yosh kо‘chatlar, jumladan, shaftoli nihollariga shiralar, ayniqsa, katta zarar yetkazadi: meva shirasini sо‘rib, sifatini pasaytiradi. Nimjon bо‘lib qolgan daraxtlarga ikkilamchi zararkunanda pо‘stloq osti qо‘ng‘izlari tushib zararlaydi, daraxtlar qurib qoladi. Qon biti olma, nok va behi daraxtlarining ildizini, tana va shoxlarining shirasini sо‘rib, daraxtlarni kuchsizlantiradi. Bitning shira sо‘rgan joylarida g‘uddalar paydo bо‘ladi, ular keyinchalik yorilib, chiriydi.

Shuning uchun intensiv mevali bog‘lardagi so‘ruvchi zararkunandalar bioekologiyasini o‘rganish, o’rganish asosida so‘ruvchi zararkunandalarni intensiv bog‘ daraxtlariga tushishi va zarar keltirish muddatlarini aniqlagan holda oldini olish hamda ularga qarshi eng kam me‘yorlarda maqbul muddatlarni aniqlab pestisidlar qo‘llashni o‘rganishni taqazo etadi.


Yüklə 67,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə