Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таoлим вазирлиги



Yüklə 1,72 Mb.
səhifə28/31
tarix29.11.2023
ölçüsü1,72 Mb.
#141431
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Rele himoyasi ma\'ruzalar matni (1-49)

Nazorat savollari

  1. Qanday himoyaga yo‘naltirilgan himoya deyiladi?

  2. Yo‘naltirilgan himoya qanday liniyalarda qo‘llaniladi?

  3. Quvvat relesining ishlash prinsipi?

  4. Quvvat relesi qanday sxemalar bo‘yicha ulanishi mumkin?

  5. Quvvat relesining ichki siljish burchagi qanday aniqlanadi?

  6. Quvvat relesining maksimal sezgirlik burchagi deb qanday burchakka aytiladi?

  7. Quvvat relesi qanday sxemalar bo‘yicha ulanishi mumkin?

  8. Yo‘naltirilgan MTHning sxemasi oddiy MTHning sxemasidan nima bilan farq qiladi?

  9. Nima uchun quvvat va tok relelarining kontaktlari ketma-ket ulanadi?

2.5. Erga tutashuvdan himoya.

2.5.1. Erga tutashuvdan himoyaning ishlash prinsipi


Heytrali erga ulangan va neytrali erga yoy so‘ndiruvchi cho‘lg‘am orqali ulangan elektr tarmoqlarida bir fazali erga tutashuv vaqtida nisbatan kichik sig‘im toklarigini hosil bo‘lishi sababli qisqa tutashuv bo‘lib hisoblanmaydi. Fazalar orasidagi kuchlanishga ulangan iste’molchilar normal ishlashda davom etadi. Erga tutashuvni tezlik bilan uzish talab qilinmaydi. Harakatlanuvchi mexanizmlar, quvvati katta generatorlar, xavfsizlik texnikasi talablariga ko‘ra tezlik bilan uzish talab qilinadigan ob’ektlar bundan mustasno.


Lekin erga tutashmagan fazalarda kuchlanishning ortib ketishi boshqa fazada ham erga tutashuv hosil bo‘lish ehtimolini orttiradi. Ikkita har-xil fazalarda erga tutashuvni hosil bo‘lishi ikki fazali qisqa tutashuvga olib keladi. SHuning uchun elektr tarmog‘ida bir fazali erga tutashuv bo‘lganda uzoq vaqt davomida ishlashiga yo‘l qo‘yilmaydi. Erga tutashuv nuqtasi ikki soat davomida aniqlanishi va uzilishi zarur.
Erga tutashuv vaqtida hosil bo‘ladigan tok va kuchlanishlar 2.14-rasmda ko‘rsatilgan. Erga tutashgan fazaning erga nisbatan kuchlanishi 0 gacha pasayadi (2.14-rasm, a) va erga tutashmagan fazalarning erga nisbatan sig‘imlaridan liniya kuchlanishi ta’siri ostida sig‘im toklari Iv(s), Is(s) o‘ta boshlaydi.
Normal rejimda faza kuchlanishlari va sig‘im toklari orasidagi burchak 90° ga teng (2.14-rasm, b). Erga tutashuv vaqtida esa nol ketma-ketlik kuchlanishi va toki (2.14-rasm, v) hosil bo‘ladi.
Bir fazali to‘la (metall) erga tutashuvning xarakterli belgilari quyidagilar:
1) erga tutashgan fazaning erga nisbatan kuchlanishi nolgacha pasayadi;
2) erga tutashmagan fazalardagi kuchlanishlar marta ortadi;
3) nol ketma-ketlik kuchlanishi 3Uo va nol ketma-ketlik toklari 3Io hosil bo‘ladi.
YUqoridagi belgilarda erga tutashuvdan rele himoyalarini bajarishda foydalaniladi.




2.14-rasm. Erga tutashuv vaqtida hosil bo‘ladigan tok va kuchlanishlar

Erga tutashuvdan himoyaga quyidagi talablar qo‘yiladi: himoya signalga ishlash kerak; sezgirligi katta bo‘lish kerak; himoya tanlash xususiyatiga ega bo‘lishi, ya’ni erga tutashgan liniyani to‘g‘ri aniqlash kerak.



Yüklə 1,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə