I bob. Fizikaviy kimyo laboratoriyasida ishlash qoidalari



Yüklə 379,92 Kb.
səhifə1/15
tarix28.11.2023
ölçüsü379,92 Kb.
#135381
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
5-ma\'ruza. ma ye 2-kurs


I BOB. FIZIKAVIY KIMYO LABORATORIYASIDA
ISHLASH QOIDALARI
1.1. Laboratoriyad aishlash qoidalari
Fizikaviy kimyo laboratoriyasida talaba laboratoriya ishlarini amalga oshirish jarayonida termokimyo, eritmalar, elektrokimyo, refraktometriya va sirt tarangligi hamda ularning fizik – kimyoviy konstantalarini aniqlash, kimyoviy adabiyotlarga tegishli ma’lumot-nomalardan foydalanish, laboratoriya jurnallarini tо‘g‘ri yuritish, laboratoriya idishlari, jihozlari va reaktivlariga qо‘yiladigan Davlat standartlari (GOST) hamda laboratoriyada ishlash qoidalarini tо‘liq о‘zlashtirib olishi kerak.
Erituvchilar, oson yonuvchan birikmalar bilan ish olib borilganda quyidagi qoidalarga amalda rioya qilinishi zarur:
1) Organik moddalar va oson yonuvchan birikmalarni olovga yaqin bo‘lgan joyda saqlash mumkin emas.
2) Tajriba qurilmasini yig‘ganda gaz va bug‘ holatidagi organik moddalar chiqmasligi uchun uskunani germetikligini ta’minlash kerak.
3) Tez alangalanuvchi erituvchilar (benzin, efir va boshqalar) ni yopiq plita yoki suv hammomida qizdirish zarur.
4) Organik moddalar yonganda suv bilan o‘chirmaslik kerak. Yonayotgan organik moddani, kislotani o‘t o‘chirgichlar bilan yoki qum, kigiz yordamida o‘chirish zarur.
Elektr dastaklar va uskunalar bilan ishlash qoidalari:
1) Tez alangalanuvchi moddalar va erituvchilar bilan ishla-ganda ochiq holdagi elektr simli asboblardan foydalanish taqiq-lanadi.
2) Elektr asboblardan yong‘in chiqan holatda ularni asbest mato yoki o‘t o‘chirgichlardan foydalanib o‘chirish kerak.
3) Elektr asboblaridan foydalanib bo‘lingandan so‘ng, ularni elektr tarmog‘idan uzib qo‘yish talab etiladi.
Gaz moddalari bilan ishlash qoidalari:
1) Gaz bilan to‘ldirilgan balon, idishlar issiqlik ta’siridan saqlanishi kerak.
2) Yonuvchan gazlar bilan ishlaganda asboblar germetik yopiq va olovdan saqlangan bo‘lishi kerak.
3) Standart gaz balonlari maxsus ko‘rsatilgan joylarda saqlanishi kerak.

Yüklə 379,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə