I bob. Fizikaviy kimyo laboratoriyasida ishlash qoidalari



Yüklə 379,92 Kb.
səhifə6/15
tarix28.11.2023
ölçüsü379,92 Kb.
#135381
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
5-ma\'ruza. ma ye 2-kurs

Asbobning tavsifi
Tuzning erish issiqligini topish uchun kalorimetrdan foyda-lansa bo‘ladi. 500 ml li Dyuar idishi (1) og‘ziga probka (3) yordamida Bekman termometri (4)o‘rnatiladi va tuz solish uchun probirka (5) mahkamlanadi, probirkaning ichida shisha tayoqcha (6) bo‘ladi. Eritma aralashtirgich (7) bilan aralashtiriladi.
Kаlorimetr doimiyligini topish
Kalorimetr ichida bo‘ladigan jarayonning issiqlik effektini hisoblash uchun kalorimetr doimiyligini, ya’ni kalorimetrni unga o‘rnatilgan termometr aralashtirgich, suv va tuz solingan probirka bilan birgalikda 10C ga isitish uchun kerak bo‘lgan issiqlikni kaloriya hisobida bilish zarur.
Q= K∆t
Kalorimetr doimiyligi K ni erish issiqligi ma’lum bo‘lgan biror tuzning, masalan, kaliy nitratning erish issiqligidan foydalanib topsa bo‘ladi. Buning uchun (6-7gr) kaliy nitrat tuzi chinni hovon-chaga solinib, yaxshilab tuyiladi. Ichiga tayoqcha solingan bo‘sh ampula yuzdan bir grammgacha aniqlik bilan tortiladi, ampulaga tahminan 5gr (0,05g mol) tuz solinib, yana tortiladi. Bu og‘irliklar farqidan tuzning og‘irligi topiladi. Dyuar idishi (probkasiz) texnika tarozisida o‘ndan bir grammgacha aniqlik bilan tortiladi va idishga temperaturasi 180C bo‘lgan distillangan suvdan 300 ml chamasida quyiladi. Suv solingan idish yana tortiladi va og‘rliklar farqiga qarab suvning og‘irligi aniqlanadi.
Kalorimetr (Dyuar idishi) probka bilan berkitiladi, probkaga Bebman termometri, aralashtirgich va tuz solingan ampula (1-rasm) o‘rnatiladi. Suvning temperaturasi o‘lchanadi, shundan keyin tuz eriganda temperatura qanday o‘zgarishi Berman termometri yor-damida topiladi. Kaliy nitrat eriganda issiqlik yutiladi, shuning uchun Bekman termometri moslanganda simob meniski termometr-ning yuqori qismida bo‘lishi kerak.
Kalorimetr bilan muhit orasida issiqlik almashinishini hisob-lash va tajriba vaqtida temperatura haqiqatdan qancha o‘zgarishini topish uchun kalorimetda bo‘ladigan protsess 3 davrga bo‘linadi:
1) boshlang‘ich davr – 5 minut davom etadi;
2) asosiy davr – tuzning erish jarayoni;
3) so‘ngi davr – 5 minut.


Yüklə 379,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə