Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта


[100] . Bank likvidligiga ta’sir qiluvchi omillarni quyidagi ichki va  tashqi omillarga bo‘lib tahlil qilish mumkin.  I



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/354
tarix27.09.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#124088
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   354
5eb9e271d043588e9f74c10f0fe1cb95 Bank ishi

[100]
. Bank likvidligiga ta’sir qiluvchi omillarni quyidagi ichki va 
tashqi omillarga bo‘lib tahlil qilish mumkin. 
I.
 
Ichki omillar: 
bankning mustahkam kapital bazasi; 
bank aktivlarining sifati; 
depozitlar sifati; 
tashqi manbalarga unchalik bog‘liq emaslik; 
aktiv va passivlarning muddatlar bo‘yicha muvofiqligi; 
bankdagi menejment darajasi; 
bankning birinchi darajali imiji (nufuzi). 
II.
 
Tashqi omillar: 
mamlakatdagi iqtisodiy va siyosiy holat; 
pul va qimmatli qog‘ozlar bozorining rivojlanganlik darajasi; 
banklararo bozorning barqaror va rivojlanganlik darajasi; 
Markaziy bankning moliyalashtirish imkoniyati; 
Markaziy bankning nazorat funksiyasi va uning samaradorligi. 
Bankning mustahkam kapital bazasi, 
eng avvalo, uning o‘z ka-
pitalining mustahkamligini ta’riflaydi. O‘z kapital qanchalik ko‘p bo‘lsa, 
shunchalik bankning likvidligi yuqori bo‘ladi. Chunki aynan mustahkam 
kapital omonatchilar va depozitorlarning ishonchli himoyachisi bo‘lib-
gina qolmay, u moliyaviy barqarorlikni ta’minlovchi kuchli vosita ham-


156
dir. 
Bank aktivlarining sifati 
quyidagi mezonlar asosida aniqlanadi: 
likvidlik; 
risklilik; 
daromadlilik; 
diversifikatsiyalanishi, ya’ni har tomonlama rivojlanish imko-
niyati. 
Bank aktivlarining yalpi riski qanchalik yuqori bo‘lsa, shunchalik 
bank ko‘p daromadga ega bo‘ladi. 
Aktivlarning diversifikatsiyalanishi 
quyidagi ko‘rsatkichlarda o‘z 
ifodasini topadi: 
resurs qo‘yilmalarining yo‘nalishlari bo‘yicha aktivlar tarkibi; 
obyektlar va subyektlar bo‘yicha kredit qo‘yilmalarining tarkibi; 
valuta operatsiyalarini bajarishda ishlatiladigan valuta tarkibi; 
qimmatli qog‘ozlar portfeli tarkibi va boshqalar. 
Aktivlar qancha diversifikatsiyalangan bo‘lsa, bank likvidligi 
shuncha yuqori bo‘ladi. 

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   354




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə