Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/354
tarix27.09.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#124088
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   354
5eb9e271d043588e9f74c10f0fe1cb95 Bank ishi

o‘z kapitali (BQK)
quyidagicha hisoblanadi:
BQK = 

Ф
+ TF + BQ + DQ + d 
Bu yerda: 

Ф
bankning ustav, zaxira va boshqa fondlar yig‘indisi; 
TF – taqsimlanmagan foyda (foydadan chegirib tashlangan 
mablag‘lardan tashqari); 


152
BQ – bino va inshootlarni qayta baholash qiymati; 
DQ – debitor qarzdorlar; 
d – boshqa korxonalardagi ulushi. 
K

ning normativ darajasi tijorat banklari uchun 1/20; kooperativ 
banklar uchun esa 1/12 dan kam bo‘lmasligi kerak. 
K2
– aholi omonatlari bilan uning o‘z kapitali o‘rtasidagi bog‘la-
nishni ifodalaydi. Bunday bog‘lanishni aniqlash va unga rioya qilishning 
zaruriyati shundaki, har qanday bank o‘z mablag‘larining summasi 
doirasidagina aholi omonatlarini jalb qila olishi mumkin, xolos. Shu 
sababli K

ning normativ darajasi 1 ga teng qilib o‘rnatilgan. 
K3
ning normativ darajasi 0,5 dan oshmasligi kerak. 
K4 
ning normativ darajasi 0,3 dan past bo‘lmasligi lozim. 
Shunga muvofiq har bir bank joriy to‘lovlarni amalga oshirishi 
uchun qisqa muddatli majburiyatlarning eng kamida 30 foizi miqdo-
ridagi aktivi bo‘lishi lozim. 
K5
ning normativ darajasi 1 dan katta bo‘lmasligi kerak. Barcha 
normativlarni quyidagi jadvalda keltiramiz (24-jadval).
24-jadval. 
Chegaralangan normativlar 
 
Normativlar Me’yor 
darajalari 
K
1
0,5 
K
2
1,0 
K
3
0,5 
K
4
0,3 
K
5
1,0 
Bank tomonidan berilgan barcha «yirik» kreditlar bank kapitali 
hajmining 8 martasidan oshmasligi kerak. Eng yirik beshta kreditning 
summasi (balansorti operatsiyalarni hisobga olganda) bankning o‘z mab-
ag‘laridan uch marta ko‘p bo‘lmasligi kerak. 
Rossiya Federatsiyasi tijorat banklari uchun quyidagi me’yorlarni 
ham belgilab bergan: 
М
К
N
=
1
Bu yerda: 
N
1
– bankning boshlang‘ich likvidlik darajasi; 
K – kapital; 


153
M – majburiyatlar. 
Bu me’yor bank majburiyatlarini o‘z kapitali tomonidan qanchalik 
darajada ta’minlanganligini ko‘rsatadi. N
1
qanchali yuqori bo‘lsa, bank-
ning boshlang‘ich likvidligi ham shuncha yuqori bo‘ladi. 
S
К
N
=
2
Bu yerda: 
N
2
– kredit bo‘yicha qarzlarning hisob-kitob, joriy va depozit qo‘-
yilmalarga nisbati; 
K – kreditlar; 
S – joriy va depozit qo‘yilmalar. 
Rossiya banklarida N
2
me’yorning darajasini 0,7-1,5 oralig‘ida ush-
lab turish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Kredit bo‘yicha ehti-yojlarni 
qondirishga qancha ko‘p mablag‘lar sarf etilsa, N
2
ning qiymati shun-
chalik yuqori bo‘ladi. N

ning oshishi bank likvidligini tushishidan dalo-
lat beradi. Buni tijorat banklari o‘z kredit va investitsiya siyosatini olib 
borishda hisobga olishlari kerak. 
S
L
а
N
=
3
Bu yerda: 
N
3
– likvid aktivlarning umumiy qo‘yilmalarga nisbati; 
La – likvid aktivlar, ya’ni to‘lash muddati 30 kungacha bo‘lgan 
bank kreditlari va shu muddatga kelib tushishi kerak bo‘lgan boshqa 
tushumlar. 
N
3
me’yorining darajasini 0,2-0,5 oralig‘ida ushlab turish belgilab 
berilgan. Garchi N

iqtisodiy mazmuni bo‘yicha N
2
ga o‘xshashroq bo‘l-
sa-da, N
3
bank likvidligi to‘g‘risida aniqroq ma’lumot beradi. Sababi, N
2
koeffitsiyenti likvidsiz hisoblanmish kreditlar orqali bank likvidligini 
ifodalaydi. 
А
L
а
N
=
4
Bu yerda: 
N
4
– likvid aktivlarning bankning umumiy aktivlariga bo‘lgan 
nisbati; 
A – aktivlarning umumiy hajmi. 
Bu ko‘rsatkich qancha yuqori bo‘lsa, bankning likvidligi shuncha 
yuqori bo‘ladi. 


154
BM
K
а
N
=
5
Bu yerda: 
N
5
– likvid aktivlarning (La) talab qilib olgunga qadar bo‘lgan 
qo‘yilmalar bo‘yicha bank majburiyatiga nisbati; 
BM – talab qilib olgunga qadar bo‘lgan qo‘yilmalar bo‘yicha bank 
majburiyati. 
Bu me’yor aktiv mablag‘larining likvid qismi qay darajada olinishi 
lozimligini, shuningdek, kutilayotgan majburiyatni qoplay olish 
darajasini ifodalaydi. 
МК
DV
A
N
tl
+
=
6
Bu yerda: 
A
tl
– bankning bir yildan ortiq vaqt ichida to‘lashi lozim bo‘lgan 
aktivlari; 
DV – depozitlar bo‘yicha majburiyatlar; 
MK – bir yildan ortiq muddatli kreditlar. 
Bu me’yorning maksimal darajasi 1,0-1,5 atrofida saqlanishi maq-
sadga muvofiq deb yuritiladi. N
6
bankning bir yildan uzoq majburi-
yatlarning ta’minlanganligi bo‘yicha likvidlik darajasini ifodalaydi.
[99]
. Bank likvidligi quyidagi talablarni qondiradigan darajada 
bo‘lishi lozim: 
olinadigan depozitlarni; 
aktivlar bilan majburiyatlarni to‘lashda mavjud bo‘lgan farqni; 
pul oqimlaridagi tebranishlarni; 
rejalashtirilmagan boshqa xarajatlarni qoplay oladigan darajada 
bo‘lishi kerak. 
Likvidlikni ta’minlay olmagan banklar to‘lovga layoqatsiz bo‘lib 
qolishi natijasida bankrotlikka uchrashi muqarrar. Likvidlikni ta’min-
lashning eng oddiy usuli bankning bir qism aktivlarini likvid shaklida, 
masalan, naqd pul, Markaziy bank va boshqa banklardagi vakillik hisob-
varag‘idagi qoldiqlar, davlat qisqa muddatli obligatsiyalari (DQMO) 
shaklida saqlash hisoblanadi. 
Banklar likvidliligining o‘zgarishiga ta’sir qiluvchi omillarni hisob-
ga olgan holda likvid aktivlarning zarur miqdorini belgilab olishlari lo-
zim. Mazkur omillarga quyidagilar kiradi: 
omonatlarning ko‘payishi yoki kamayishiga ko‘ra mablag‘larga 
ega bo‘lish yoki ularni yo‘qotish; 


155
omonatlar summasining o‘sishi yoki qisqarishiga muvofiq 
majburiy zaxiralarning me’yoriy miqdorini ko‘paytirish yoki kamay-
tirish; 
ssudalar va investitsiyalar summasining oshishi yoki kamayishiga 
ko‘ra mablag‘lar oqib kelishini ko‘paytirish yoki kamaytirish. Ushbu 
omilning ta’siri shundan iboratki, ssudalar va investitsiyalar miqdorining 
oshishi, likvid aktivlar ulushini kamaytiradi, sababi investitsiyalar 
aksariyat hollarda uzoq muddatga jalb qilinadi. 
Daromadlilik oshayotgan bir paytda, likvidlikning maqbul darajasini 
ta’minlash uchun bank jalb etilgan omonatlar muddatlari va ularga doir 
xarajatlarni tahlil qilib, kredit qo‘yilmalari va investitsiyalar muddatlari 
hamda rejalashtiriladigan daromadlar bilan taqqoslashi lozim. Bunday 
taqqoslash joylashtirilgan va jalb etilgan mablag‘larni muddatlari bo‘yi-
cha qiyoslash va shu asosda bank likvidligi holatini aniqlash, shuning-
dek, likvidlikning zarur darajada eng ko‘p foydaga erishish uchun qisqa
o‘rta va uzoq muddatli kreditlarning optimal nisbati nuqtayi nazardan 
kredit siyosatini olib borish imkoniyatini beradi. 

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   354




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə