Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə109/354
tarix27.09.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#124088
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   354
5eb9e271d043588e9f74c10f0fe1cb95 Bank ishi

ijobiy buzilish
deyiladi va bank bu farqdan 
daromad keltiruvchi aktiv sifatida foydalanishi lozim. Aksincha, agar 
likvid mablag‘lar manbayi hajmi sarf qilingan mablag‘lar hajmidan kam 
bo‘lsa, bank likvidligida bank uchun 
salbiy buzilish
yuzaga keladi va 
bankning likvid mablag‘larga ehtiyoji ortadi. Bunday holda bank ancha 
arzon va muddati yuzasidan qulay manbalardan foydalanishi lozim.
Mablag‘lar manbayi va undan foydalanish usulida quyidagilarni 
amalga oshirish lozim: 
rejalashtirilgan davrdagi likvidlikka baho berish uchun mazkur 
davrdagi kredit va depozitlar hajmini oldindan belgilash; 
shu davr mobaynida kreditlar va depozitlar hajmining o‘sishi da-
rajasini hisoblash. 
Boshqaruvchi shu davr ichida bankning netto-likvid holatini baho-
lashi lozim.
Likvid mablag‘larga bo‘lgan ehtiyojlarga 
mablag‘lar tuzilmasi 
usuli
orqali baho berishning 
birinchi bosqichida
bankning depozitlari 
va boshqa mablag‘lar manbayi bir necha turkumlarga bo‘linadi. Bu 
turkumlarga asoslanib, manbalar bahosining pul bozorida pasayib ketishi 
va buning natijasida bank yo‘qotishlarga uchrashiga baho berish 
mumkin bo‘ladi: 
Bu turkumlarga quyidagilar kiradi: 
«Qaynoq pullar»
(«Goryachiye dengi») bo‘yicha majburiyatlar 
– foiz stavkasining o‘zgarishiga sezuvchanligi yuqori bo‘lgan 
jamg‘armalar va boshqa pul mablag‘lari; 
ishonchsiz mablag‘lar
– joriy davrning istalgan vaqtida bankdan 
talab qilinishi mumkin bo‘lgan mijozlar jamg‘armalarining asosiy qismi 
(25-30%); 
barqaror mablag‘lar
(asosiy mablag‘lar yoki asosiy majbu-


166
riyatlar). 
Likvidlikni boshqaruvchi rahbar ikkinchi bosqichda yuqorida 
keltirilgan depozitlardan foydalanish qoidalariga rioya qilgan holda 
likvid mablag‘larni joylashtirishi lozim. Masalan, «qaynoq pullar» 
bo‘yicha likvid mablag‘larning 95 foizi miqdorida zaxira ushlashga 
qaror qilishi mumkin. Bu zaxira vakil banklardagi tez sotiladigan likvid 
depozitlardan hamda Markaziy bank investitsiyalaridan tashkil topgan 
bo‘lishi mumkin. Bank amaliyotida ishonchsiz jamg‘armalardan va no-
depozit majburiyatlardan foydalanishning asosiy qoidasi likvid zaxirada 
bu jamg‘armalar va majburiyatlar umumiy hajmining 30 foiz miqdorida 
saqlanishni ko‘zda tutadi. Shunday qilib, bankning depozitlari va 
nodepozit mablag‘lari bo‘yicha likvid mablag‘lar zaxirasi quyidagicha 
bo‘lishi mumkin: 
0,95 + 0,30 + 
+0,15
Bank doimo bank qonunchiligi asosida bankdan kredit olish qobi-
liyatiga ega bo‘lgan mijozlarga kredit berishga tayyor turishi, buning 
uchun esa u doimo kerakli miqdordagi likvid zaxiralarga ega bo‘lishi 
lozim. Chunki berilgan kredit mijoz tomonidan odatda bir necha kun 
yoki bir necha soat ichida sarf qilinib, boshqa banklarga o‘tadi. 
Mutaxassislarning fikricha, bank likvid mablag‘larga ehtiyoj sezgan 
taqdirda ham mijozlarga barcha yaxshi kreditlar berishga harakat qi-
lishlari lozim. Bunda ular pul mablag‘lariga bo‘lgan har qanday talabni 
qondirish uchun zarur hollarda ularning boshqa banklardan qarzga olish 
imkoniyatiga tayanishlari mumkin. Shu orqali bank va mijoz o‘rtasida 
yaxshi munosabatlar o‘rnatilishi va kelajakda samarali hamkorlik qili-
nishiga erishish mumkin. 
Bank mijozga kredit berish orqali unga boshqa bank xizmatlarini 
ko‘rsatishi, turli sohada munosabatlar o‘rnatishi va buning natijasida 
qo‘shimcha daromadlar olishi mumkin. Kreditlar va depozitlarni 
ta’minlash maqsadida likvid mablag‘larga bo‘lgan talabni jamlash 
Qaynoq pul va nodepozit 
likvid mablag

lar zaxira 
majburiyatlari
Majburiy 
zaxiralar 
Barqaror jamg

armalar va 
nodepozit mablag

lar


167
natijasida bankning likvid mablag‘larga bo‘lgan umumiy talabi hajmini 
quyidagicha aniqlash mumkin: 
Jahon amaliyotida ko‘pgina banklar likvid mablag‘larga bo‘lgan 
ehtiyojlarni o‘rtacha miqdorlarga asoslanib hisoblaydilar. Bunday hi-
soblash ba’zi bir muhim moliyaviy ko‘rsatkichlar yoki likvidlik indi-
katorlaridan foydalanishni ko‘zda tutadi.
Jumladan: 
1) Pul 
holati 

Jamg‘arma muassasalari jamg‘armalari 
va pul mablag‘lari 

Umumiy 
aktivlar 
Pul mablag‘lari hajmining kattaligi bank holatining ishonchliligini 
va mablag‘larga bo‘lgan talabni so‘zsiz qondirilishini bildiradi. 
2) 
Likvid qimmatli 
qog‘ozlar holati 

Davlat qimmatli 
qog‘ozlari 

Umumiy 
aktivlar 
Bankda tezda sotish imkoniyatiga ega bo‘lgan qimmatli qo-
0,95
+0,30
+0,15 +1,0 
«Qaynoq 
pullar» 
– 
«Qaynoq pullar» 
bo‘yicha majburiy 
zaxiralar 
Ishonchsiz lik-
vid jamg‘arma-
lar va nodepozit 
majburiyatlar 
– 
Likvid mab-
lag‘larning 
ushbu turku-
mi bo‘yicha 
majburiy 
zaxiralar 
Barqaror 
jamg‘armalar 
va nodepozit 
mablag‘lar va 
nodepozit ma-
jburiyatlar 
– 
Ushbu likvid 
mablag

lar 
bo

yicha
majburiy 
zaxiralar 
Yuzaga 
chiqish 
imkoniyati 
bo‘lgan mud-
dati o‘tgan 
kreditlar 
– 
Muddati 
o‘tgan 
kreditlar 


168
g‘ozlarning mavjudligi bank likvidligining ta’minlanganligini bildiradi. 
3) 
Garovga qo‘yilgan 
qimmatli qog‘ozlarning 
solishtirma og‘irligi 
=
Garovga qo‘yilgan 
qimmatli qog‘ozlar 

Qimmatli 
qog‘ozlar 
portfeli 
Bu ko‘rsatkich likvidlikning salbiy ko‘rsatkichi bo‘lib, davlat 
jamg‘armalari bo‘yicha qo‘yilgan qimmatli qog‘ozlar qanchalik ko‘p 
bo‘lsa, shunchalik bank likvidligi past bo‘ladi. 
4) 
«Qaynoq pullarning» 
solishtirma og‘irligi
=
Pul aktivlari 

Pul majburiyatlari 
Pul aktivlari o‘z tarkibiga quyidagilarni oladi: 
naqd pullar; 
davlatning qisqa muddatli qimmatli qog‘ozlari; 
zaxiradagi qimmatli qog‘ozlarni qayta sotib olish sharti bilan 
tuziladigan bitimlar (qimmatli qog‘ozlar sotib olish uchun bank qarz 
berganda); 
yevrovalutadagi depozitlar; 
davlat qarzlari; 
sotiladigan qimmatli qog‘ozlarni jalb qilish (sotiladigan qimmatli 
qog‘ozlarni bank vaqtinchalik qarzga olganda). 
5) 
Qisqa muddatli 
investitsiyalarning foiz 
stavkalari tebranishi 
natijasida o‘zgaradigan 
majburiyatlarga nisbati 

Qisqa muddatli 
investitsiyalar 

Foiz stavkalarining 
tebranishi natijasida 
o‘zgaradigan 
majburiyatlar 
Qisqa muddatli investitsiyalar boshqa banklarga qo‘yiladigan qisqa 
muddatli qo‘yilmalarni, sotiladigan davlat zaxiralarini hamda bankning 
qisqa muddatli qimmatli qog‘ozlarini o‘z ichiga oladi. 
6) 
Broker depozitlari holati =
Broker 
depozitlari 
:
Barcha 
depozitlar hajmi 
Broker depozitlari foiz stavkalarining o‘zgarishini nisbatan juda 
sezuvchan va tez aylanuvchan bo‘ladi. Bunday depozitlar hajmining va 
narxining oshishi natijasida bank likvidligi uchun juda noqulay sharoit 
yuzaga kelishi mumkin. 


169
7) 
Jamg‘armalarning 
tuzilmalari nisbati 

Talab qilib olguncha 
depozitlar 

Muddatli 
depozitlar 
Jamg‘armalarning ushbu nisbati bank ega bo‘lgan moliyaviy mab-
lag‘larining qanchalik barqaror ekanligini ko‘rsatadi. Ya’ni ular o‘rta-
sidagi nisbatning kamayishi qo‘yilmalarning barqarorligini va u orqali 
bankning likvid mablag‘larga bo‘lgan talabining pasayganligini bil-
diradi. 
Qayd qilingan barcha ko‘rsatkichlar talab va takliflarning mavsumiy 
tebranishlariga nisbatan juda sezuvchan bo‘lib, kreditlarga bo‘lgan ta-
lablar ortganda ular pasayadi va bu talablar hajmi kamayganda bu ko‘r-
satkichlar qiymati ortadi. 
[107]
. Zaxiralar taqchilligini qoplash uchun kerak bo‘lgan mab-
lag‘larni tanlashda bank o‘zlarining likvid mablag‘larga bo‘lgan ta-
lablarini yaxshilab o‘rganishlari lozim. 
Bu talablar quyidagilardan iborat: 

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   354




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə