Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта


Bank talablarining muddati



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə110/354
tarix27.09.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#124088
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   354
5eb9e271d043588e9f74c10f0fe1cb95 Bank ishi

Bank talablarining muddati. 
Agar likvid mablag‘lar taqchilligini 
24 soatda qoplash lozim bo‘lsa, bank rahbari 1 sutka muddatga qarz 
berishni so‘rab Markaziy bankka murojaat qiladi. O‘zining zaxiralarga 
bo‘lgan muddatsiz talabini esa bank depozitlar yoki aktivlarini sotish 
bilan qondiradi. 
Bank talablarining davomiyligi.
Agar likvid mablag‘larga bo‘lgan 
talabning bir necha soat saqlanish ehtimoli bo‘lsa, MB ning kreditga 
beriladigan mablag‘lari eng qulay hisoblanadi. Likvid mablag‘larga 
bo‘lgan talab bir necha kun yoki hafta davomida saqlansa, bu talab 
aktivlar yoki uzoq muddatli qarzlarni sotish bilan qoplanishi mumkin. 
Bankning likvid mablag‘lar bozoriga kira olishi.
Hamma banklar 
ham likvid mablag‘lar bozoriga kirish huquqiga ega bo‘lavermaydi. Ma-
salan, Yevropa davlatlarida mayda banklar odatda yevro-valuta bozo-
ridan qarz olish imkoniyatiga ega bo‘la olmaydilar. Bunday hollarda 
likvidlikni boshqarishda boshqaruvchi tezda foydalanishi mumkin 
bo‘lgan imkoniyatlar bilangina chegaralanib qolishga majbur bo‘ladi. 
Mablag‘lar manbayining bahosi va riski
. Har bir zaxira manba-
yining bahosi turlicha bo‘lgani kabi, ortiqcha likvid mablag‘larining 
hosil bo‘lishi ham noaniqdir. Bunday sharoitda boshqaruvchi albatta eng 
arzon manbadan foydalanishga harakat qiladi. 
Ko‘zda tutilgan foiz stavkalari va foiz daromadining «egri» turi. 
Likvidlikni boshqarish maqsadida boshqaruvchi eng past foiz stavkasiga 


170
ega bo‘lgan likvid mablag‘lar manbayidan foydalanishga harakat qiladi. 
O‘sib boruvchi «egri» foiz daromadida bunday manbalarga arzon, qisqa 
muddatli qarzlar kiradi. 
Markaziy bankning pul-kredit siyosati va uning kelajagi. 
Moliya bozorida kreditlar va ularning foiz stavkalari qanday o‘zgarishini 
aniqlash uchun Markaziy bankning pul-kredit siyosatini puxta o‘rganishi 
lozim. Chunki Markaziy bank kreditiga yuqori foiz stavkasi o‘rnatilsa, 
bank bunday kreditlarni olish imkoniyatiga ega bo‘la olmaydi. 

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   354




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə