Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта



Yüklə 6,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/312
tarix12.01.2023
ölçüsü6,96 Mb.
#98468
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   312
18-y-Qishloq-xojaligi-iqtisodiyoti.Darslik-R.X.Ergashev-va-bosh.T-2018

Asosiy tushunchalar 
 
Qishloq xo„jaligini joylashtirish 
– bu alohida tur mahsulotlar ishlab 
chiqarishning mamlakatni respublika, viloyat va tumanlar bo‗yicha taqsimlash 
bo‗lib, jarayon uzoq davom etuvchi ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishiga 
ko‗ra o‗zgaruvchan bo‗ladi. 
Qishloq xo„jaligini joylashtirish tamoyillari: 

qishloq xo‗jaligi mahsulotlari birligiga uni ishlab chiqarish hajmini 
o‗stirishdagi mehnat va mablag‗lar sarfini minimallashtirish; 

bozor talablarini hisobga olish; 

hudud iste‘molchilarini oziq-ovqat mahsulotlari bilan o‗zini-o‗zi 
ta‘minlash darajasining mehnatni hududlararo va xalqaro bo‗linishi bilan 
bog‗liqligini hisobga olish; 

qishloq xo‗jaligi va sanoat rivojlanishining optimal mutanosibligi; 

transport xarajatlarini qisqartirish, yo‗l tarmoqlarining rivojlanishi, temir 
yo‗l masofalarining, suv yo‗llarining yetarlicha uzunligi hisobga olish; 

mamlakatning oziq-ovqat mustaqilligini ta‘minlash; 

mahsulotlar ishlab chiqarishning doimiy o‗sishi uchun uni mehnat sarfi 
kamayishiga erishiladigan hududlarda amalga oshirishni hisobga olish. 
Qishloq xo„jaligi ishlab chiqarishini oqilona joylashtirishning asosiy 
mezoni 
- mehnat sarfini maksimal darajada tejashdir. 
Ishlab chiqarishni joylashtirish omili 
- bu xo‗jalik obyekti (korxona) yoki 
respublika tarmog‗i, iqtisodiy hudud, shuningdek hududiy ishlab chiqarish 
majmualari joylashadigan kuchlar yig‗ilgan joyni hisobga olishdir. 
Qishloq xo„jaligini joylashtirishning asosiy omillari:

hududning tabiiy potensiali (yer bilan ta‘minlanganlik);

qishloq xo‗jaligi ekinlarining tarkibiy o‗zgarishlari va mahsulot 
diversifikatsiyasini hisobga olgan holda joylashtirish;

mahsulot sotish bozorlariga nisbatan xo‗jaligining joylashgan o‗rni;

xom-ashyolarni saqlash va transport vositalari bilan ta‘minlanganlik 
darajasi;


50 

aholining tabiiy, tarixiy malakalarini hisobga olgan holda hududning ish 
bilan ta‘minlanganligi; 

ilmiy-texnika taraqqiyoti va ishlab chiqarishning moddiy-texnika bazasini 
modernizatsiyalash; 

hududda mahsulot ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi. 

Yüklə 6,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   312




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə