Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта


Qishloq xo„jaligi ishlab chiqarish kooperativi



Yüklə 6,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/312
tarix12.01.2023
ölçüsü6,96 Mb.
#98468
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   312
18-y-Qishloq-xojaligi-iqtisodiyoti.Darslik-R.X.Ergashev-va-bosh.T-2018

Qishloq xo„jaligi ishlab chiqarish kooperativi 
- fermerlar tomonidan 
qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash va sotish bo‗yicha 
hamkorlikdagi faoliyat uchun tuzilgan tijorat tashkilotidir. Shuningdek, u 
kooperativ a‘zolarining shaxsiy mehnat ishtirokiga asoslangan, qonun bilan man 
etilmagan faoliyatlarni bajarish uchun ham tuziladi.
Ishlab chiqarish kooperativining boshqa o‗ziga xos xususiyati-
kooperativning asosiy a‘zolarini uning faoliyatida shaxsan mehnati bilan 
ishtirokidir.
Ishlab chiqarish kooperativi - 
tijorat tashkiloti bo‗lib, faoliyatining asosiy 
maqsadi daromad topishdir.
Ishlab chiqarish kooperatorlariga qishloq xo‗jalik korxonalari kiradi.
Kooperativ xo‗jalik dehqon va fermer xo‗jaliklari boshliqlari yoki shaxsiy 
yordamchi xo‗jalik yurituvchi fuqarolar tomonidan yerga ishlov berish, 
chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish yoki qishloq xo‗jaligi mahsulotlari 
ishlab chiqarish bilan bog‗liq boshqa faoliyatlarni bajarish uchun tashkil etiladi.
Sanoat va qishloq xo‗jaligi orasidagi aloqa integratsiyalash yo‗li bilan 
amalga 
oshiriladi. 
Integratsiya 
ikki 
turga: 
gorizontal 
va 
vertikal 
integratsiyalanishlarga bo‗linadi.
Gorizontal integratsiya
– o‗zida bitta tarmoq ichidagi korxonalarning 
o‗zaro aloqasini aks ettiradi. Umumiy ishlab chiqarish masalalarini hal qilish 
uchun korxonani kooperativlashtirish asosida u rivojlanishga erishadi. Qishloq 
xo‗jaligiga qo‗llaniladigani - bu qishloq xo‗jaligi korxonalarining harakatlarini 
kooperatsiya shaklida, mahsulotlarini almashtirish yoki ishlab chiqarishni 
optimal konsentratsiyalash va ixtisoslashtirish asosida yuqoriroq mehnat 
unumdorligiga erishish uchun ishlab chiqarishni hamkorlikda tashkil etishdir.
Gorizontal integratsiya bir qancha qishloq xo‗jaligi tashkilotlaridagina 
rivojlanadi. Masalan, moddiy, moliyaviy va mehnat resurslarining bir qismini 
birlashtirish yo‗li bilan ixtiyoriylik asosida tuzilgan xo‗jaliklararo korxonalar va 
tashkilotlardir. 

Yüklə 6,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   312




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə