55
II soha
– qishloq xo‗jaligi bo‗lib, ASM ning markaziy bo‗g‗ini hisoblanadi.
Qishloq xo‗jaligi 80 ta tarmoqdan ishlab chiqarish resurslarini
qabul qiladi va
o‗z mahsulotlarini 60 ta tarmoqqa tarqatadi. Qishloq xo‗jaligida band bo‗lgan
har bir ishchi tarmoqdan tashqarida 5 ta kishining bandligini ta‘minlaydi. Ushbu
sohada ASM yakuniy mahsulotining 50 % ga yaqini jalb qilingan va ASM
ishchilarining 60 % i band.
3.1.2-rasm.
ASMning sohalari va bo„g„inlari
A S M
SOHALAR
BO„G„INLAR
Ishlab
chiqarish vositalari bilan
ta‘minlangan sanoat tarmoqlari
ASM tarkibidagi korxonalar
uchun
ishlab chiqarish
vositalarini ishlab chiqaruvchi
sanoat tarmoqlari
Qishloq xo‗jaligi
Qishloq xo‗jaligi tarmog‗i
Qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini
tayyorlash,
qayta ishlash,
saqlash, sotish tarmoqlari
Xizmat ko‗rsatuvchi tarmoq
Infratuzilma tarmoqlari
Qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini
qayta ishlovchi va
iste‘molchilarga yetkazib
beruvchi tarmoqlar
56
III soha
– qishloq xo‗jaligi mahsulotini tayyorlash, qayta ishlash, saqlash,
tashish,
shuningdek, yakuniy mahsulot realizatsiyasi bilan shug‗ullanuvchi
tarmoqlar va korxonalarni o‗z ichiga oladi. Ushbu sohaga oziq-ovqat sanoati,
(sut va go‗sht sanoati), yengil (tekstil, jun-teri va poyafzal), omixta yem sanoati,
tayyorlov va savdo tashkilotlari kiradi. Sohaga
yakuniy mahsulot umumiy
hajmining 40 % i asosiy ishlab chiqarish fondlari va majmua ishchilarining 20 %
i to‗g‗ri keladi.
IV soha
– ASM da infratuzilma muhim o‗ringa ega. Infratuzilma
tarmoqlari ASM ning barcha sohalariga xizmat ko‗rsatadi.
Infratuzilma-takror
ishlab chiqarishni amalga oshiruvchi iqtisodiyot tarmoqlar majmuidir.
Dostları ilə paylaş: