Zbekiston respublikasi oliy va o



Yüklə 4,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/259
tarix05.06.2022
ölçüsü4,25 Mb.
#88919
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   259
id313213

 
 
ERKIN VOHIDOV SHE`RLARIDA DAVRNING DOLZARB 
MUAMMOLARI TALQINI 
Akbarali SABIRDINOV,
filologiya fanlari doktori (FarDU) 
XX asrning ikkinchi yarmi – XXI asr boshlari o‗zbek adabiyotda Erkin 
Vohidov dilbar ohang va samimiy tuyg‗ular, quyma fikr va betakror ifodalar, teran 
ma`no va chuqur falsafa singgan she`riyatni olib kirdi. Shoir, avvalo, o‗z davrining 
ogoh va hozirjavob fuqarosi, nozik didli ijodkori sifatida faoliyat ko‗rsatdi, asarlar 
yaratdi. Shu bois uning she`rlarida nafaqat yurtimizdagi, balki dunyoning qaysidir 
burchagidagi voqeliklar ham talqinini topganini ko‗ramiz. 
Shoirning ―Gohi poezd, goh ot bilan, Gohi kezdim piyoda. Men o‗tgan yo‗l 
meridian – Chizig‗idan ziyoda‖[1, 56] deya ta`kidlashi bejiz emas. 
XX asrning 50-yillarida dunyoning qaysidir joylarida bo‗layotgan urushlar, 
60-yillaridagi fan-texnika inqilobi – fazoga parvoz, insonning oyga chiqishi 
voqealari shoir ijodida ham ifodasini topdi. Uning ―Kosmonavt va shoir‖ (1962), 
―Yurak va aql‖ (1962), ―Fazodagi uyqu‖ (1963), ―Chirchiq‖ (1963), 
―Kardiogramma‖ (1971) kabi she`rlarida fan-texnika yangiliklarining inson 
tafakkuri, dunyoqarashi, turmush tarziga ta`siri masalalari turli assotsiativ 
mushohadalar asosida talqinini topadi. 
Erkin Vohidov ilk she`rlaridayoq urush mavzusini (―Ukamning jangi‖, 1952) 
yumorga asoslangan tasvirda talqin etgan bo‗lsa, davrning tezkor va shiddatli 
voqealariga inson qay darajada tayyor degan muammoga o‗ziga xos tarzda javob 
beradi. Uning ―Fursat – oltin‖ (1962), ―Inson va fursat‖ (1964), ―Bosh tebratar soat 
kafgiri...‖ (1964), ―Uchi tugik dastro‗mol‖ (1966), ―Bong uring‖ kabi she`rlarida 
inson va shiddatkor voqelik, umr va abadiyat munosabati tahlil etiladi. Ushbu 
she`rlar zamirida jamiyatda tobora ildiz otib borayotgan vaqtni behuda sovurish 
illati tanqidi orqali umrni, insonni qadrlash g‗oyasi ifodalanadi. 
Shoir 
O‗rmonlar, 


22 
yonsa-ku 
chopamiz. 
Tinmaymiz, 
o‗rtansa xirmonlar. 
Chorani 
qaerdan topamiz, 
Fursatga 
o‗t ketsa, 
insonlar! 
Vaqt yonar, 
Biz majlis qilamiz, 
Tamaki tutuni dimoqda. 
Shu tutun ichida 
bilamiz, 
Umrimiz yonmoqda, 
yonmoqda [2, 302]. 
Tezkor davr o‗zgarishlarining yosh avlod dunyoqarashiga ta`siri va ushbu 
ta`sirning turli avlodlar tafakkurida yuzaga keltirgan ayirmasi – otalar va bolalar 
muammosini vujudga keltirganligini shoir ―Hozirgi yoshlar‖ (1973) she`rida yengil 
yumor va beozor ifodalarda yuz yoshlardagi qariya tilidan bayon etadi. Qariya 
o‗tgan asrning 70-yillari yoshlariga nazar tashlar ekan ular tutumlaridagi yutuq va 
nuqsonlarni tahlil etib, bobolar mehnatini qadrlashga chaqiradi. Qariyaning tanbehi 
quyidagi satrlarda yuqori nuqtaga chiqadi: 
Yana der: 
―Bo‗sh qolsak tunlar bo‗lib jam 
―Chordarvesh‖ o‗qirdik qurshab tanchani. 
Bular tanimaydi Huvaydoni ham 
Erta-yu kech o‗ylar kino, tansani. 
Aqli kirarmikan bularga bir kun. 
Kim biladi qachon quyula boshlar! 
Og‗ir kun ko‗rmadi 
Balki shuning-chun 
Yengilroq o‗sdimi hozirgi yoshlar? [1, 211-212] 
tarzda she`r bandlari davomida kinolar buzayotgan kapalak mijoz, bordi-keldi 
odatidan yiroq bemehr, og‗ir kun ko‗rmay engil o‗sgan ba`zi yoshlar tanqidi 
beozor yumor vositasidagi ifodalarda aks eta boradi. 
Erkin Vohidov ijodining deyarli qirq yili sho‗ro davriga to‗g‗ri keladi. Shoir 
doimo sho‗ro davrining so‗zda, shiorlarda xalqlar do‗stligi-yu, amalda esa faqat bir 
―og‗a xalq‖ni ulug‗lovchi shovinistik siyosatini his qilib yashadi. Shu bois sobiq 
Ittifoqdagi boshqa xalqlar tarixi, madaniyati, tili, dini, urf-odatlariga mensimay 
qarash, oxir-oqibat boshqa millatlarni zimdan yo‗q qilib ruslashtirishga olib 
boruvchi siyosiy yo‗lining qanchalik g‗ayrimadaniy va g‗ayriinsoniy ekanini 
tanqid qiluvchi she`rlarni yaratdi. Tabiiyki, sho‗ro tuzumi sharoitida bu 
ijodkorlardan ulkan jasorat talab etar edi. Masalan, uning ―Ona tilim o‗lmaydi‖ 


23 
(1976) she`rida go‗yo ―Jahoniy iroda‖dan bashorat berib, ―butkul tillar yo‗qolib, 
dunyoda bir til qolishi‖ haqida so‗zlayotgan voizga shoirning javobi yanada 
keskin: ―Faust‖ yondi gurillab,
―Xamsa‖ o‗tga tutashdi. 
Bir sado jahon bo‗ylab 
Taraldi, tog‗lar oshdi. 
Bir sado yangrar hamon, 
Sira ado bo‗lmaydi. 
Olam aytar hech qachon 
Ona tilim o‗lmaydi! 
O‗zbek 
millatining boy tarixi, dunyo tamaddunini ta‘minlagan 
namoyandalari to‗g‗risida yozish xush qabul qilinmaydigan davrda Erkin Vohidov 
―O‗zbegim‖ (1968), ―O‗zbekiston‖ (1974) kabi she`riy asarlarini yaratib millat 
qaddini ko‗tardi, dardiga malham qo‗ydi. 
Tarixing bitmakka, xalqim, 
Mingta Firdavsiy kerak, 
Chunki bir bor chekkan ohing 
Mingta doston o‗zbegim... 
Menga Pushkin bir jahonu 
Menga Bayron bir jahon, 
Lek Navoiydek bobom bor, 
Ko‗ksim osmon o‗zbegim [2, 292-293]. 
―Doniqishloq latifalari‖ she`rlar turkumida esa shoir kuch-qudratga to‗lgan, 
lekin bu kuchni yangilik deya odamlarga zarar keltiruvchi ishga sarflagan shaxs 
fojiasini (―Matmusaning charxpalagi‖), tandir ichiga tushib olib o‗z izmini eshakka 
topshirgan gumroh bandaning kulgili holati (―Tandir kiygan Matmusa‖)ni 
yumoristik uslubda yoritishga erishgan. Ularda yangilik ketidan quvgan jamiyat
o‗z tandiri‖ga kirib olib boshqaruvni eshakmiyaga topshirgan, natijada yo‗lini 
yo‗qotgan sho‗ro davlati yashirin tarzda kulgi ostiga olingan. Yoki, to‗qqiz oyda 
bajariladigan yumushni uch oyda bajarish talabini qo‗ygan, bajarilmagan ishni 
bajarildi deya bong urayotgan jamiyatning kulgili holati (―Matmusaning 
uylanishi‖) o‗ziga xos talqin topganini ko‗ramiz. 
E.Vohidovning ―Oqsoqol‖ (1977) she`rida zulmu zug‗umga, ayovsizligu 
shafqatsizlikka asoslangan qatag‗on siyosatini qo‗msovchi Oqsoqol obrazi talqini 
orqali urush davrining so‗nggi yillari tasviri aks ettiriladi. ―Shum bola‖ (1991) 
she`rida rest so‗zni yoqtirmaydigan jamiyat manzarasi aks ettirilsa, ―Bizlar arra 
tortmoqdamiz‖ she`rida esa o‗zi qurigan shoxga o‗tirib olib tishsiz arra bilan ushbu 
shoxni kesishga uringan kimsalar vositasida yolg‗onchi jamiyatning yolg‗onchi 
amaldorlari fosh etiladi. ―Bu zamon g‗azali‖ she`rida esa shoir sho‗ro saltanati 
parchalanishi arafasidagi ―bo‗ri bilan tozilar tillashgan‖, ―o‗g‗ri bilan qozilar 
birlashgan‖ jamiyat tasvirlansa, bu holdan mudrayotgan el qiyofasi ―Tush‖ 
she`rida aksini topgan.
Shoir ―dil olami, ishq olami, ruh olami bo‗lmagan, halqum uchun imonini, 
vijdonini qurbon qilgan‖, ―choyxonadagi oshxo‗rlikni baxt, bir kunlik halovatni 


24 
naqd‖ deb bilan shaxslar mavjud jamiyatdagi illatlarni tanqid qilar ekan, nekbin 
tuyg‗ularini ―Vatan istagi‖ (1991) she`rida 
Bu Vatanda bir Vatan 
Qurmoqni istaydir ko‗ngil, 
O‗zni ozod qush kabi 
Ko‗rmoqni istaydir ko‗ngil [2, 332 ]. 
deya ifodalaydi. 
Xullas, akademik N.Karimov ta`kidlaganidek, ―Fojiali davr, fojiali voqea 
haqida kulib yozish, hajviy tasvir vositalarini o‗ynatib, chaqmoq yanglig‗ 
charaqlatib yozish oson emas‖ [3, 31]. Erkin Vohidov ana shu vazifani 
muvaffaqiyat bilan bajardi. Uning ―Tasavvur‖ (1969) she`ridagi 
Mendami ixtiyor? 
Yugurar zamon, 
Shiddati o‗tadi har bir tolamdan. 
To‗xtasam, to‗kilgum bir tomchisiman, 
Tomchidek yo‗q bo‗lib ketgum olamdan [2, 290]. 
tarzdagi bashoratomuz fikrlari bugun o‗z isbotini topmoqda. Zamon shiddatini har 
tolasiga joylagan ulug‗ ijodkor asarlarining harakati ko‗plab avlodlar qalbiga 
singib davom etmoqda. Shu bois ushbu asarlar umrboqiy va o‗lmasdir. 
Adabiyotlar: 
1.
Vohidov E. Saylanma. Ikki jildlik. Birinchi jild. Muhabbatnoma. –
Toshkent: G‗.G‗ulom nomidagi Adabiyot va san`at nashriyoti, 1986.
2.
Vohidov E. Iztirob. –Toshkent: O‗zbekiston, 1992.
3.
Karimov N. Erkin Vohidov gulshani. To quyosh sochgayki nur. Erkin 
Vohidov hayoti va ijodi zamondoshlari nigohida. –Toshkent: O‗zbekiston, 2016.

Yüklə 4,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   259




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə