Zbekiston respublikasi oliy va o



Yüklə 4,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/259
tarix05.06.2022
ölçüsü4,25 Mb.
#88919
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   259
id313213

 
 
ERKIN VODOV LIRIKASIDA VATAN MAVZUSI 
 
 
 
 
 
 
 
 
Azimiddin NASIROV,
 
 
 
 filologiya fanlari doktori (SamDU)
 
 
XX asr o‗zbek adabiyoti juda katta taraqqiyot bosqichini bosib o‗tdi. Asrlar 
davomida shakllanib, taraqqiy etib kelgan she`riyat o‗tgan asrning 60-yillariga 
kelib, yana bir bor yuksalish jarayonini o‗z boshidan kechirdi. Bu davrga kelib 
adabiyotda, xususan, she`riyatda yangicha talqinlar, tuyg‗ular ifodasi yana-da, 
teranroq ifodalana boshladi. Bu jarayonda iste`dodli shoir Erkin Vohidovning 
o‗ziga xos o‗rni mavjud. Yangilanishga harakat etayotgan she`riyatning turfa xil 
ohanglarda namoyon bo‗lishini shoir she`riyati misolida asoslash mumkin. 


36 
Erkin Vohidovning o‗nlab she`riy asarlarida Vatan, millat, uning erki, 
ozodligini ifodalovchi asarlar o‗rin oldiki, bularning zamirida lirik qahramonning 
ruhiy-ma`naviy istiroblari, o‗zlikni anglashga bo‗lgan intilishlari go‗zal tashbehlar 
asosida talqin etilgan.
Adabiyotshunos Umarali Normatov qayd qilib o‗tganidek: ―Zamin, zamon 
va inson tashvishlariga hamdardlikb oddiy kundalik hodisalarida katta insoniy 
muammolarni ko‗ra bilishb, ulardan umumbashariy ma`nolar qidirish, o‗sha 
kezlari o‗zini hayajonga solgan masalalarni dadil o‗rtaga qo‗yib, ularga javob 
izlash, odamlar e`tiborini jalb etish – bu davrdagi eng yaxshi doston va she`rlariga 
xos xususiyatidir‖ [1, 132].
Darhaqiqat, shoir lirik qahramonidagi mavjud dard va alamlar kitobxon 
qalbini larzaga solar, hayotga, tarixga teranroq nazar solishga undar edi. SHu 
jihatdan, o‗tgan asr boshlaridagi A.Qodiriy, Cho‗lpon, Fitratlar boshlagan 
an`analarni izchillik bilan she`riyatda, ya`ni o‗z ijodida davom ettirdai. 70-
yillarning so‗ngida yaratilgan ―Ruhlar isyoni‖ asarida makon va zamonni Hind 
o‗lkasiga ko‗chirib, asar qahramoni Narzul Islom obrazi misolida, millatimiz tarixi, 
uning erki, ozodligi, Ona-Vatanning mustaqilligini, shaxs erki kabi mavzularni 
baralla talqin etganligi bilan izohlash mumkin.
Yoki, Cholpon boshlagan Turkiston birligi, uning ozodligini ifodalovchi bir 
qator asarlari maydonga keldiki, bularning zamirida Ona-Vatan erki va ozodligi 
haqidagi mulohazalar o‗z ifodasini topgan edi. Masalan: ―Turkiston bir, vatan bir‖ 
she`ridan o‗rin olgan quydagi misralarga e`tibor qarataylik: 
Qadim ona bu tuproq, 
Turkiston bir, vatan bir. 
Bizga jondan azizroq 
Turkiston bir, vatan bir 
Al-Beruniy yodi bor, 
Yassaviy faryodi bor, 
Qashg‗ariy ijodi bor, 
Turkiston bir, Vatan bir yu... [2, 202] 
Yuqorida qayd qilgan mavzularni Erkin Vohidov mazmunan boyitib, lirik 
qahramon kechinmalari asosida parchalangan Turkistonning birligini, Vatanning 
ajralmas tarixi borligiga e`tibor qaratadi. Shuning uchun ham boshqa bir o‗rinda 
qayd etilganidek: 
Yovlar pora qilgan tan, 
Xomtalmsh bo‗lgan vatan. 
Oh, bo‗lurmi qaytadan 
Turkiston bir, Vatan bir... misralarida lirik qahramonning qalb to‗la 
armonlari, umidlari mujassamlashgan. ―Vatan qadri‖ nomli she`rida esa, Vatanning 
ulug‗ligini, unga bo‗lgan muhabbatini, undan-da, aziziroq narsa yo‗qligini juda 
go‗zal misralarda mujassamlashtiradi: 
Ey, vatandoshim, eshit 
Boburu, Furqat nolasin, 
Besabab anduh tig‗ida 


37 
Bag‗rini tilmas kishi, 
Bilma, farzandim, vatan hajrini, 
Lek qadrin bil – 
Kim vatan qadrin bilmas, 
Angla, komilmas kishi. 
Shoir lirik qahramon asosida, uning inja tuyg‗ulari orqali haqiqatga tik 
qaraydi. Bu haqiqatning zamirida, vatanga bo‗lgan muhabbat bilan bir qatorda, 
uning erki, ozodligi, go‗zalligini anglash, vatanga bo‗lgan e`tiqodni his eta olish 
tushunchasi mujassamlashgan. Shu bilan birgalikda, hayotning yashashning 
mohiyatini anglash, tushunish falsafasi ham o‗z ifodasini topgan. Vatan haqida 
she`r yozmagan ijodkor deyarli mavjud emas, ammo iste`dodli ijodkorning Vatan 
haqidagi she`rlaridagi tarix, o‗tmiz voqeligi shunday tashbehlar, talmehlar asosida 
betakrorlik kasb etadi. 
Xullas, ma`lum bir davrdagi mafkuraviy ziddiyatlarga qaramasdan, Erkin 
Vohidov ijodida Vatan mavzusi falsafiy misralar zamiriga singdarildiki, bu 
tushunchani o‗nlab she`rlari yoki birgina ―O‗zbegim‖ qasidasi misolida asoslash 
ham mumkin. Xalq taqdiri, vatan erki, ozodligi kabi tushunchalar zamirida ona-
Vatanga bo‗lgan muhabbat, sadoqat mujassamlashgan.
Istiqlol yillarida ham bu mavzu shoir ijodida yana-da, falsafiy tushunchalar 
zamiriga singdirilib, olam va odamni anglash, o‗zlikni qidirish, komil inson kabi 
badiiy-estetik talqinlarni yuzaga chiqishiga asos bo‗ldi. Bu kabi tasvirlar 
uyg‗unligini ―Kuzatish‖, ―O‗zbekiston bog‗lariga qaytib keldi bulbullar‖, ―Kel, ey 
Bobur Vatanga...‖ kabi o‗nlab asarlar misolida isbotlash mumkin.
Umumun olganda, shoir she`riyati millatni uyg‗onishi, o‗zlikni anglashi, 
komil inson sifatida Vatanga bo‗lgan muhabbat tushunchalari bugungi yoshlarni 
tafakkur qilishga, mulohaza yuritishga, sadoqatga, haqiqatga tik qarashga undaydi.
Adabiyotlar: 
1.
Normatov U. Ijod sehri. – Toshkent: Sharq, 2007. – 352 b. 
2.
Vohidov E. Umrim daryosi. Saylanma, 3-jild. – Toshkent: Sharq, 2001, - 400 
b.

Yüklə 4,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   259




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə