Ўзбекистон Республикаси


II.5. SOG‘LIQNI SAQLASH VA IJTIMOIY TA’MINOT SOHASIDA KASBGA YО‘NALTIRIB О‘QITISH YUZASIDAN TAVSIYALAR



Yüklə 1,51 Mb.
səhifə13/17
tarix17.01.2018
ölçüsü1,51 Mb.
#20983
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17

II.5. SOG‘LIQNI SAQLASH VA IJTIMOIY TA’MINOT SOHASIDA KASBGA YО‘NALTIRIB О‘QITISH YUZASIDAN TAVSIYALAR

10 – dars

Darsning mavzusi: О‘zbekistonda genetik injeneriya va biotexnologiya fani yutuqlari. Biotexnologiyaning kelajagi haqida.

Darsning talimiy maqsadi: О‘quvchilarni genetik injeneriya va biotexnologiya fanlari sohasida qо‘lga kiritilgan yutuqlar, gen, hujayra injenerligi usullarini qо‘llab qator yuqumli va irsiy kasalliklarning gen injenerligi tashxisi biotexnologiyasi, irsiylanish qonuniyatla-rini о‘rganish va oldini olish borasida olib bori-layotgan izlanishlar, “asos” hujayralardan “yangi” organlar yaratish texnologiyasi, “Sog‘lom avlod uchun” Davlat dasturi, onalik va bolalikni asrash va tibbiy yordam kо‘rsatishni yaxshilash bо‘yicha davlat qarorlari bilan tanishtirish.

Darsning tarbiyaviy maqsadi: О‘quvchilarni genetik injeneriya va biotexnologiya fanlari sohasida qо‘lga kiritilgan yutuqlari va kelajagi bilan tanishtirish orqali ularda milliy g‘ururni shakllantirish va iqtisodiy tarbiya berish.

Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: О‘quvchilarni respublikamizda genetik injeneriya va biotexnologiya sohasida qо‘lga kiritilgan yutuqlari va mazkur fanlarning kelajagi bilan tanishtirish orqali ularning biologik tafakkurini kengaytirish, darslik ustida mustaqil ishlash kо‘nikmalarini rivojlantirish.

Darsni jihozlash: Genetik injeneriya va biotexnologiya fanlari sohasida qо‘lga kiritilgan yutuqlar aks ettirilgan jadvallar.

Darsda foydalaniladigan texnologiya: Didaktik о‘yin texnologiyasi

(konferensiya).



Asosiy tushunchalar va tayanch bilimlar: Genetik injeneriya va hujayra injeneriyasi sohasida qо‘lga kiritilgan yutuqlar, an’anaviy va zamonaviy biotexnologiya, genlarni klonlash va transformatsiya, “yangi organlar”ni yaratish texnologiyasi, atamalar izohi. Biotexnologiyaning predmeti, vazifalari, nazariy va amaliy ahamiyati.

Darsning borishi:

I. Tashkiliy qism.

II. О‘tgan mavzu yuzasidan о‘quvchilarning bilimlarini nazorat qilish va baholash uchun topshiriqlar berish. (1 – ilova)

III. О‘quvchilarni dars mavzusi, maqsadi, borishi bilan tanishtirish.

О‘qituvchi ushbu darsni о‘tishdan bir hafta avval о‘quvchilarni 4 ta guruhga ajratib ularni biotexnologiya sohasida ishlayotgan olimlar maqomini beradi.

IV. О‘quvchilar guruhi о‘qituvchining tavsiyasiga binoan quyidagi mavzulardan biri bо‘yicha ma’ruzalar tayyorlaydi:

1. Genetik injeneriya sohasida qо‘lga kiritilgan yutuqlar.

2. Biotexnologiyaning predmeti, vazifalari, nazariy va amaliy ahamiyati.

3. Zamonaviy biotexnologiyaning yutuqlari.

4. Hujayra injeneriyasi ynalishidagi biotexnologiya yutuqlari.

5. О‘zbekistonda genetik injeneriya va biotexnologiya fanining tibbiyot sohasidagi yutuqlari

6. Biotexnologiyaning kelajagi haqida.


О‘qituvchi darsning tashkiliy qismidan sо‘ng о‘quvchilarni darsning maqsadi, о‘quvchilar tomonidan olib boriladigan ishlar bilan tanishtiradi. Sо‘ngra konferensiya boshlanadi.”Olimlar” maqomini olgan о‘quvchilar о‘zlari izlangan mavzulari bо‘yicha ma’ruza qiladilar. Ma’ruzalar tugagach, о‘quvchilar о‘rtasida о‘quv bahsi va munozara tashkil etiladi. О‘qituvchi dars sо‘nggida о‘quvchilarni rag‘batlantiradi va mavzuni yakunlaydi.

V. Yangi mavzu yuzasidan о‘quvchilarning bilimlarini nazorat qilish va baholash uchun topshiriqlar berish.

VI. Uyga vazifa berish. Mustaqil ravishda 10-§ matnini о‘qing. Darslikning 72 – betidagi savollarga javob bering. Jadvallarni tо‘ldiring. Test topshiriqlaridan tо‘g‘ri javobni aniqlang.

Оzbekistonda genetik injeneriya va biotexnologiya fani yutuqlari. Biotexnologiyaning kelajagi haqida” mavzusidagi didaktik оyin texnologiyasidan foydalanilgan konferensiya darsning texnologik xaritasi



TEXNOLOGIK BOSQICHLAR

О‘QITUVCHINING FAOLIYATI

О‘QUV CHINING FAOLIYATI

I bosqich

Tashkiliy qism

5-minut


О‘quvchilarni dars mavzusi, maqsadi, borishi bilan tanishtiradi.

Uyga berilgan topshiriqlarning bajarilganligini tekshiradi.



Dars mavzusi, maqsadi, borishi va unda bajariladigan topshiriqlarni anglaydi.

II bosqich. О‘tgan mavzu yuzasidan о‘quvchilarning bilimlarini nazorat qilish va baholash.

15-minut


Bajariladigan о‘quv topshiriqlari va ularning didaktik maqsadi bilan tanishtiradi. О‘tgan mavzu yuzasidan о‘quvchilarning bilimlarini nazorat qilish va baholash uchun 1 – ilovadagi topshiriqlarni beradi.

Bajariladigan о‘quv topshiriq­lari uuzasidan kо‘rsatmalar va didaktik maqsadni anglaudi.

О‘z о‘quv faoliyatini tashkil eta­di.

О‘tgan mavzu yuzasidan о‘z bilimini nazorat qilish va baholash uchun 1 – ilovadagi topshiriqlarni bajaradi.


III bosqichО‘quvchilarning bi­lish faoliyatini tashkil etish. 5 minut

О‘quvchilarni dars mavzusi, maqsadi, borishi bilan tanishtirish.

Dars mavzusi, maqsadi, borishi bilan bajariladigan о‘quv topshiriq­­lari uuzasidan kо‘rsatmalarni anglaudi.

IV bosqich

Yangi mavzuni о‘rganish.

40-minut


О‘quvchilardan “olimlar” guruh­larini va ularning mustaqil ishini tashkil etadi.

О‘quv materialini topshiriqlar yordamida mustaqil о‘zlashtirili­shi­ni ta’minlaydi.

Har bir guruh о‘quv materiali yuzasidan tayyorlagan ma’ruzala­ri­ni tinglaydi. Har bir ma’ruza yakunida о‘quvchilar bilan savol-javob, о‘quv bahsi о‘tkazadi.


“Olimlar” guruhiga beril­gan topshiriqlarni baja­ra­di:

1-guruh.Genetik injeneriya sohasida qо‘lga kiritilgan yutuqlar.

2-guruh. Biotexnologiyaning pred­meti, vazifalari nazariy va amaliy ahamiyati.

3-guruh. Zamonaviy biotex-nologiyaning yutuqlari.

4-guruh. Hujayra injeneriyasi yunalishidagi biotexnologiya yutuqlari.

Har bir guruh topshiriq yuzasidan ma’ruzalar tayyorlay­di.

О‘quvchilar bilan о‘tkaziladigan savol-javob, bahsda faol ishtirok etadi.


V bosqich. Yangi mavzu yuzasidan о‘quvchilarning bilimlarini nazorat qilish va baholash. 10-minut

Yangi mavzu yuzasidan о‘quvchilarning bilimlarini nazorat qilish va baholash uchun 2 – ilovadagi topshiriqlar beradi.

Yangi mavzu yuzasidan о‘z bilimini nazorat qilish va baholash uchun 2 – ilovadagi topshiriqlarni bajaradi.

VI bosqich

Erishilgan natijani tahlil qilish va yakun yasash Uyga vazifa berish. 5-minut.



О‘quvchilar faoliyatini tahlil qiladi, о‘quvchilarga mustaqil va ijodiy ish topshiriqlarini beradi.

О‘z о‘quv faoliyati va erishgan natijasini tahlil qiladi va baholaydi. Mustaqil va ijodiy ish topshiriq­larini oladi.



1-ilova

1 – topshiriq. Test savollariga javob bering.

1. Genlami klonlash va rekombinant DNK olish texnologiyasi qaysi kashfiyot asosida ishlab chiqilgan?

A. Restriktaza va ligaza fermentlariniog ochilishi. B. Gibridoma olishning kashf etilshi.

D. Monoklonal antitananing kashf etilishi. E. Gibrid hujayraning kashf etilishi.

2. Poliklonal antitanaga xos xususiyatni toping.

A. Faqat о‘ziga tegishli antitana guruhini taniydi. B. Turli antigen aralashmasidan iborat

D. Bir xil antitana aralashmasidan iborat va faqat о‘ziga tegishli antigen gruppani taniydi

E. Bir xil antitana aralashmasidan iborat

3. Nechanchi yilda, qaysi olim tomonidan, qaysi usulni qо‘llash natijasida yuksak hayvonlar klonlarini yaratish biotexnologiyasini ishlab chiqdi?

A. 1982 yil, S.Jatayev, gen injeneriyasini.

B. 1978 yil, F.Muhamedxanov, hujayra injeneriyasini.

D. 1977 yil, J.Guordon, hujayra injeneriyasini.

E. 1802 yil, Milshteyn, limfosit hujayrasini.

4. Gibridoma hujaytalar olish texnologiyasi qaysi kashfiyotga asoslangan holda ishlab chiqilgan?

A. Restriktazaning kashf etilishi. B. Ligaza fermentini olish.

D. Monoklonal antitanalarning kashf etilishi. E. Hujayra injeneriyasi.

5. Biror genni hujayraga kiritish uchun qaysi bakteriyaning hujayrasidagi plazmiddan foydalaniladi?

A. Agrobakterium. B. Tugunak. D. Sut kislotasi. E. Sirka kislotasi.

6. Boyer va Koyenlar nechanchi yilda qanday ish qilganlar?

A. 1972 yilda mutatsiya nazariyasini yaratganlar.

B. 1989 yilda о‘simliklarda regulyator genni aniqlaganlar.

D. 1965 yil, xromosoma nazariyasini yaratdilar.

E. 1972 yil, sun’iy ravishda rekombinant DNK olishni va genlarni klonlashni amalga oshirgan.

7. Monoklonal antitana nima uchun ishlatiladi?

A. Splenotsitlar va miyeloma hujayralaridan iborat gibridoma bosil qilish uchun.

B. Gibridoma hujayralardan klonlar yaratish va zigotaga kiritish uchun.

D. Xastaliklarni о‘ta aniq tashxis qilish uchun.

E. Poliklonal antitana hosil qilish uchun.

8. Transgen kalamushni olishda qaysi usuldan foydalanilgan?

A. Zigotaga boshqa jinsiy hujayra yadrosi kiritilgan. B.Zigotaga somatik hujayra yadrosi kiritilgan.

D. Zigotaga boshqa kalatish embrional hujaytasidan olingan yadro kiritilgan

E. Zigotaga har xil genlar mikroineksiya qilingan

9. Nechanchi yilda, qaysi olim tomonidanqaysi texnologiya asosida ,qо‘yning kloni yaratildi?

A. 1997 yil, Roslin , hujayra injeneriyasini.

B. 1978 yil, F.Muhammedxanov, hujayra injeneriyasini.

D. 1977 yil, J.Guordon, hujayra injeneriyasini.

E. 1802 yil, Milshteyn limfosit hujayrasini.

10. Limfotsit yoki har qanday normal hujayra, rak hujayrasinin qо‘shilishi natijasida hosil bо‘lgan,tez bо‘linuvchi duragay hujayralar tо‘plami nima deb ataladi?

A. Gibridoma. B. Plazmid. D. kallus tоqima. E. Transpozon.
Test javoblari: 1. A. 2. B. 3. D 4. D. 5. A. 6.E. 7. D . 8. E. 9. A. 10. A.
2 – ilova

Yangi mavzu bо‘yicha о‘quvchi lar bilimini nazorat qilish uchun topshiriqlar.



1 – topshiriq. Savollarga javob bering.

1. Transgen quyon qanday olingan?

2. Kо‘p miqdorda yuqori sifatli sut beruvchi qoramollarni zudlik bilan qanday kо‘paytirish mumkin?

3. Qanday yо‘l bilan sigirlarda sog‘iladigan sut miqdorini oshirishga erishish mumkin?

4. Biotexnlogiya haqida tushuncha berin

5. Genlar terapiyasi nima?
2 – topshiriq. Jadvalni tо‘ldiring.




Olimlar

Kashfiyotlarining mohiyati

1

I. Abdurahmonov




2

S. Azimova




3

R. S. Muhamedov,

B. Irisboyev






4

B. Irisboyev ,

G. Hamidullayeva






5

R. S. Muhamedov,

A. Ikromov






6

O. T. Odilova





3 – topshiriq. An’anaviy va zamonaviy biotexnologiyalarni ta’qqoslang.


Biotexno-logiya jihatlari

An’anaviy biotexnologiya

Zamonaviy biotexnologiya

Qachon paydo bо‘lgan?







Misollar.






Qanday jarayonlarga asoslanadi?







29-dars. Darsning mavzusi: Ekologiya fani, uning vazifalari va о‘rganish usullari.

Darsning talimiy maqsadi: о‘quvchilarni ekologiya fani, vazifalari, predmeti, asosiy bо‘limlari, metodlari, asosiy ekologik tushunchalar bilan tanishtirish.

Darsning tarbiyaviy maqsadi: о‘quvchilarni tirik organizmlarning tuzilish darajalari va ularni о‘rganadigan fanlar bilan tanishtirish orqali ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, ekologik tarbiya berish.

Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: о‘quvchilarning biologik fanlar sistemasi, xususan, ekologik muhit haqidagi tushunchalari, darslik ustida mustakil ishlash, kuzatish kunikmalarini rivojlantirish.

Darsni jihozlash: ekologiyaning boshqa fanlar bilan aloqasi, bо‘limlari, metodlari aks etgan jadval.

Darsda foydalaniladigan texnologiya: didaktik о‘yin texnologiyasi. (Taqdimot darsi)

Asosiy tushunchalar va tayanch bilimlar: ekologiya fanining boshqa fanlar bilan о‘zaro bog‘lanishi, vazifalari, predmeti va bо‘limlari, metodlari, asosiy ekologik tushunchalar;

Darsning borishi:

I. Tashkiliy qism. О‘quvchilarni dars mavzusi, maqsadi va borishi bilan tanishtirish.

II. О‘tgan mavzu yuza-si­dan о‘quv chilar-ning bilimla­ri­ni nazorat qi­lish va baholash. (1 – ilova)

III. О‘quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish.

IV. Yangi mavzuni о‘rganish:

Reja:


1. Ekologiya fanining boshqa fanlar bilan о‘zaro boglanishi;

2. Ekologiya fanining vazifalari;

3. Ekologiya fanining predmeti va bо‘limlari;

4. Ekologiya fanining metodlari;

5. Asosiy ekologik tushunchalar;

6. Ekologik omillarning inson salomatligiga ta’siri. Atrof - muhit ifloslanishi bilan bog‘liq kasalliklar.

7. Inson ekologiyasi. Inson organizmi murakkab biologik sistema.

О‘qituvchi ushbu darsni tashkil etishdan avval, о‘quvchilar guruhi bilan muayyan tayyorgarlik ishlarini olib boradi. О‘quvchilarga ekologiya fani sohasida ishlayotgan “olimlar” maqomini berib, ular zimmasiga ekologiya fanining о‘rganish obyektlari va predmeti, ekologiya fanlari sistemasi, ekologiyaning ilmiy-tadqiqot metodlari, ekologiyaning nazariy va amaliy ahamiyati bо‘yicha axborot tо‘plash va о‘quvchilarni tanishtirish vazifasi yuklatiladi.

О‘qituvchi darsning tashkiliy qismidan sо‘ng, о‘quvchilarning avval о‘quv fanlaridan о‘zlashtirgan bilimlarini faollashtiradi, sо‘ngra о‘quvchilarni dars mavzusi, maqsadi, borishi bilan tanishtiradi. Shundan sо‘ng ekologiya fanining taqdimoti boshlanadi.

“Olimlar” maqomini olgan о‘quvchilar navbat bilan о‘quvchilarni ekologiya fanining о‘rganish obyektlari va predmeti, sistemasi, ekologiyaning ilmiy-tadqiqot metodlari, nazariy va amaliy ahamiyati bilan tanishtiradi. О‘qituvchi taqdimot tugagandan sо‘ng, ilova va darslikda berilgan topshiriqlar asosida о‘quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etadi.(2 – ilova)

О‘quvchilar о‘zlashtirgan bilimlarini nazorat qilish va baholash. (3 – ilova)

V. О‘quvchilar bilimini nazorat qilish va baholash.

VI. Darsni yakunlash va uyga vazifa berish. Mustaqil ravishda 29-§ matnini о‘qing. Darslikning 211– betidagi savollarga javob bering. Test topshiriqlaridan tо‘g‘ri javobni aniqlang.
Ekologiya fani, uning vazifasi va о‘rganish usullari” mavzusidagi didaktik о‘yin texnologiyasidan foydalanilgan taqdimot darsning texnologik xaritasi


TEXNOLOGIK BOSQICHLAR

О‘QITUVCHINING FAOLIYATI

О‘QUV CHINING FAOLIYATI

I bosqich

Tashkiliy qism

5-minut


О‘quvchilarni dars mavzusi, maqsadi, borishi bilan tanishtiradi.

Dars mavzusi, maqsadi, bo­rishi va unda bajarila­di­gan topshiriqni anglaydi.

II bosqich

О‘tgan mavzu yuza-si­dan о‘quv chilar-ning bilimla­ri­ni nazorat qi­lish va baholash. 10-minut.



1 - ilovadagi о‘tgan mavzu yuzasidan tuzilgan test topshiriqlari yordamida о‘quvchilarning bilimlarini nazorat qiladi va baholaydi

1 - ilovadagi о‘tgan mavzu yuzasidan tuzilgan test topshiriq­la­rini bajaradi.



III bosqich.

О‘quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish.

5-minut.


Taqdimot topshiriqlarining didaktik maqsadi, bajariladigan о‘quv topshiriqlari bilan tanishtiradi.

О‘quvchilardan “Olimlar” guru­hini va ularning mustaqil ishini tashkil etadi.



Topshiriq­ning didaktik maq­sadi, bajari­la­digan о‘quv topshirig‘i yuzasidan kо‘rsatma­ni ang­lay­di.

О‘z о‘quv faoliyatini tashkil etadi.




IV.Yangi mavzuni о‘rganish.

40-minut




О‘quv materialini topshiriqlar yordamida mustaqil о‘zlashtirilishini ta’minlaydi.

Har bir guruh о‘quv materiali yuzasidan tayyorlagan ma’ruza­lari­ni tinglaydi.

Har bir ma’ruza yakunida о‘quvchilar bilan savol-javob, о‘quv bahsi о‘tkazadi.


“Olimlar” guruhi topshirigini bajaradi.

1.Ekologiya fanining boshqa fanlar bilan о‘zaro boglanishi;

2.Ekologiya fanining vazifa­la­ri;

3. Ekologiya fani predmeti va bо‘limlari;

4. Ekologiya fani metodla­ri;

5.Asosiy ekologik tushun­cha­­lar; Har bir guruh о‘quv materiali yuzasidan ma’ruza tayyorlaydi. Savol-javob, о‘quv bahsida faol ishtirok etadi



V bosqich

О‘quvchilar bilimini nazorat qilish va baholash. 10-minut.



О‘rganilgan mavzu yuzasidan 2 - ilovadagi test topshiriqlari, savol­lar va didaktik jadvallar beradi.

2 - ilovadagi test topshiriqlarini ba­ja­ra­di, savollarga javob topadi va jadvallarni tо‘ldiradi.

VI bosqich

Erishilgan natijani tahlil qilish va yakun yasash. 10-minut.



О‘quvchilar faoliyatini tahlil qiladi, о‘quvchilarga mustaqil va ijodiy ish topshiriqlarini beradi.

О‘z о‘quv faoliyati va erishgan natijasini tahlil qiladi va baholaydi. Mustaqil va ijo­diy ish topshiriqlarini oladi.

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə