Зиёдулла Давронов



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/104
tarix26.06.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#90114
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   104
Çè¸äóëëà Äàâðîíîâ

V. V.
Radlov
ham 15 ta harfni o‘qigan edi, u Tomsen va o‘zining kashfiyoti
asosida yodgorliklardagi matnlarning tarjimasini birinchi bo‘lib amalga
oshirdi.
N. M. Yadrinsev topgan yodgorliklar turk xoqoni Bilqa-Qoon-
Mog‘ilyon (734-yilda vafot etgan) va uning ukasi Kul-Tegin (732-yilda
vafot etgan) qabr
toshlariga o‘yib yozilgan yodgorliklar edi. Shu
vaqtdan boshlab Yenisey va O‘rxun daryolari atrofidagi yodgorliklar


59
«O‘rxun-Yenisey yodgorliklari» deb atala boshlagan. Shuningdek, O‘rxun
yozuvi, deb ham atalgan. Keyinchalik yana ko‘plab yodgorliklar topildi. V-
VI asrlarga oid 5 ta toshdagi hamda qog‘oz, charm, yog‘och, va turli idish-
tovoqlardagi yozuvlar ham qimmatli manbalar hisoblanadi. Bu yozuvlarda
turk xoqonligining davlat tuzumi va dinlar haqidagi ma’lumotlar berilgan.
Xitoy yilnomalarida ko‘rsatilishicha, turklar o‘lganlaridan so‘ng ko‘mish
marosimi shunday ta’riflangan: o‘lgan kishining boyliklari, jangda mingan
oti bilan birga olib kuydiriladi. Xoki dafn etilib, marhum qancha dushmanni
o‘ldirgan bo‘lsa, shuncha tosh uning qabriga qo‘yiladi, uning surati ishlanadi
va qilgan ishlari o‘yib yoziladi. O‘sha davr uchun bu holatlar ham xalq ijodi
edi.
Bunday ma’lumotlar haqiqatdan ham u davrdagi qabr toshlarining
ko‘plarida uchraydi. Xususan, Mog‘ilyon va Kul-Tegin qabr toshlarida
ham, shunday fikrlar mavjuddir. Mog‘ilyon so‘nggi turk “ulug‘
xoqon”laridan bo‘lib, o‘z davlatining chegarasini kengaytirgan va
mustahkamlagan. Unga ukasi mardlik ko‘rsatib yordam bergan. Qo‘shni
davlatlar bilan yaxshi munosabat o‘rnatgan. «Yo‘qsil xalqni boyitgan», «Oz
sonli xalqni ko‘paytirgan», «Adolatli hukmdor» bo‘lgan. Hududlarda
ko‘proq ma’lum kishilarning qahramonliklari aks ettirilgan. O‘sha
paytlardagi matnlaridayoq qirg‘iz, uyg‘ur, o‘g‘uz va yana boshqa
xalqlarning, qabilalarning nomlari tilga olingan. Umuman, ushbu
yozuvlarning ahamiyati shundaki, endilikda ular bizga o‘sha davrning
falsafasi, turmush tarzi, ijodiyoti haqida ma’lumotlar beradi. Urf-odatlar,
e’tiqod va boshqalar bilan tanishtiradi. Masalan, Yenisey havzasidan
topilgan bir toshdagi yozuvda shunday deyilgan: «Mening davlatim va
mening xonim, men sizlardan lazzat ko‘rmadim, hayhot, men quyoshni va
oyni sezmaydigan bo‘lib qoldim.
Mening do‘stlarim va qarindoshlarim, hayhot men (sizlardan)
uzoqlashib, o‘z kumush xalqimdan yiroqlashdim.
O‘z qahramonlik shijoatimdan lazzatlana olmadim. Qirq yoshimda
o‘ldim, men O‘chin-Qulug-Tirig o‘g‘li, men Qulug-Tug‘an» va hokazolar.


60
Ushbu yozuvlardan ko‘rinib turibdiki, VII- VIII asrlarda xalq va
podshohlar o‘rtasidagi munosabatlar o‘z xususiyatiga ega. Qarama-
qarshiliklar, kelishmovchiliklar, turmush tarzidagi voqealar asta-sekinlik
bilan rivojlana borgan. Ana shunday bir davrda O‘rta Osiyo hayotida islom
dinining kirib kelishi bilan ahvol o‘zgargan. Mahalliy diniy qarashlar
zarbaga uchragan. Arab bosqinchilari Islom dinini xalqqa singdirish uchun
katta kuch bilan harakat qilganlar. O‘sha davrning vatanparvarlari (Rafi ibn
Leyl, Hamza as Xorij, Abu Muslim, Muqanna va boshqalar) arablarga qarshi
chiqib jiddiy zarba berganlar. Shunday bo‘lishiga qaramay, arab madaniyati
mahalliy joylarda o‘z o‘rnini topa boshlagan. Talaygina bosqinchilik
urushlaridan so‘ng IX asrning oxiriga kelib O‘rta Osiyo mustaqillikka
erishdi. Somoniylardan so‘ng Xorazmshohlar, G‘aznaviylar, Saljuqiylar,
Qoraxoniylar davlatlari paydo bo‘ldi. Buxoro, Samarqand, Marv, Ko‘hna
Urganch, Xiva kabi markazlar vujudga keldi. Bu shaharlar O‘rta Osiyoning
madaniy markazlariga aylandilar. Natijada Movarounnahr hududida
madaniy-ma’naviy, ijtimoiy-siyosiy, axloqiy, diniy-falsafiy ta’limotlarning
rivojlanishi uchun keng yo‘l ochildi. Xalq orasidan aql-idroki, tafakkuri bilan
dunyoni lol qoldiradigan qomusiy olimlar yetishib chiqdi. Natijada
matematika, astronomiya, ximiya, minerologiya, tibbiyot, san’atshunoslik,
naqqoshlik kabi sohalar tez rivojlandi. Tarixchilar, faylasuflar, g‘azal
mulkining sultonlari, «muallimi soniy», «shayxur rais»lar yetishib chiqdiki,
bu ajdodlarimizdan qancha faxrlansak kamlik qiladi. Ana shu ajdodlarimiz
sharq uyg‘onish davrini boshlab berishgan. Ular yaratgan ilmiy-falsafiy ijod
va ta’limotlar umumbashariy ahamiyatga ega bo‘lgan ta’limotga aylandi.
O‘zlarining ijodlarida vatan ravnaqi, ilm-fan, madaniyat, erkinlik, farovonlik
g‘oyalarini aks ettirdilar.
Buddachilikning Maxayana shakli Kushonshohlarning rasmiy davlat
dini, deb e’lon qilinganidan so‘ng (aytish lozimki, kushonlarning dastlabki
poytaxtlaridan biri hozirgi Kattaqo‘rg‘on yoki Shahrisabz atroflarida,
Xitoyda «To-si», ruhi, deb ataluvchi) diniy tavof markazi bo‘lgan. Mahalliy
shaharlar Balx, Marv, Termiz, Samarqand, Buxoro, Shosh, Turkiston,
Sayram, Koson, O‘sh va boshqa shaharlarda ko‘plab diniy ibodatxonalar


61
qurganlar. Buddachilikka oid kitoblar tarqatilgan. Kushonlar davlatining
asoschisi Kanishka Kadfiz tomonidan Panjobning Jalandxar shahrida
buddachilikning umumjahon jome’ yig‘ilishida «Maxayana – hamma uchun
birdek ulug‘ yo‘l» davlat dini va mafkurasi, deya e’lon qilingan. Aslida u
paytlarda Turondagi turkiy xalqlar tangriga e’tiqod qilgan. Maxayana
ta’limotining falsafiy asosi xalqlarni birlashtirishga qaratilgan e’tiqod-
mafkura bo‘lgan.
Taniqli qadimshunoslardan biri B. Ya. Stavavisskiy buddachilikni
Uzoq sharqda va Turonda keng tarqalishida yurtimizdagi avliyolar
(rohiblar)ning xizmati katta bo‘lganligini qayd qiladi. Ana shu paytdagi
rohiblar an’analarga asoslanganlar. Muqaddas suralarni shaxsan ko‘chirib,
mahalliy tillarga tarjima qilganlar. Sharhlar yozganlar. Ana shunday rohiblar
qatoriga Termizlik (oldingi nomi Tramita) Dxarmamitra, Toshkenti-iloq
vohasidan Bo Shlipotola, Shrimitra, Laqay turklaridan Dxarmanandin,
Samarqandlik Kan Sen – Xuyeylar kiradilar. Ular eramizning III-V asrlarida
yashab ijod etganlar. Buddaning asosiy g‘oyalari bo‘lgan qiyinchilikdan
qutulish yo‘llari, o‘z istaklaridan voz kechishlari, to‘la xotirjamlikka,
osoyishtalikka, mutlaq ma’sudlik holatiga erishishlarini targ‘ib qilgan
(buddada 4 ta qoida yotadi: dunyoda qiynalish, azob-uqubat mavjud,
qiynalishning sabablari, qiynalishdan qutulish mumkin, qiynalishdan
qutulishga olib chiquvchi yo‘l bor). Ko‘rib turibmizki, mamlakatimiz
hududidagi xalqlarning o‘zaro aloqalari tufayli ilk o‘rta asrlarda falsafiy ijod
rivojlangan. O‘z madaniyati, falsafasini yaratgan. Xalqlarning falsafasini
yaratishda qadimiy dinlar muhim ahamiyat kasb etgan. Ana shunday
dinlardan biri zardushtiylik dinidir.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə