Зиёдулла Давронов



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/104
tarix26.06.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#90114
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   104
Çè¸äóëëà Äàâðîíîâ

M. V.
Lomonosov
(1711-1765),
A. N. Radishchev
(1749-1802)larni ham kiritish
mumkin.
M. V. Lomonosov tabiat hodisalarining asosida zarra harakati yotadi,
deb o‘zining atom-molekulyar (korpuskulyar) nazariyasini yaratdi. Materiya
atomlardan tashkil topgan, doim harakatda, fan buni o‘rganishi va bu
sohadagi nazariyani kengaytirishi kerakligini ko‘rsatadi.


51
Fazo va vaqt V. M. Lomonosovning fikricha, materiyaning ajralmagan
holda haqiqiy mavjudligini ko‘rsatuvchi dalildir. V. M. Lomonosov
moddalarning saqlanish qonunini kashf qilish bilan moddiy dunyoning, ya’ni
tabiat taraqqiyotidagi rivojlanish dialektikasiga asos soldi.
Olimning fizika, ximiya, biologiya, geologiya va boshqa fan
sohasidagi erishgan yutuqlari uning materialistik dunyoqarashiga dalil
hamda asos bo‘ldi.
Shunday qilib, XVIII asr materialistlari, o‘sha davrdagi tibbiyot fani
erishgan yutuqlar asosida din va idealizmga qarshi chiqqanlar. Bu tarixiy
haqiqat.
Yangi davr falsafasi va nemis klassik falsafasida ijod
muammolari
Fransuz falsafasi bilan nemis klassik falsafasi ijodi XVIII asr oxiri XIX asr
boshida vujudga keldi. Bu davrda Germaniyada kapitalizm endi vujudga
kelayotgan, feodal munosabatlar yemirilayotgan edi. Nemis klassik falsafasi shu
davrdagi burjua demokratik jarayonlar va inqilobiy qo‘zg‘olonlar ta’siri ostida
vujudga keldi va rivojlandi. Nemis klassik falsafasining ijodkor namoyondalari
nemis boylarining mafkurachilari sifatida maydonga chiqdilar. Germaniya boshqa
G‘arbiy Yevropa mamlakatlariga qaraganda bir muncha siyosiy va iqtisodiy
jihatdan qoloq edi. Nemis boylar sinfi qo‘rqoq va kuchsiz edi. Ana shunday
davrda oddiy til bilan aytganda, ko‘proq “Mayda ishlar va katta xayollar bilan
shug‘ullanar edi”.
Shu davrda Germaniyada Gyote, Shiller, Lessing kabi adiblar, Kant, Fixte,
Gegel singari faylasuflar yetishib chiqqan edi. Bular ijodida nemis boylarining
o‘zaro kelishuvchanligi, qarama-qarshi tabiati o‘z ifodasini topdi. Nemis
idealizmining vakillari marksizmgacha bo‘lgan metafizik materializm
kamchiliklaridan foydalanib, uni idealistik dialektika asosida tanqid qildilar va bir
qancha dohiyona ijodiy fikrlarni berdilar, chunki bu falsafiy – ijodiy tizimni
vujudga keltirgan olimlar tarixiy, tabiiy va ilmiy ma’lumotlarga suyanar edilar.
Nemis klassik falsafasi boylar tafakkurining eng yuqori bosqichi bo‘lsa-da, lekin


52
uning ijodkorlari o‘zlarining dialektik qarashlaridan kelib chiqadigan inqilobiy
xulosalari oldida ojiz edilar.
Nemis klassik falsafasining asoschisi
I. Kant
(1724-1804) publitsistika,
falsafa va huquq singari fanlar bilan shug‘ullangan. U nemis boylarining
mafkurachisi bo‘lgani uchun uning ijodida nemis boylariga xos ikkilanish o‘z
ifodasini topgan. Olim o‘z ijodida idealizm bilan materializmni, din bilan fanni
kelishtirishga urinadi, ikkinchi tomondan, u narsa va hodisani bilishni inkor etadi
(agnostitsizm). Kant ijodi asarlarining yaratilishiga qarab ikki davrga bo‘linadi:
“Tanqidgacha” va “tanqidiy davr”. Har ikki davrda ham materializm va idealizmni
kelishtirishga urinadi. Birinchi davrda unda tabiat fanlarini o‘rganishi ta’sirida
materialistik tomonlar kuchli edi. Ikkinchi davrda esa, idealistik g‘oyalar ustun
keldi. Kant o‘z faoliyatini Nyutonning kosmogoniyasini tanqid qilishdan
boshlaydi. Nyuton olam tortishish qonunini o‘z davri holatidan kelib chiqib
ifodalagan bo‘lsa, Kant uning paydo bo‘lish va rivojlanishidan boshlaydi. Nyuton
ijodidagi xudoga bog‘lanishni fojea deb, bu masalani Demokrit, Epikurlar
davomchisi sifatida tekshiradi. Quyosh tizimining paydo bo‘lishini tumanlik kelib
chiqishi bilan tushuntiradi va hech qanday turtki yo‘q deya, materiyani doimiy
paydo bo‘lishi va yo‘qolib turish muammosini isbotlashga harakat qiladi. Kant o‘z
oldiga ilmiy bilishning imkoniyati haqidagi muammoni vazifa qilib qo‘yadi.
Uning fikricha, avval insonning bilish imkoniyatini tekshirishi kerak. Bu esa bilish
jarayonini bilish lozim bo‘lgan narsalar bilan bir qatorda qo‘yishga olib keladi.
Ammo, I. Kant tafakkurni chegaralab qo‘yadi. Uning ijodida, narsalarning
voqeligi o‘z mohiyatidan farq qiladi. Ob’yektiv dunyo bor, lekin ular (narsa)
o‘zida bo‘lib, uni bilish mumkin emas, deydi. Kantning bu fikri agnostitsizmga
olib keladi. Kantning fikricha, voqelik tartibsiz bo‘lib, bizning ongimizgina tajriba
bilan bog‘lanmagan holda u voqelikka umumiy zaruriy qonuniyatlar kirgizadi.
Demak, Kantning fikricha narsa ong bilan muvofiqlashuvi kerak.
Kantning xizmati metafizik uslubni tanqid qilish va dialektik uslubga
yaqinlashuvida, kishi tafakkuridagi qarama-qarshiliklarni e’tirof qilishidadir. Kant
falsafasidagi idealizm va materializm sohalari nemis falsafasining rivojlanishiga
katta ta’sir ko‘rsatdi.
Uning falsafasi G. Gegel idealizmi va Feyerbax materializmida namoyon
bo‘ldi.
Gegel
(1770-1831) falsafasida nemis idealizmi eng yuqori cho‘qqiga
chiqqan bo‘lib, falsafadagi yetakchi masala ob’yektiv idealizm asosida hal qilindi.
U tabiat, jamiyat hodisalarining asosida dunyoviy ruh yotadi, deb tasdiqladi.


53
Dunyoviy ruh birinchi, tabiat esa hosila, deydi. Gegel ijodining asosini mutlaq
g‘oya tashkil qiladi. Gegel falsafiy tizimi bilan uning uslubi orasida ziddiyat bor
edi. Bu ziddiyat nemis boylarining tabiatini, ya’ni bir tomondan, eskicha feodal
munosabatlarga qarshi kurashi bo‘lsa, ikkinchi tomondan, o‘sib kelayotgan
ishchilar sinfining harakatidan cho‘chishni ifodalar edi. Gegel falsafiy ijodida
rivojlanish g‘oyasini ilgari surilishi bilan dialektik uslubga olib keldi.
Dialektik uslub Gegel ijodining ratsional mag‘zini tashkil qiladi. Gegel
dialektik harakatning umumiy shakllarini birinchi bo‘lib to‘la-to‘kis va ongli
ravishda tasvirlab bergan.
Gegelning boy mazmunga ega bo‘lgan keng va chuqur rivojlanish haqidagi
ta’limotiga ko‘pgina faylasuflar ijobiy baho bergan. Gegelning pastdan yuqoriga,
oddiydan murakkabga qarab boruvchi dialektik rivojlanish haqidagi ta’limoti
metafizik ta’limotga berilgan zarbadir. Gegel dialektikaning qonunlarini, garchand
idealistik asosda bo‘lsa ham, birinchi bo‘lib ta’riflagan.
Ziddiyatlarning realligini e’tirof etib, metafizikaga qarama-qarshi bo‘lgan
fikrni bergan Gegel, ziddiyat harakat va rivojlanishning ichki manbaini tashkil
etishini, qarama-qarshiliklar birligi va kurashi dialektikaning asosiy qonuni
ekanligini isbotlaydi.
Gegel rivojlanishning asta-sekin miqdor o‘zgarishlaridan sifat o‘zgarishiga
sakrashlar orqali o‘tishini tasniflab, dialektikaning miqdor o‘zgarishidan sifat
o‘zgarishiga o‘tish qonunini asosladi. Rivojlanishda eski bilan yangi o‘rtasidagi
bog‘lanish mavjudligini va rivojlanishning yuqori bosqichida inkor etilayotgan
quyi bosqich ijobiy mazmunining saqlanishini isbotlab, inkorni inkor qonunini
ochdi. Gegel dialektikaning asosiy qonunlaridan tashqari, sabab va oqibat,
ziddiyat, zaruriyat va tasodif, imkoniyat va voqelik, mazmun va shakl, mohiyat va
hodisa kabi dialektika kategoriyalarini ham tavsiflab berdi. Bular Gegel ijodining
ilg‘or tomonlari va uning asosiy xizmatlaridir.
Gegelning xizmati yana shundaki, u birinchi bo‘lib, butun tabiiy, tarixiy va
ma’naviy dunyoni bir jarayon shaklida, ya’ni uzluksiz harakat qilib, o‘zgarib,
qaytadan tuzilib, taraqqiy qilib turadigan holda ko‘rsatadi va bu harakat bilan
taraqqiyotning ichki bog‘lanishini nazariy jihatdan ochib berishga urinadi.
Gegelning vazifani amaliy jihatdan hal qilmaganligining bu yerda ahamiyati yo‘q.
Uning tarixiy xizmati bu vazifani o‘rtaga qo‘yganligida edi.
Gegel ijodining asosiy yutug‘i falsafiy tizimidir. U ob’yektiv idealist
bo‘lganligi uchun materializmga qarshi edi. U moddiy dunyoni mavhum


54
g‘oyaning mujassami, uzluksiz rivojlanish jarayoni real dunyoga emas, mutlaq
ruhga xos deb, dunyoning asosi ham shu ruh, deb bildi.
Gegelning fikricha, voqelikni yaratuvchi ham mutlaq g‘oyadir. Gegel
tizimida mutlaq g‘oya o‘z rivojlanishida uch davrni boshidan kechiradi: 1) g‘oya:
tabiatdan oldin paydo bo‘lgan tafakkur holatida yashaydi. U insondan oldin paydo
bo‘lgan. Uning fikricha, kishi ongidan tashqarida yashovchi mavhum tafakkur-
mutlaq g‘oya yotadi. U buni «Logika» kitobida ifodalagan.
Mutlaq g‘oya o‘z rivojlanishining muayyan ikkinchi bosqichida o‘zining
qarama-qarshisiga - tabiatga aylanadi. Ya’ni o‘zini begonalashtiradi.
Uchinchi davrda kishi tafakkuri ijtimoiy ongning turli shakllarida o‘z
ifodasini topadi va mutlaq haqiqatga erishadi. Shu bilan mutlaq g‘oyaning
rivojlanish davri tugaydi, natijada rivojlanish bekik doiraga aylanadi.
Gegel o‘z ijodida davlat va huquq, estetika, din falsafasi masalalariga
to‘xtalib, bu sohada ham o‘zining idealistik fikrlarini beradi.
Nemis falsafasining yirik vakillaridan biri

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə