Зиёдулла Давронов



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/104
tarix26.06.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#90114
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   104
Çè¸äóëëà Äàâðîíîâ

Mirzo Ulug‘bek
(1394-1449) falsafa, ilm-fan
taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shdi. U yoshligidanoq o‘z davridagi ilm-fanga
qiziqqan. Olimlar, shoirlar, san’atkorlar, diniy ulamolar, allomalar davrasida
bo‘lib, ilmiy bahslarda qatnashgan va ilhomlangan.
Qiyin va murakkab, ziddiyatli sharoitda yashagan Ulug‘bek
mamlakatning siyosiy va iqtisodiy hayotini boshqarish bilan bir qatorda
ilmiy ijod bilan shug‘ullangan. Olimlarga rahbarlik qilgan. O‘z ustida tinmay
ishlagan, ijod qilgan. Ilmiy-falsafiy tafakkurni rivojlantirgan. U o‘z
faoliyatida falsafa, tarix, mantiq, astronomiya, matematika, tabiatshunoslik
va huquq bilimlari bilan shug‘ullanib asarlar yozgan. Yunon olimlaridan
Aflotun, Arastu, Ptolomey asarlari bilan tanishgan. Ulug‘bek o‘tmish
ajdodlardan, xususan, O‘rta Osiyo olimlaridan qolgan madaniy meros,
falsafiy qarashlardan o‘z ijodida unumli foydalangan. Uning falsafasida aql-
zakovatni jangu-jadallarga, yurt olish, boylik orttirishga emas, adolat bilan
hukm surish, mamlakatni obod qilish, adabiyot, ilm-fanni rivojlantirish
markaziy o‘rinni egallaydi. Ulug‘bek o‘z atrofiga o‘z davrining «Aflotuni»
deb nom qozongan mashhur matematik, astronom Qozizoda Rumiy va
taniqli olimlar Ali Qushchi, Mansur Koshiy, Ali ibn Muhammad Birjandiy,
Miram Chalabiy, G‘iyosiddin Jamshid, Muhammad ibn Umar Chag‘niniy
kabilarni to‘plagan. Ulug‘bek shu olimlar ishtirokida kengashlar o‘tkazib
matematika, astronomiya, geometriya fanlari yuzasidan tadqiqotlar olib
borgan. Obi rahmat soyi yoqasida rasadxona qurdirgan. Ko‘rinib turibdiki, u
tabiat muammolarini yechish bilan birga diniy e’tiqoddan voz kechmagan.
Uning falsafasida moddiylik va ma’naviylik mujassam edi. Ulug‘bek 1437
yilda «Ziji Ko‘ragoniy» risolasini yozib tugatgan. Uning asari hozirgacha
olimlar qo‘lidan tushmaydi. O‘z rasadxonasida ijod qilib, 1018 ta yulduzning
muvozanatini aniqlagan.
Mirzo Ulug‘bek ilmiy kuzatishlar olib borish va madrasada falakkiyot
ilmidan va’z aytish bilan birga madaniy-maishiy ishlarga ham jiddiy e’tibor
bergan. O‘nlab madrasa, xonaqoh, masjid, karvonsaroylar qurdirgan.
Oldinroq boshlangan Bibixonim masjidi, Go‘ri amir maqbarasi, Shohi zinda


70
ansamblining qurilishini nihoyasiga yetkazgan. Ulug‘bek haqida yuzlab
asarlar mavjudki, ularda u donishmand faylasuf, adolatli sulton, ijodkor ustoz
sifatida madh etiladi. Alisher Navoiyning «Farhod va Shirin» dostonida
«Ulug‘bek madhiyasi» degan maxsus bob mavjud. Unda Ulug‘bek zaminda
osmon yaratgan olim, deb ta’riflanadi:
Rasadkim bog‘lamish zebi jahondir,
Jahon ichra yana bir osmondir.
Bilib bu nav’ ilmi osmoniy,
Ki andin yozdi «Ziji Ko‘ragoniy».
Qiyomatga degancha ahli ayyom,
Yozarlar aning ahkomidin ahkom.
«Ziji Ko‘ragoniy» asari nazariy-kirish qism va to‘rtta katta bobdan
iborat. Birinchi bobida muallif xitoylar, hindlar, greklar, eroniylar va boshqa
xalqlarning kalendarlari bilan tanishib, o‘z fikrlarini bildiradi. Ikkinchi bobda
esa amaliy astronomiya, uchinchi bobda sayyoralar nazariyasi va to‘rtinchi
bobda astrologiya haqida o‘z fikrlarini bildiradi. Uzoq yillar kuzatish va
ilmiy tekshirishlar natijasida Ulug‘bek fazodagi sir-asrorlarni ijod qilishda,
yil, hafta va kecha-kunduzlarni belgilashda ulkan yutuqlarga erishadi.
O‘zidan oldin o‘tgan Erotosfen, Gipparx, Ptolomey, al - Batonniy, ibn
Yunus, Nosiriddin Tusiy va boshqa astronomlarning bu sohadagi yutuqlarini
orqada qoldirgan edi.
«Ziji Ko‘ragoniy» asaridan tashqari, Ulug‘bek, «Bir darajaning
sinusini aniqlash haqida risola», «Risola-dar ilmu musiqa» asarlarini ham
yozib qoldirgan. Ulug‘bek ijodi dunyoviy falsafa bo‘lib, jahon
tabiatshunosligi, ijtimoiy fanlarini rivojlantirishda muhim hissadir.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə