Зиёдулла Давронов


Islom. Diniy aqidalarni hayotiy muammolarga ijodiy tatbiq



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/104
tarix26.06.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#90114
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   104
Çè¸äóëëà Äàâðîíîâ

Islom. Diniy aqidalarni hayotiy muammolarga ijodiy tatbiq
etish masalalari
Islom dini dunyoda e’tiqod qiluvchilar miqdori jihatidan ikkinchi
o‘rinda turadi. Islom so‘zi arabcha «Xudoga o‘zini topshirish», «itoat»,
«bo‘ysunish» ma’nosini beradi. Bu dinga ishonuvchilar arabcha «Muslim»
deb ataladi. Uning ko‘pchilik shakli bo‘lgan «muslimun» so‘zining boshida


71
xalqlar orasida turlicha: forslarda – musulmon, o‘zbeklarda - musulmon,
qirg‘iz-qozoqlarda - musulmon, Ukraina-Rossiyada - bosurman, deb ataladi.
Muhammad ismini Magomed, deb aytadilar. Islom dinining kelib chiqishi
masalasini turlicha talqin qiladilar. Xudo tomonidan yuborilgan oxirigi
ta’limot, deydilar. Bu birinchi nuqtai nazar, ikkinchi nuqtai nazar: VI asr
oxiri – VII asr boshlarida Arabiston yarim orolida yuz bergan ijtimoiy-
iqtisodiy o‘zgarishlar bilan bog‘liq. Bu davrda qabilalar tugatila boshlagan.
Sinfiy jamiyat yuzaga kelgan. Hukmron sinflar jamiyatga egalik qilgan,
ya’ni ezuvchi sinflar ravnaq topgan. Avval mushrikiylik, ya’ni ko‘p xudolik
bo‘lib, endi unga barham berish payti kelgan. Qadimiy ma’naviyat va
madaniyat yanada rivojlanib, quldorlik tuzumini paydo qilgan. Yaman yarim
oroli orqali karvonlar Habashiston, Hindiston, Suriya, Misr, Vizantiya va
Eronni bog‘lagan. Makkada karvonlar to‘plangan. Savdo, chorvachilik,
hunarmandchilik, savdogarlik taraqqiy etgan. Madina ham, Makka ham
o‘sha paytda diniy markaz bo‘lgan. Undagi Ka’ba ibodatxonasi, u yerdagi
qoratosh va uch yuzdan ortiq qabila xudolarining sanamlari tufayli bu joylar
e’tiqod markaziga aylangan. Qur’onning 108 – «Al- Kavsar» (Chashma
buloq) surasida Arablarning Ka’ba ziyoratiga kelib, qurbonlik so‘yish
odatlari o‘z ifodasini topgan.
V-VI asrlarda Makkada arablarning Qurayishlar qabilasi hukmron
bo‘lib, savdo qilish natijasida boyib ketgan. Pul muomalasi, sudxo‘rlik keng
rivojlangan. Qul savdosi bo‘lgan. Sinfiy qarama-qarshiliklar kuchaygan. Bu
joylarda yahudiylar va xristianlar ham yashagan. Islom dinining paydo
bo‘lishiga yahudiy va xristian dinlari ta’sir etgan.
Yakka xudolikka ishonish islom dinigacha ham mavjud edi. Uni
dastlab Haniflar (haqiqat izlovchilar, e’tiqod qiluvchi) targ‘ib qilgan.
Muhammad
payg‘ambar 570 yilda tug‘ilgan. U Makkadagi Qurayish
qabilasiga mansub bo‘lgan Hoshimiylar xonadonidandir. U 609-610 yilda
Makkada yakka xudoga e’tiqod qilish borasida targ‘ibot boshlagan.
Qurayishlarga ummaviylar qabilasi qarshilik ko‘rsatgan. Ziddiyatlar kelib
chiqqan. Makkada ahvol keskinlashgan. Shundan so‘ng Muhammad
Madinadagi Avs va Xazraj qabilalari vakillari bilan muzokara olib borib,


72
ular yordamida Madinaga o‘tgan. Natijada 622 yili yuz bergan ko‘chish
(arabcha «hijra») dan musulmonlarning hijriy yil hisobi boshlangan.
Muhammad Hoshimiylar mavqeini tiklash uchun ummaviylarga
qarshi kurashgan. Madinada musulmonlik tez qabul qilingan. Musulmonlikni
qabul qilish ba’zida tinchlik – ba’zida urush yo‘li bilan amalga oshirilgan.
Madina kuchli davlatga aylanib, Muhammad qo‘lida birlashgan. Uning
mavqei Makkaga nisbatan jiddiy kuchaya borgan. Natijada Makka
zadogonlari Muhammad bilan kelishish yo‘lini topganlar. 630 yili Madina
qo‘shinlari Makkani qarshiliksiz qo‘lga oladi. Keyinchalik Makka aholisi
ham Muhammadning yordamchilariga aylangan. Muhammad 632 yil iyun
oyida Madinada vafot etadi. Undan so‘ng uning o‘rinbosarlari - xalifalar
davlatni boshqarganlar. Shu sababli arab xalifaligi, deb yuritiladi.
Muhammadning ilk safdoshlari (qaynotasi)

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə