5
umurt
qali
hayvonlarni; A. M. Muhammadiyev, V. V. Yaxontov, A. T.
To‘laganov, J. A. Azimov, M. A. Sultonov, S. N. Alimuhamedov
umurtqasiz hayvonlarni o‘rganishgan.
Hayvonlarning xilma-xilligi va yashash muhiti. Yer yuzida hay-
vonlarning 2 mln ga yaqin turi tarqalgan. Quruqlik, havo, tuproq,
suv havzalari hayvonlar uchun asosiy
yashash muhiti hisoblanadi.
Parazit hayvonlar uchun esa odam, hayvon va o‘simlik
organizmi
yashash muhiti bo‘ladi. Hayvonlarning tuzi
lishi va hayot kechirishi
xususiyatlari muayyan muhitga moslashgan. Masalan, suv hayvonla-
rining gavdasi suyri shaklda, oyoq
lari eshkakka aylangan. Quruqlikda
yashovchi hayvonlarning tanasi yapaloq, oyoqlari yaxshi rivojlangan
bo‘ladi. Yashash muhiti tarkibiy qismlarini tashkil etuvchi namlik,
harorat, yorug‘lik
va boshqalar ekologik omillar deyiladi.
Hayvonlarning gavda o‘lchami har xil bo‘ladi (1-rasm). Ular
qatorida og‘irligi 150 tonnaga yetadigan gigant kitlardan tortib faqat
mikroskopda ko‘rinadigan, uzunligi millimetrning o‘ndan bir, hatto
yuzdan bir ulushiga teng keladigan turlari ham bor.
Hayvonlarning ahamiyati. Hayvonlar tabiatda va inson faoliyatida
katta ahamiyatga ega. Ko‘pchilik hayvonlar yashil o‘simliklar bilan
oziqlanadi. Ular
o‘txo‘r hayvonlar deyiladi. Boshqa hayvonlarni yey-
digan hayvonlar
yirtqich; odam, boshqa hayvon va o‘simlik to‘qima-
larida yashaydigan hayvonlar esa
parazit hisoblanadi.
O‘txo‘r hayvonlar o‘simliklar va ularning qoldiqlarini maydalab,
chirishini tezlashtiradi. Ular faoliyati tufayli o‘simlik uchun zarur
bo‘lgan mineral moddalar to‘planadi;
tuproq unum
dorligi oshadi.
Hayvonlar orasida hayvonlar murdasi, organik qoldiqlar va mikro-
1-§. Zoologiya fani va uning vazifalari
1-rasm.
Hayvonlarning
solishtirma o‘lchami:
1 – gigant kalmar;
2 – ko‘k kit;
3 – akula; 4 – kap-
cha ilon;
5 – Afrika fili;
6 – jira fa; 7 – taroqli
timsoh; 8 – burgut;
9 – Afrika tuyaqushi
1
5
7
6
3
2
9
4
8
6
organizmlarni suvdan filtrlab oziqlanadigan turlari ko‘p uchraydi.
Bunday hayvonlar
tabiiy sanitarlar deyiladi.
Ular yer yuzini va suv
havzalarini ifloslanishdan saqlaydi.
Uy hayvonlari faqat go‘sht va sut beribgina qolmasdan, sanoat
uchun mo‘yna, iðak va boshqa mahsulotlar ham beradi. Arilar,
kapalaklar o‘simliklarni changlatib, ular hosildorligini oshirishga yor-
dam beradi. Hasharotxo‘r va yirtqich hayvonlar, qushlar, ko‘rshapa-
laklar, baqalar o‘rmon va qishloq xo‘jalik zararkunandalarini qirib,
foyda keltiradi.
Hayvonlar orasida odamlar, chorva mollari va o‘simliklarga ziyon
keltiradigan turlari ham ko‘p uchraydi. Qon so‘ruvchi hasharotlar
va kanalar
parazitlik qilish bilan birga, o‘lat, terlama, bezgak ka-
salliklarini tarqatadi. Atoqli vatandoshimiz Abu Ali ibn Sino o‘zi-
ning «Tib qonunlari» asarida kasallik paydo qiladigan hayvonlardan
saqlanish haqida yozib qoldirgan.
Hayvonlarni muhofaza qilish. Odamlar qadimdan yovvoyi hay-
vonlarni ovlashgan; ularning go‘shti, terisi va boshqa mahsulot-
laridan foydalanishgan; hayvonlarni qo‘lga o‘rgatishgan; ulardan
uy qo‘riqchisi va ishchi kuchi sifatida foydalanishgan. Keyin
chalik
aholi sonining ortib borishi, ov qurollarining
tobora takomillashuvi,
hayvonlar uchun zarur bo‘lgan tabiiy sharoitning buzilishi ta’sirida
Yevropa turi (qoramollar nasl boshi), tarpan (otlar nasl boshi),
Stellerov sigiri (dengiz hayvoni) yo‘q bo‘lib ketdi; Prjevalskiy oti,
zubr, bizon, jayron, xongul kabi hayvonlar uchun qirilib ketish xav-
fi tug‘ildi. Bu hol hayvonlar va ular yashaydigan muhitni muhofaza
qilishni talab etadi.
Respublikamiz hududida noyob va soni kamayib borayotgan
hayvonlarni asrab qolish va ko‘paytirish maqsadida Badayto‘qay,
Qizilqum, Zarafshon, Surxon va Hisor davlat qo‘riqxonalari,
Chotqol biosfera qo‘riqxonasi, bir qancha milliy bog‘lar va buyurt-
ma qo‘riqxonalar tashkil etilgan. O‘zbekiston Respublikasi «Qizil
kitobi»ning so‘nggi 2016-yilgi nashriga noyob va soni kamayib bo-
rayotgan hayvonlarning 205 turi kiritilgan.
1. Zoologiyaning rivojlanishida K. Linney xizmatlari nimadan iborat?
2. Yashash muhiti va uning omillari nimadan iborat?
3. Oziqlanishiga binoan hayvonlar qanday guruhlarga ajratiladi?
4. Qanday hayvonlar tabiiy sanitarlar deyiladi?
I bob. Hayvonlar to‘g‘risida umumiy ma’lumot
7
5. Qanday hayvonlar yirtqich deyiladi?
6. Qanday hayvonlar parazit deyiladi?
7. Hayvonlar sonining keskin kamayib borish sabablari nimadan iborat?
1. K. Linney:
a) hayvonlarni o‘rganish asosida evolyutsion ta’limot yaratgan;
b) hayvonlarni tur, urug‘, turkum va sinflarga ajratib o‘rganishni
taklif etgan;
d) hayvonlarning embrional rivojlanishini o‘rgangan.
2. T.Z. Zohidov va O.P. Bogdanov:
a) umurtqali hayvonlarni o‘rgangan;
b) hayvonlar ekologiyasini o‘rganishni boshlab bergan;
d) umurtqasiz hayvonlarni o‘rgangan.
Hayvonlar guruhlari va ularga mos keladigan xususiyatlarni juftlab yo-
zing.
a) tabiiy sanitarlar;
1) kasallik yuqtiradi;
b) qon so‘ruvchilar;
2) qoldiqlar bilan oziqlanadi;
d) arilar, kapalaklar.
3) gullarni changlatadi.
Lug‘at daftaringizga yozib oling.
Yashash muhiti, ekologik omillar, o‘txo‘r, yirtqich, para
zit, tabiiy sani-
tarlar, qo‘riqxona, milliy bog‘, «Qizil kitob».
Tasdiqlovchi javoblar: 1b, 2a.
Juftlab yozish javoblari: a-2, b-1, d-3.
Hayvon organizmining tuzilishi,
2-§. hayvonlarni klassifikatsiya qilish
Hayvonlarning o‘
simliklarga o‘
xshashligi va ulardan farq qilishi.
Hayvon organizmi ham o‘simliklar singari hujayralardan tashkil
topgan. Hujayralar
hujayra membranasi (po‘sti), uning ichidagi si-
toplazmada joylashgan vakuolalar, boshqa organoidlar va yadrodan
iborat. Hayvon va o‘simlik hujayralarining kimyoviy tarkibi ham
o‘zaro o‘xshash bo‘ladi. Shu bilan birga hayvonlar hujayrasi po‘sti
yupqa bo‘lishi, yashil rang beruvchi xloroplastlar bo‘lmasligi bilan
o‘simliklardan farq qiladi. Hay
vonlar
fotosintez qilolmaydi; o‘sim-
liklar hosil qila
digan organik moddalar bilan oziqlanadi. Bir hu-
jayralilar orasida o‘simlik singari fotosintez qilish xususiyatiga ega
bo‘lgan turlari ham bor.
2-§. Hayvon organizmining tuzilishi, hayvonlar klassifikatsiyasi