Zoologiya uzb 2017. indd



Yüklə 3,87 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/64
tarix23.01.2018
ölçüsü3,87 Kb.
#21848
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   64

73
7.3.
 
 
HASHAROTLAR SINFI
Hasharotlar – tabiatda juda keng tarqalgan bo‘g‘imoyoqlilar. Ta-
nasi bosh, ko‘krak va qorin bo‘limlaridan iborat. Oyoqlari 3 juft, 
boshida bir juft mo‘ylovlari, ko‘zlari va jag‘lari bor. Ko‘krak bo‘limida 
qanotlari va oyoqlari joylashgan. Ayirish organi – malpigi naychalari
tra 
xeya orqali nafas oladi. Yuragi naysimon, ko‘p kamerali, 40 ga ya-
qin turkumlari bor. Vakili yashil bronza qo‘ng‘izi. Bu qo‘ng‘iz Yevropa 
va Osiyo qit’asining deyarli hamma joyida uchraydi. 
 
  
 
Yashil bronza qo‘ng‘izining 
 20-§.   
tashqi tuzilishi
Yashash muhiti va gavda bo‘limlari. Bahor va yoz oylarida da-
lalarda gullarning ustida yirik (uzunligi 1–2 sm) yashil qo‘ng‘izlarni 
ko‘rish mumkin. Qo‘ng‘iz tanasining ustki tomoni yaltiroq-yashil
qorin tomoni esa qizg‘ish tusda bo‘ladi. Bronza qo‘ng‘izi Yevropa 
va Osiyo qit’asining deyarli hamma joyida uchraydi. Qo‘ng‘izni 
qo‘lga olib ko‘rilganda uning xitin qobig‘i qalin va qattiq ekanligini 
sezish mumkin (42-rasm).
Bosh bo‘limi. Qo‘ng‘izning boshida og‘iz va sezgi organlari joy-
lashgan. Og‘iz teshigini ustki tomondan kichik plastinka shaklidagi 
20-§. Yashil bronza qo‘ng‘izining tashqi tuzilishi 
42-rasm. Yashil bronza qo‘ng‘izining tashqi tuzilishi: 
A – orqa tomondan va B – qorin tomondan ko‘rinishi; D – uchayotgan qo‘ng‘iz: 
1 – mo‘ylovlari; 2 – boshi; 3 – ko‘zi; 4 – ko‘krak bo‘limi; 5 – ustqanot; 
6 – orqa oyoq; 7 – qorin; 8 – yurish oyoqlari; 9 – ostki qanot
6
5
4
D
B
A
3
1
8
2
7
9


74
yuqori lab, yon tomondan bir juft yuqori va pastki jag‘ 
 
lar, ostki 
tomondan pastki lab o‘rab turadi (43-rasm). Pastki lab va pastki 
jag‘lar bir juftdan paypaslagichlar bilan ta’ 
minlangan. Paypaslagichlar 
tuyg‘u va ta’m bilish organlari hisoblanadi.
7.3. Hasharotlar sinfi
1
2
3
4
5
6
A
B
43-rasm. Hasharotlar 
bosh qismining tuzilishi: 
A – ustki va B – ostki 
tomondan ko‘rinishi: 
1 – mo‘ylovlar; 2 – 
ko‘z; 3 – yuqori lab; 
4 – yuqori jag‘; 5 – 
pastki jag‘; 6 – pastki 
lab
Qo‘ng‘iz boshining ikki yonida bittadan yirik murakkab ko‘zlari 
bo‘ladi. Har qaysi ko‘z bir necha mingta zich joylashgan mayda 
oddiy ko‘zchalardan iborat. Hasharotlar ham daryo qisqichbaqa-
si singari mozaik ko‘rish xususiyatiga ega. Ko‘pchilik hasharotlar 
rangni yaxshi ajratib oladi. Ko‘zlarining oldida yelpig‘ichga o‘xshash 
mo‘ylovlari joylashgan. Erkak qo‘ng‘izning mo‘ylovi urg‘ochilariga 
nisbatan yirikroq bo‘ladi. Mo‘ylovlar hid bilish organi hisoblanadi.
Ko‘krak bo‘limi. Hasharotlarning ko‘krak bo‘limi uchta bo‘g‘im-
dan iborat. Ikkinchi va uchinchi ko‘krak bo‘g‘imlarining ustki to-
monida bir juftdan qanotlar joylashgan. Orqa tomondan ko‘krak 
bo‘limining faqat birinchi bo‘g‘imi ko‘zga tashlanadi. Ko‘krakning 
keyingi ikki bo‘g‘imi va qorin bo‘limi qattiq va qalin ustqanotlar bi-
lan qoplangan. Bu qanotlar nozik pardasimon ostqanotlarni va yum-
shoq qorin bo‘limini himoya qilib turadi. Ko‘pchilik qo‘n 
g‘izlarning 
ustki qanotlari ikki tomonga yoyilib, samolyot qanoti singari ko‘ta-
rish yuzasini hosil qiladi. Lekin bronza qo‘ng‘izining ustki qanotlari 
uchishda ishtirok etmaydi. Bu qanotlar qo‘ng‘iz uchganida ham 
tanasining orqa tomoniga yopishib turaveradi. Ustki qanotlar oldingi 
qismining ikki chetida bittadan kemtik joyi bo‘ladi. Uchishdan oldin 
qo‘ng‘iz bu kemtiklar orqali ostki qanotlarni chiqarib yoyib oladi va 
tez-tez qanot qoqib, uchib ketadi.
Qo‘ng‘izlar va boshqa hasharotlarning har bir ko‘krak bo‘g‘imi-
ga qorin tomondan bir juftdan oyoqlar birikkan. Oyoq 
lari besh 
bo‘g‘imli, oxirgi bo‘g‘imi o‘tkir tirnoqlar bilan ta’ 
min 
langan.


75
Yashash muhiti hasharotlarning tuzilishiga katta ta’sir ko‘r 
satadi. 
Yerda o‘rmalab yuradigan hasharotlar (qo‘n 
g‘izlar)ning hamma 
oyoq 
lari bir xilda tuzilgan. Sakrab harakat qiladigan chigirtkalarning 
orqa oyoqlari yo‘g‘on va uzun bo‘ladi. Suv qo‘n g‘izi va suv qanda-
lalari oyoqlari eshkakka aylangan. Tup 
roqda yashovchi buzoqboshi-
ning oldingi oyoqlari esa belkurakka o‘xshab kengaygan.
Qorin bo‘limi. Bronza qo‘ng‘izining qorin bo‘limi 8 ta bo‘g‘im-
dan iborat. Qornini yelka tomondan ustki qanotlar yopib turadi. 
Ustki qanotlar ostidan faqat qorinning uchki qismi chiqib turadi. 
Qorin bo‘g‘imlari tanasining ostki tomonidan ko‘zga tashlanadi. 
Qorin bo‘limi ko‘krak bilan harakatsiz qo‘shilgan.
1. Bronza qo‘ng‘izining tanasi qanday bo‘limlardan iborat?
2. Qo‘ng‘izning bosh bo‘limi qanday tuzilgan?
3. Qo‘ng‘izning og‘iz organlari qanday tuzilgan?
4. Hasharotlar ko‘zlari qanday tuzilgan?
5. Ko‘krak bo‘limida qanday organlar joylashgan?
6. Qo‘ng‘izning qanotlari qanday tuzilgan?
7. Hasharotlar oyoqlari qanday tuzilgan?
8. Qorin bo‘limi qanday tuzilgan?
1. Qo‘ng‘izning pastki jag‘ va pastki lab paypaslagichlari:
a) oziqni maydalash vazifasini bajaradi;
b) tuyg‘u va ta’m bilish vazifasini bajaradi;
d) ta’m va hid bilish vazifasini bajaradi.
2. Bronza qo‘ng‘izi mo‘ylovlari: 
3. Hasharotlar gavdasi bo‘limlari:
a) yelpig‘ichga o‘xshaydi; 
a) bosh, qanotlar, oyoqlar, ko‘krak;
b) arrasimon; 
b) boshko‘krak, oyoqlar, qorin;
d) patsimon. 
d) bosh, ko‘krak, qorin.
Bronza qo‘ng‘izi tanasi qismlarini ularga mos keladigan tuzilish belgilari bilan 
birga juftlab yozing.
a) mo‘ylovlar; 
1) murakkab tuzilgan;
b) ko‘zlar; 
2) yupqa, pardasimon;
d) jag‘ paypaslagichlar; 
3) qalin, xitinlashgan;
e) ustki qanot; 
4) bir xilda tuzilgan;
f) ostki qanot; 
5) yelpig‘ichsimon;
g) oyoqlar; 
6) 8 bo‘g‘imli;
h) qorin bo‘limi. 
7) tuyg‘u, ta’m bilish organlari.
Lugat daftaringizga yozib oling.
Hasharotlar, yashil bronza qo‘ng‘izi, ustqanot, ostqanot, tirnoqlar, yuqori 
jag‘lar, pastki jag‘lar, ustki lab, pastki lablar.
20-§. Yashil bronza qo‘ng‘izining tashqi tuzilishi 


Yüklə 3,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə