Zoologiya uzb 2017. indd


§. Hasharotlarning kelib chiqishi va ahamiyati



Yüklə 3,87 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/64
tarix23.01.2018
ölçüsü3,87 Kb.
#21848
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   64

95
27-§. Hasharotlarning kelib chiqishi va ahamiyati
1
4
2
3
1
2
55-rasm. Kolorado qo‘ng‘zining 
rivojlanishi: 
1 – qo‘ng‘izlar; 2 – qurtlari; 3 – barg 
ostidagi tuxumlari; 4 – tuproqdagi 
g‘umbagi
rotlar ro‘y 
xatiga hasharotlarning 
700 dan ortiq turi kiritilgan. 
Donli ekinlarga osiyo chi-
girtkasi va xasva, sab 
zavot 
va poliz ekinlariga shiralar, 
mevalarga olma qurti (54-
rasm), g‘o‘zaga g‘o‘za tunlami, 
kartosh 
kaga kolorado qo‘ng‘izi 
(55-rasm) katta ziyon keltiradi.
Omborlarda saqlanadigan 
oziq-ovqat mahsulotlariga mita 
qo‘ng‘izi katta zarar yetkaza-
di. Mita va uning lichinkasi 
donlarning ichki qismini yeb 
bitiradi. Xonadonlarda xona 
kuyasi kapalagining qurti jun 
va jundan to‘qilgan kiyim-ke-
chaklarni buzadi.
Yog‘ochdan qurilgan in-
shootlar, shahar va qishloqla-
rimizdagi binolarning yog‘och-
lik qismlari, shuningdek, tarixiy 
obidalarga termitlar katta ziyon 
keltiradi. Termitlar zararlagan 
binolar zilzila, toshqin kabi 
tabiiy ofatlarda tez qulab tu-
shadi.
Parazit va kasal tar 
qatuvchi 
hasharotlar.  Bitlar  va  burgalar    
(56-rasm) turkumiga mansub 
barcha hasharotlar, ko‘pchilik 
chivinlar, ayrim pashshalar, 
to‘shak qandalalari odam va 
hayvonlar qonini so‘rib, bezovta qiladi. Qon so‘ruvchi hasharotlar, 
shuningdek, pashshalar bir qancha kasalliklarni tarqatadi. Bitlar 
terlama, kalamush burgasi o‘lat, bezgak chivini bezgak kasalligini 
odamlarga yuqtiradi. Uy pashshalari oziq-ovqat va idish-tovoqlar 
orqali ichburug‘, sarg‘ayma va sil kabi kasalliklarni tarqatadi.


96
Zararkunanda hasharotlarga qarshi biologik kurash. Biologik 
kurash zararkunandalarga qarshi ularning kushandalaridan foy-
dalanishdan iborat. Zararkunanda hasharotlarga qarshi kurashda 
yirtqich xonqizi qo‘ng‘izi, tillako‘z, yaydoqchilardan trixogramma, 
gabrobrakon, inkarziya, hasharotxo‘r hayvonlar (qushlar, sutemizuv-
chilar, baqalar)dan foydalaniladi. Buning uchun biologik fabrika-
larda yirtqich va parazit hasharotlar sun’iy ko‘paytirilib, dalalarga 
tarqatiladi.
Biologik kurashning ya 
na bir usuli ekin ekiladigan maydonlarda 
qulay sharoit yaratish bilan foydali hayvonlarni jalb qilish va ular 
sonini ko‘paytirishdan iborat. Bu usul zaharli kimyoviy moddalarni 
qo‘llashni cheklash, almashlab ekishni joriy etish va foydali hay-
vonlarni himoya qilish orqali amalga oshiriladi.
Bo‘g‘imoyoqlilarning kelib chiqishi. Bo‘g‘imoyoq 
lilarning ajdod-
lari tuban tuzilgan halqali chuvalchanglar hisoblanadi. Trilobitlar 
halqali chuvalchanglar bilan bo‘g‘imoyoqlilar o‘rtasi 
dagi oraliq 
hayvonlar hisoblanadi. Ularning tuzilishi ko‘p tukli halqalilar-
ga o‘xshash bo‘lib, har bir tana bo‘g‘imida bir juftdan bir xil 
tuzilgan oyoqlari bo‘ladi. Tarixiy rivojlanish jarayonida halqa-
li chuvalchang 
larning suz 
gich o‘simtalari oyoqlarga aylangan; 
yupqa terisi qalinlashib, xitin qoplag‘ichni hosil qilgan. Ana 
shu yo‘l bilan halqali chuvalchanglardan sodda tuzilgan qadimgi 
7.3. Hasharotlar sinfi
A
B
D
1
3
2
1
2
E
56-rasm. Parazit va kasal tarqatuvchi hasharotlar: 
A – burga: 1 – voyaga yetgan davri; 2 – g‘umbagi; 3 – qurti; B – bit: 
1 – voyaga yetgan davri; 2 – sirkasi; D – oddiy chivin; E – bezgak chivini


97
bo‘g‘imoyoqlilar – trilobitsimonlar, ulardan qisqichbaqasimonlar 
va o‘rgimchaksimonlar, hasharotlarning esa qisqichbaqasimonlar-
dan paydo bo‘lganligi taxmin qilinadi.
1. Hasharotlar tabiatda qanday ahamiyatga ega?
2. Hasharotlar o‘simliklar uchun qanday ahamiyatga ega?
3. Qanday hasharotlar zararkunanda hisoblanadi?
4. Parazit hasharotlar qanday zarar keltiradi?
5. Qaysi kasalliklar hasharotlar orqali tarqaladi?
6. Zararkunandalarga qarshi biologik kurash nima?
7. Bo‘g‘imoyoqlilar qanday kelib chiqqan?
1. Organik qoldiqlar bilan 
2. Zararkunandalarga qarshi ularning
  
 
oziqlanadigan hasharotlar: 
   kushandalaridan foydalanish:
a) o‘simlikxo‘r va etxo‘r deyiladi; 
a) biotexnologik jarayondan iborat;
b) tabiiy sanitarlar deyiladi; 
b) ekologik toza mahsulot yetishtirish;
d) o‘laksaxo‘r deyiladi. 
d) biologik qarshi kurash deyiladi.
 
Hasharotlar nomini ularning ahamiyati bilan birga juftlab yozing.
a) Osiyo chigirtkasi
1) beda va sebargani changlatadi;
b) xasva qandalasi; 
2) jun mahsulotlarini buzadi;
d) tukli arilar; 
3) donlarni buzadi;
e) mita qo‘ng‘izi; 
4) terlama kasalligini tarqatadi;
f) xona kuyasi; 
5) ekinlarni yeb bitiradi;
g) burgalar
6) donli ekinlarni so‘radi;
h) bitlar. 
7) o‘lat kasalligini tarqatadi.
Lugat daftaringizga yozub oling.
O‘laksaxo‘rlar, go‘ngxo‘rlar, tabiiy sanitarlar, mita, xona kuyasi, bitlar, burgalar, 
shiralar, biologik qarshi kurash, biologiya fabrikalari, trilobitlar.
Masalani yeching. Burga balandlikka sakrash bo‘yicha hasharotlar chempioni 
hisob lanadi. Uzunligi 3 mm bo‘lgan burga 50 sm balandlikka sakray oladi. Bo‘yi 
170 sm bo‘lgan odam burgaga tenglashish uchun qancha balandlikka sak 
rashi 
kerak? Nima sababdan balandlikka sakrashda odam burgaga teng kelolmaydi?
Quyidagi topishmoqlarda qaysi hayvonlar to‘g‘risida ma’lumot berilgan?
33. Is biladi, it emas,
  O‘zi kichik, bit emas.
  Odamni xo‘p talaydi, 
  Qon ichmasdan qo‘ymaydi.
Tasdiqlovchi javoblar: 1b, 2d.
Juftlab yozish javoblari: a-5, b-6, d-1, e-3, f-2, g-7, h-4.
27-§. Hasharotlarning kelib chiqishi va ahamiyati
?!


Yüklə 3,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə