Generator-dvigatel sxemasi Reja


SINXRON MAShINALARNING ISHLASH PRINSIPI



Yüklə 31,32 Kb.
səhifə2/8
tarix28.11.2023
ölçüsü31,32 Kb.
#138296
1   2   3   4   5   6   7   8
Generator-dvigatel sxemasi Reja

SINXRON MAShINALARNING ISHLASH PRINSIPI
Aylanish tezligi (n) o'zgarmas bo'lib, stator tokining chastotasi f = np/60 nisbat orqali bog'liq bo'lgan o'zgaruvchan tok mashinasi sinxron mashina deb ataladi. Sinxron mashinalar elektr generatorlari, dvigatellari va reaktiv quvvat kompensatorlari sifatida ishlatiladi. Barcha Elektr mashinalari kabi ular ham qaytuvchanlik xususiyatiga ega. Sinxron mashinalar, asosan, barcha elektr stansiyalarda uch fazali elektr generatorlari sifatida ishlatilmoqda. Zamonaviy issiqlik elektr stansiyalarida quvvati 800 kVa va undan ortiq bo'lgan generatorlar o'rnatilgan. Gidravlik elektr stansiyalardagi generatorlarning quvvati birmuncha kam bo'lib, 500 — 600 kVA ni tashkil etadi. Atom elektr stansiyalarida esa bitta blokning quvvati 1.5 ming MBA ga etadi.Stator va rotor sinxron mashinaning asosiy qismlari xisoblanadi. Statorning o'zagi o'zaro izolyasiyalangan elektro­texnik po'lat yaproqchalardan yig'ilgan bo'lib, silindrsimov yaxlit kordusning ichki sirtiga mahkamlanadi. Stator o'zagi-1 ning ichki qismidagi pazlarg'a uch fazali o'zgaruvchan tok chulg'amlari joylashtiriladi .Mashina o'qiga mahkamlangan kontakt halqalariga rotor chulg'amining ikki uchi mahkamlangan bo'lib, halqalar sirtida qo'zg'almas tok ulovchi cho'tkalar sirpanadi. Rotor uchun doimiy tok manbai sifatida quvyati uncha katta bo'lmagan o'zgarmas tok generatori — uyg'otgich ishlatiladi. Odatda, uygotgichning quvvati sinxron mashina quvvatining (1- 3) % ini tashkil etadi. Ayrim hollarda sinxron generator hosil qilgan tokni; to'g'rilash yo'li bilan doimiy tok hosil qilinadi. Yaqqol ko'rinadigan qutbli sinxron mashinalarni tayyorlash texnologiyasini hamda konstruksiyasining mexanik mustahkamligini ta'minlash uchun ularni aylanish tezligi 1000 ayl/min dan kam bo'lgan hollarda ishlatish uchuntavsiya etiladi. Aniq namoen qutbli generatorning birlamchi dvigateli sifagida, ko'pincha, gidravlik turbine ishlatiladi. Shuning uchun bunday generatorlar gidrogenerator lar deb atalkb, ularning aylanish tezligi 60 dan 750 ayl/min oralig'ida buladi. Tezlikning bunday katta oraliqda o'zgarishi gidrogansiyalarda suv bosimi va isrofining turlicha bo'lishi bilan bog'liqdir.

Yüklə 31,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə